Tarbiya jarayonining mohiyati quyidagilardan iborat: Tarbiyaning bir maqsadga qaratilganligi. Tarbiya maqsa- dini belgilashda jamiyat talablari, davr nafasi, milliy xususi- yatlar asos qilib olinadi. Tarbiyaning maqsadi — har tomonlama kamol topgan, mukammal inson shaxsini tarbiyalashdir. Tarbiyaning hayot bilan bog‘liqligi qoidasi tarbiyaviy ishlarning mazmun va mohiyatini, tashkil etilishini doimo yangilab turishni talab etadi. Tarbiyachilar bolalar tarbiyasini hayot bilan bog‘lar ekanlar, ularga o‘zlarida iymon-e’tiqodni tarbiyalash imkonini beradilar. Tarbiyaviy ishlar shunday tash- kil qilinganda yoshlar jamiyat hayotida faol ishtirok etadilar, bu esa o‘quvchi shaxsining tarkib topishiga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |