Мавзу: ив-группа бош группачасига умумий характеристика



Download 1,02 Mb.
bet43/45
Sana30.12.2021
Hajmi1,02 Mb.
#196130
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45
Bog'liq
3-китоб(1)

Aktinoidlar
Toriy (lat. Thorium)-radiaktiv kimyoviy element; atom nomeri 90, atom massasi 232,038.

Bu elementni 1828 yilda SHved olimi Y. Berselius Leoven (Norvegiya) orolida uchraydigan mineral tarkibidan topdi. Uning nomi qadimgi Skandinaviya momaqaldiroq xudosi Tor sharafiga qo’yilgan. Metall xolidagi toriyni 1870 yillarda olishga muvoffaq bo’lindi. 1898 ylda M. Skladovskaya-Kyuri toriyning radiaktivligini aniqladi.

Toriy juda uzoq yashaydigan radiaktiv element. (232Th ning yarim parchalanish davri1,39∙1010 yil), uning planetamizdagi miqdori ancha ko’p (1,3∙10-3 % bu qo’rg’oshin miqdoriga barobardir). Toriyningn asosiy minerali monasit bo’lib, uning tarkibida 10% gacha ThO2 bor. Toriyning er qobig’idagi miqdori urandan ko’p. SHuning uchun 90-nomerli element radiaktivlik ochilmasdan ancha oldin ma’lum bo’lgan, hatto texnikada yoritish ishlarida qo’llanilgan. XIX asrda gaz chiqayotgan naycha ustiga seriy va toriy oksidli qalpoqchalar qo’yilgan, bunda yorug’lik tekis va yorqinroq bo’lgan.

Toriy och kulrang, qiyin suyuqlanadigan metall. Havoda ranggi xiralashadi, chunki yuzasida qora himoya pardasi paydo bo’ladi. Toriynin kukun va qirindisi havoda yonib, ThO2 ni hosil qiladi. Bu oksid 3200oS da suyuqlanib, kimyoviy jihatdan juda barqarordir. Toriy odatdagi sharoitda ftor bilan, qizdirilganda esa boshqa galogenlar bilan, uning metali nitrat, sulьfat va ftorid kislota bilan reaksiyaga kirishadi, xlorid kislota va “podsho arog’i”da oson eriydi.

Juda ko’p xossalari bo’yicha toriy davriy sistemaning IV b gruppachasi elementlari (titan, sirkoniy, gafniy) ning anologi bo’lsa ham, uni aktinoidlar oilasining birinchi a’zosi, shuningdek lantanoidlar o ilasidagi seriyning anologi deb hisoblashadi; toriy ayrim xossalari bilan haqiqatdan ham seriyga o’xshaydi.

Toriy atom energetikasida muxim matierialdir. Uning tabiiy izotopi 232Th neytronlar ta’sirida 233U yadro yoqilg’isiga aylanadi. Toriy reaktiv aviasiya hamda raketa texnikasida muxim bo’lgan magniyli va boshqa qotishmalarni legirlashda, ThO2 esa o’tga chidamli material sifatida qo’llaniladi. Toriy birikmalari organik sintezda katalizatorlar tarkibida keng ishlatiladi.

Neptuniy (lat. Neptunium)- sun’iy sintez qilingan radiaktiv kimyoviy element; atom nomeri 93; aktinoidloar oilasiga mansub.

Adabiyolarda bir necha marta transuran elementlarning dastlabki vakillavri kashf etilganligi haqida axborot berilgan, lekin ularning hammasi hato bo’lib, chiqqan. Bunday bo’lishiga sabab, olimlarning fikricha 93-nomerli elementning yashash davrini uranning yashash davri bilan taqqoslash mumkin edi. Lekin shunda ybo’oganda erdagi minerallar tarkibida neptuniy uchrashi kerak edi. Neptuniyning 15 ta izotopi sintez qilingan hozirgi avqtda olimlarning yuqoridagi fikrlari asossiz ekannligi ma’lum bo’ldi. Unign eng uzoq yashovchi izotopi 237Np nin yarim emirilish davri 2,14∙106 yilga teng, ya’ni erning yoshidan ancha kam. SHuning uchun agar erda qachonlardir neptuniy bo’lgan bo’lsa, hozir u allaqachon yo’q bo’lib kegan. Ammo bu izotopning qoldiqlari planetamizda neytronlar ta’siridagi tabiiy yadro reaksiyalarida hanuz hosil bo’ladi.


238U + n  237U + 2n+β+ 237Np
Birinchi marta neptuniyning 239Np izotopi 1940 yilnin bahorida amerikalik olimlar E.Makmillan va F. Eyblson tomonidan sintez qilingan. Ular 238 U ni neytronlar oqimida nurlantirilganda hosil yuo’lgan mahsulotlar tarkibida yarim emirilish davri 2,3 sutka bo’lgan aktiv modda borligi aniqlandi. Bu no’malum elementni urandan kimyviy yo’l bilan ajratishga muvoffaq bo’ldilar . keyinchalik bu tartib nomeri 93 bo’lgan yangielement ekanligi ma’lum bo’ldi. Quyosh sistemasidagi urandan keyingshi planeta sharafiga unga “neptuniy” nomi berildi. Elementar neptuniy bolg’alanuvchan kumush rangli nisbatan yumshoq metall.

Neptuniyni sintez qilish muxim tarixiy ahamiyatga ega bo’ldi. U transuran elementlarni sun’iy yo’l bilan olish real ekanligini ko’rsatdi.

Neptuniy kimyoviy xossalari jihatidan uran va plutoniyga o’xshash, lekin reniy bilan hech qanday umumiylikka ega emas. Uzoq vaqtgacha birinchi transuran element, albatta, reniyga o’xshagan bo’lishi kerak deb kelindi. Neptuniyning qiziq xossasini 1967 yilda sovet olimlari aniqladilar. Ular bu element VII valentli bo’lishi mumkinligini isbot etdilar.




Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   45




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish