MAVZU: VIII GRUPPA YONAKI GRUPPACHA ELEMENTLARIGA XARAKTERISTIKA.
Reja:
Qo’shimcha gruppacha elementlari.
Fe, Co, Ni birikmalari.
Fizikaviy ximiyaviy xossalari.
Olinishi va ishlatilishi.
Tayanch iboralar: ferret kislota, tsementit, evtektik, qotishma, ledeburit, austenit, martensit, grafit, nikelh, tetrokarboniya, kurch, Rog, ferromagnit, omalhtin, kobaltin, millerit, xlozntit, gersdorfit, ulmanit.
Davriy sistemaning bu gruppachasiga temir, kobalt, nikel hamda platin metallar kiradi. Og’ir metall, oraliq metallar jumlasiga kiradi. Elektron konfiguratsiyasi quyidagicha:
Fe Z=26 KL 3s2 3p6 3d6 4s2
Co Z=27 KL 3s2 3p6 3d7 4s2
Ni Z=28 KL 3s2 3p6 3d8 4s2
Temirni tabiatda 4 ta, kobalt – 1 ta, nikel – 5 ta izotopi bor. Kobalt davriy sistemaning toq nomerdi elementi bo’lgan uchun uning faqat bir barqaror izotopi bor.
Temir, kobalt, nikel radiaktiv izotoplaridan 60Co aloxida axamiyatiga ega. Uning davri 5 yil. Bu izotop o’zidan -defektoskopiyasida (ya’ni qalin metallar qavatini tekshirishda) va meditsinada yomon shishlarni davolashda ishlatiladi.
Temir radiaktiv izotopi 55Fe domna protsessida, mashina detallarininng yeyilishini tekshirishda ishlatiladi. Uchala metall kul rang metall bo’lib, rangdor ionlari birikmalar hosil qiladi. Uning kislorod bilan hosil qilingan birikmalarining barqarorligi Fe-Co-Ni qatorida chapdan o’ngga tomon bir oz kamayib boradi. Bular S bilan barqaror birikmalar hosil qiladi va komplekslari mavjud. Fe-Co-Ni qatorida chapdan o’ngga o’tganda 3d orbitaldan elektronlar bilan to’lib borgan sari d elementlar ko’proq juftlashadi, shunga ko’ra elementning oksidlanish darajasi Fe-Co-Ni qatorida kamayadi; Fe-f6, Ca-+3, Ni-+2(+3) ga qadar bo’ladi. Kobalt va nikelning +4 valentli holatlari nixyatda beqaror koordinatsion sonlari 4 va 6 ga teng.
Suyuq va qizdirilgan Fe, Co va Nida vodorod eriydi. Temperatura o’zgarish bilan gidridlar FeH3 va FeH2 tarkibli beqaror gidridlar FeCl3 va FeC2larning efirdagi eritmalariga fenil magniy bromid ta’sir ettirib olingan. Temir FeO, Fe2O3, Fe3O4 oksidlar hosil bo’ladi. Kislorodli sharoitda Fe2O3 nixoyatda berqaror iondda qizdirilganda Fe3O4ga, yuqori temperaturada FeOga aylanadi. Co, Fe, Nining Me(OH)2 va Me(OH)3 tarkibli gidroksidlari o’sha metallarning tuzlari eritmasiga ishqorlar va oksidlovchilar ta’siridan hosil bo’ladi., masalan:
FeSO4+2KONFe(OH)2+K2SO4
2Ni(OH)2+Cl2+2KOH2Ni(OH)2+2KCl
Fe, Co, Ni gidroksidlari suvda erimaydi, o’ziga xos rangga ega, ba’zilari asos, ba’zilar amfoter xossalar namoyon qiladi; masalan, Fe(OH)2 – rangsiz modda bo’lib, asos xususiyatiga ega. Co(OH)3 va Ni(OH)3 lar qora tusli asos xossai moddalardir.
H2FeO4 – (ferrat kislota) erkin holda olinmaydi, uning tuzlari K2FeO4, BaFeO4 olingan.
Fe, Co, Ni qizdirilganda galogenlar bilan oson birikadi. Gologenlar bilan Co(II) va Ni(II) galogenlar hosil qiladi. Kobalt ftor bilan ftorid CoF3 ham hosil qiladi. MeGe2 lar qaytaruvchi xossalarini, MeGe3 lar esa oksidlovchi xossalarni namoyon qiladi. Masanalan; FeCl3 misni oksidlay oladi.
2FeCl3+CuCuCl2+2FeCl2
Fe, Co, Ni nitdirlar umuman unchalik barqaror emas. Eng barqarori temir nitridlar; Co, Ni nitridlar beqaror endotermik birikmalardan iborat. Temir nitridlar po’latni termik ishlashda katta rol o’ynaydi. Temir azidlar Fe4N va Fe2N nixoyatda qattiq modda bo’lib, temir bilan NH3 o’rtasidagi reaktsiya natijasida hosil bo’ladi.
Fe3C, Co3C, Ni3C – karbitlar. Fe3C tsementit cho’yan va po’latning tarkibiy qismini tashkil qiladi. Temirni ikkata karbiti bor; biri Fe2C, Fe3C, Fe2C beqaror modda, u tez parchalanib, Fe3C ga aylanadi. Fe3C po’lat tarkibiga kiradi. U rombik sistemada kristallanadi, 16500da suyuqlanadi. Tarkibidagi uglerod miqdori4,2 %dan ortiq bo’lgan suyuq qotishma tez sovutilsa, avval tsementit Fe3C kristallanadi, 4,2 % ledeburit ajraladi. 4,2 % grafit ajralib chiqadi.
Fe, Co, Ni da S va P ning bo’lishi metall sifatini keskin pasaytiradi; po’latda ham S va Pning bo’lishi po’latning mexanik xossalariga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning uchun metallarni S va P dan yaxshi tozalanadi. Fe, Co, Ni ning quyidagi sulfid va fosforidlari ma’lum.
FeS2 CoS2 NiS2
FeS2 Co2S3 Ni2S3
FeS2 Co3S4 Ni3S4
FeS CoS NiS
FeS Co9S8 Ni9S8
Fe3P Co3P Ni3P
FeP Co3P Ni3P
FeP2 Co3P Ni3P
Fe, Co, Ni uglerod (II) oksid bilan bir necha birikma hosil qiladi. Bu birikmalar kukun holidagi metallarga yuqori bosim ostida CO ta’sir ettirishdan hosil bo’ladi.
Ni(CO)4 – odatdagi temperaturada va bosimda hosil bo’ladi.
Fe(CO)5 – yuqori temperaturada va katta bosimda hosil bo’ladi.
Co2(CO)8 – 120-200 0da hosil bo’ladi.
Fe(CO)5-Fe pentakarboniya deb ataladi; u yorug’lik nurini kuchli sindiradigan, suvda erimaydigan, organik erituvchilarda yaxshi eriydigan suyuqlik. Motor yoqilg’ilariga, antidemonator sifatida qo’shiladi. Qizdirilganda parchalanadi, shuning uchun toza temir olishda uning parchalashdan foydalaniladi.
Ni(CO4) – nikel tetrakarbonil zaharli suyuqlik 2000da parchalanib, nikel ko’zgu hosil qiladi. HNO3 bilan reaktsiyaga kirishadi.
Temir – qondagi gemologlobin tarkibiga kiradi. Gomoglabin kislorodni o’pkadan to’qimalarga olib boruvchi moddadir. TSitoxrom va nafas fermentining qaytarilgan formaisda 2 valentli temir bo’lib, ularning oksidlangan formasida uch valentli temir bor. Kobalt inson va xayvonlar organizmida boradigan modda almashinuv protsesslarida juda zarur element.
Temir – rudalaridan magnetit – Fe3O4, imatit Fe2O3, limonit Fe2O3∙H2O, siderit FeCO3 kiradi. Tabiatda nitrit FeS2 ham uchraydi. Uralda, Krivoy, Rog, Kerch, Kursk konlari bor.
Fe2O3ni vodorod bilan qaytarish.
Fe2O3+3H23H2O+2Fe
Bunda hosil qilingan temir kukun holda bo’lib,k pirofor xossa namoyon qiladi.
Temir karbonilni termik parchalash.
Fe(CO)5Fe+5CO
Temir tuzlarining suvdagi eritmasini elektroliz qilish.
Fe2++2eFe
Moddalarning ferromagnit xossalarini yo’qotish temperaturasi Kyuri (∙)deb ataladi. Temir Kyuri (∙)si 769 0 ga teng. Quruqda temir passiv, lekin nam havoda tez oksidlanib, zanglaydi. Temir ishqor bilan odatdagi sharoitda reaktsiyaga kirishmaydi.
Kobalt – eng muxim minerallari smaltin va CoAs2 va kobaltin CoAsS dir. Kobalt birikmalari organizmda ham bo’ladi. kobalt texnikada ionli metall rudalarni qayta ishlash natijasida olinadi. Bir qator pira va gidrometallurgiya protseslari bajarilganidan keyin avval CO3O4 hosil qiladi. So’ng uglerod yoki vodorod bilan qaytariladi.
Co3O4+4H23Co+4H2O
Platinlar gruppachasi metallari VIII gruppaning V va VI davr elementlari Ru, Rh, Pd, O3, Zr, Pt kiradi. Elektron konfiguratsiyasi:
Ru Z=44 KLM 4s2 4p6 4d7 5s1
Ph Z-45 KLM 4s2 4p6 4d8 5s1
Pd Z=46 KLM 4s2 4p6 4d10
Os Z=76 KLMN 5s2 5p8 5d6 6s2
Zr Z=77 KLMN 5s2 5p6 5d7 6s2
Pt Z=78 KLMN 5s2 5p6 5d9 6s1
Olinishi: Platina metallar 1930 yillarda qadar tarkibida ana shu metallarning rudalari bo’lgan tog’ jinslari gravitantsiya yo’li bilan boyitish orqali olinar edi, xozir platina metallarni olishda asosan mis-nikel sulfid rudalaridan foydalaniladi.
Platina gruppachasidagi metlallarning xammasi oqish kul rang va yaltiroq bo’ladi. ularning suyuqlanish temperaturasi temirnikidan yuqori, Os va Zr yuqori temperaturada suyuqlanadi. Yaxlit xolatdagi platina metall kislorod va gologenlar kabi oksidlovchilar bilan yuqori temperaturalardagina reaktsiya kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |