1-rasm. Makromolekulalaming suyultirilgan (a) va
konsentrlangan (b) eritmalarda o'zaro joylashish sxemasi.
Strukturalar hosil bo‘lishiga begona aralashmalar ham jiddiy ta’sir qiladi. Bunday aralashmalarga, avvalo, ko'pincha polimerlaming o‘zida bo’ladigan elektrolitlarni kiritish mumkin. Ba’zi elektrolitlar strukturalasa, boshqasi - destrukturalaydi. Polimerlar konsentrlangan eritmalarining qovushqoqligi ishlab chiqarishda muhim ahamiyatga ega. Xususan, sanoatda olinadigan parda va tolalaming sifati polimerlar dastlabki eritmalari qovushqoqtigini to’g’ri tanlashga bog’liq.
IVIQLANISH
Polimerlarning makromolekulalari orasida molekulyar tutinish kuchlari ta`sir etishi tufayli ichki strukturalar xosil qilish natijasida o`z oquvchanligini batamom yo`qotgan va ichki qismiga suyuqlik tarqalgan qattiqsimon sistema iviq yoki gel’ deb ataladi (lotincha gelatus- muzlagan so`zidan kelib chiqqan). Gel’ xosil bo`lganda sistemadagi polimer va erituvchi miqdorlari orasidagi nisbat o`zgarmay qoladi. «Iviq» polimer eritmalarining ichki strukturalar xosil bo`lishi natijasida o`z oquvchanligini yo`qotgan maxsulotlaridir.
Iviqlanish strukturalanish jarayonining keyingi bosqichi bo lib, unda dispersion muhit qisman emas, balki toiiq yagona sistcma - iviqqa aylanadi. Iviqlanish sezilarli issiqlik effekti yoki hajm o‘zgarishi bilan sodir bo‘lmaydi, bu nisbatan kam sonli zanjirlararo bog'lar hosil bolishi bilan tushuntiriladi. Kataklarga kirib qolgan erituvchining ba’zi «bog’langanlik» yoki immobillanishi tufayli iviqlarda konventsion oqimlar yoki oquvchanlik bo’lmaydi. Iviqlar 99% va undan ortiq erituvchi tutganiga qaramay qattiqlik, taranglik va mexanik mustahkamlik deb ataluvchi vaqt bo‘yicha relaksatsi- yalanmaydigan siljish moduliga, ya’ni qattiq jismlar uchun xarakterli bo‘lgan xossalarga ega. Juda ham yuqori konsentratsiyali bo‘lmagan iviqlarda (masalan, jelatinning 10% li iviqlarida) to‘rning «tugunlari» orasidagi joylari, bir-biridan ancha uzoqlashgan holatda bo‘lgani uchun o‘zaro kuchsiz ta’sirlashadi. Polimer zanjirlari bukiluvchanligi sababli salgina siqqanda yoki cho‘zganda iviq to‘ridagi o‘zaro joylashish holatini saqlagan holda o‘z shaklini oson o‘zgartiradi; yuk olingach zanjirlar dastlabki shakliga darhol qaytadi. Shuning uchun iviqlar yuqori eiastik xususiyatlarga ega bo‘ladi.
Iviq qizdirilganda haroratlarning ma’lum oralig‘ida uning suyuqlanishi, zanjirlararo bog‘laming va to‘rsimon strukturaning emirilishi sodir bo‘ladi. Endi makromolekula zvenolarining tez harakati va yuk ta’sirida uning deformatsiyasi zanjirlaming o‘zaro ancha sekin o‘rin almashishlari va qoldiq deformatsiyalar bilan to‘lib boradi, natijada eiastik holat plastikka o‘tadi.
Shunday qilib, iviqlar bilan qattiq jismlaming o‘xshash!igi to‘rsimon strukturaning mavjudligiga bog‘liq, bundan keyin makromolekulalaming qaytmas o‘rin almashishi va oqish paydo bo‘ladi.
Kimyoviy reaksiyalar, adsorbsiya yoki ikkalasi bilan ham birgalikda namoyon bo‘ladigan iviqlar va gellardagi erkin bo‘lmagan diffuziya katta amaliy ahamiyatga ega. Bunga polimerlami bo'yash, charmni oshlash, ion almashish, to‘ldiruvchilami shimdirish (yog‘och, matolar va h.k.), gidroliz jarayonlari va polimerlaming kimyoviy reaksiyalari va xatto ularni sintez qilish jarayonining o‘zi ham kiradi.
Elimlar, yigiruv eritmalari ishlab chiqarish va ishlatishda oquvchanlikka ega bo‘lgan, ammo qizdirib keyin sovutganda iviqqa aylanadigan polimerlaming konsentrlangan eritmalari katta ahamiyat kasb etadi. Ulami olish uchun avval zanjirlararo bog‘lar hosil bo‘lishi mumkin bo‘lmagan konsentratsiyasi nihoyatda kichik bo‘lgan suyultirilgan eritma tayyorlanadi, ammo makromolekulada bir-biri bilan kuchli ta’sirlasha oladigan guruhlar bo‘Isa, bitta zanjirdagi alohida segmentlar orasida ancha mustahkam bog‘lar hosil bo‘lishi mumkin; o‘ziga xos «ichki molekulyar iviqlanish», makromolekulalaming globulalarga buralishi sodir bo‘ladi. Erituvchining ma’Ium qismini chiqarib tashlab, globulalami buzmagan holda odatdan tashqari past qovushqoqlikka ega yuqori konsentrlangan eritma tayyorlash mumkin; shundan so‘ng agar uni iviqning suyulish haroratigacha qizdirib va yana sovutsak, globulalar «ochiladi» va so‘ngra bir-biri bilan birikib yagona yaxlit tuzilma hosil qiladi, buning oqibatida me’yordagi oqmaydigan iviq hosil bo‘ladi.
Bulardan tashqari, iviqlami yuqori molekulyar jismlarni erituvchilarda bo‘ktirib ham olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |