Mavzu; Islomda Tariqat va Zamonaviy Tariqatchilik reja; I. Kirish



Download 39,95 Kb.
bet2/2
Sana06.02.2022
Hajmi39,95 Kb.
#432789
1   2
Bog'liq
islomda zamonaviy tariqatchilik

Adabiyotlar tahlili; Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf – Tasavvuf haqida Tasavvur kitobida tasavvuf va tariqat ilmining payg’ambarimizga borib taqalishi haqida ma’lumotlar keltirganlar masalan; Tasavvuf va tariqat ilmi ham aqoid, fiqh va boshqa islomiy ilmlar qatori hali ajralib chiqqan emas edi. Payg’anbarimiz (R.S.V) tiriklik chog’larida sohobalar barcha narsani u zotni o’zlaridan so’rasharndi va o’zlariga ergashar edilar, keyinchalik payg’ambarimidan so’ng sahobalari, qur’on va sunnatdan kerakligicha xulosalar chiqardilar, tobeinlarga bu ilmni qoldirdilar tobeinlardn so’ng bu ilmni taba tobeinlar qabul qilib oldilar. Taba tobeinlardan so’ng esa astasekinlik bilan ruhiy tarbiya ustozlari yetishib chiqdilar, ruhiy tarbiya ustozlariga o’zlariga shogir tbetishib chiqordilar bu shogirdlar ustozlarini ilmlarni qattiq o’rgangani haqida ma’lumotlar keltiriladi
Shayx Abdulaziz Mansurning Islom ensiklopediyasi kitobida tariqat haqida quydagilar yoritiladi ; Insonlar tariqatni yaxshi tushunmagani sababli pirga butkul o’zlarini topshirib quyadilar. Masalan tasavvufni faqat tashqi jihatlariga, marosimchilik , turli zikr majlislariga asosiy e’tiborini qaratib uning falsafiy, irfoniy, xususiyatlaridan bexabarfoaliyat yuritayotgan , mo’yan bir kishini pir deb sanab, uning etagidan tutuvch,jamiyatni boshqa a’zolaridan chetlashib, pir xizmatni hayotdagi eng asosiy maqsad deb biluvchi kishilar yoki jamoalar, guruhlar deb ta’rif keltiradi. Shayx Abdulaziz Mansur o’z kitobida. Bundan tashqari guruhlar va jamoalar orasida qabrlarga sig’inish,pirlarni haddan ziyot ulug’lash, pirlarni toxoratidan ortgan suvlarini ichish, dunyoviy ilimlardan taroqqiyot yutuqlaridan chetlashish haqida ma’lumot keltiradilar.
TARIQAT (arab. - yo‘l, usul) - so’fiylikka xos tushuncha. Uch ma’noda ishlatiladi: 1) umuman so’fiylik yo‘li; 2) so’fiylikning muayyan tarmog‘i, yo‘nalishi; 3) so’fiylik bosqichlaridan biri. Lekin T.ni so’fiylik yo‘nalishlari (suluklari), tarmoqlari ma’nosida qo‘llash kengroq tarqalgan. So’fiylikning bosqichi sifatida T. so’fiylar oldiga qo‘yiladigan o‘ziga xos talablar majmuasini, xilma-xil ruhiy-jismoniy xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. T.ga qadam qo‘yish - tirikchilikning barcha tashvishlaridan voz kechish hamda ixtiyorni pir-murshid (eshon)ga topshirishdan boshlanadi. Undan keyin T. yo‘lida so’fiy yana bir necha bosqich (maqom)larni, jumladan doim kambag‘allikda, tasodifiy rizq hisobiga yashash (faqr), tarki dunyo qilish (zuhd), har narsani faqat xudoga solish (tavakkul), uni sevish va unga intilish (muhabbat, shavq) va b. bosqichlarni o‘taydi. So’fiylikning ba’zi yo‘nalishlari insonni nafaqat zohidliq balki mutaassiblik yo‘liga ham yetaklaydi. So’fiylikda T.lar g‘oyatda ko‘p bo‘lgan. Hozirgacha ayrim Sharq mamlakatlarida saqlanib kelayotgan qodiriya (Eron va Afg‘onistonda), rifoiya (Eron), tayfuriya (arab mamlakatlari), mavlaviya (Turkiya), chishtiya (Hindiston, Pokiston), bektoshiya (Turkiya), safaviya (Eron) va b. shular jumlasidandir. O’rta Osiyoda esa, ilgaridan naqshbandiyliq kubroviyliq yassaviylik T.lari tarqalgan.
Zamoni saodatda va undan keying dastlabki vaqtlarda aqoid,fiqh va bohqa islomiy ilmlar qatori tasavvuf ham alohida ajralib chiqqan emas edi. Usha davrlardagi musulmonlar va (R.A.S) ning hayotlik chog’larida barcha narsada u zotni o’zlariga ergashgan edilar.
Keyinchalik esa sahobalar o’zlari Qur’on va sunnatdan kerakli hukm va xulosalarni chiqarib olib amal qilib yurdilar usha paytda ruhiy kamolatga zikir va zohidlikka moil zotlar turli oyat va hadislarda o’zlari uchun dalil topib,mazkur ishlarni o’z hayotlariga tqdbiq qildilar.
Bu borada sahobai ikromlar ichida 4 roshid xalifa, Abu Zar G’iforiy,Abdulloh ibn Amir,Abu Dardo,Abdulloh ibn Aboss,Salmon Forsiy,As’hobiy So’fa (R.anxun ) va boshqalar ko’zga ko’ringan edilar.Tobeinlar avlodi esa boshqa barcha ilmlar qatori,ruhiy tarbiya va nafsni jilovlash ilmni ham sahobalardan qabul qiib oldilar.Ular orasidan tasavvuf yo’nalishini belgilashda va uning ilmiy sifatida shakillanishida o’zlarini kata xissalarini qo’shga zotlar yetishib chiqdilar.Ularning tutgan tasavvufi eng to’g’ri tasavvuf ekanligiga hech kim hilof qila olmagan.Tasavvuf va mutasavviflar tarixini o’rgangan olimlardan Abu Nu’ayim o’zining “Huliyatul Avliyo” kitobida tasavvuf bilan mashhur bo’lgan tobeinlarda 200 kishining tarjimai holini keltirgan.
Taba ‘a tobeinlardan avlodidan ham ko’plab so’fiylar yetishib chiqqan, asta-sekin ruhiy tarbiya ustozlari ham yetishib chiqa boshladi, ularni atrofida shogirtlari va o’z jamolari ham paydo bo’la boshladi. Bora bora ular boshqalarda ajralib turadigan o’z belgilariga ham ega bo’ldilar.
Keyinchalik bir ustozni ruhiy tarbiyasini olib o’sha tarbiyani hayotiga tadbiq qilib yurgan jamoa a’zolarini tutgan yo’lini ”tariqat” deb nomlash odat tusiga kirdi. Zotan “tariqat” arabcha toriq – yo’l degan so’zidan olingan bo’lib, ham moddiy, ham manaviy yo’lni ifoda etishga ishlatilayveradi.
Har bir tariqatni ustozi o’z shogirtlari tomonidan “ shayx” deya itrof qilinadi. Har bir shayx o’z tariqatni Qur’on va sunnatga muvofiq ekanini, (R.s.v) ning o’zlaridan olinganini isbotlashi kerak edi.Buning uchun har bir shayx o’z ustozining va ustozini yana ustozini ruxsatlarini isbotlab, silsilasini (R.s.v) gacha yetqazar edi.
Bu ma’noda ahli tasavvufning silsilasi xuddi muhadislarning sa’natiga va faqihlarni mashabiga o’xshab ketadi agar tasavvuf tariqatlari tarixiga nazar soladigan bo’lsaq ulardan hozirgacha mashhur bo’lib kelayotganlari fiqhiy masxablarga o’xshab,hijriy II asrda emas,balki ancha keyin shuhrat topganlarni ko’ramiz. Albatta,har bir tariqatni asli (R.s.v) ga borib tarqaladi.shu sababli uning tomirlari uzun hisoblanadi. Ammo ma’lum shayx nomi bilan mashhur bo’lgan katta tariqatlarni aksari hijriy V-VI asrlarga to’g’ri keladi.Hozirgi kunda tariqat tushunchasini umumiy oladiga bo’lsaq

Movarounnahrdagi yirik tariqat hisoblangan naqshbandiyani boshqa tariqatlardan farqlab turuvchi, tarkidunyochilik emas, ijtimoiy faol hayot tarziga undovchi «Dil ba yoru, dast ba kor» shiori ostida shakllangan ilmiy-ma’naviy merosini diqqat bilan o‘rganish qadriyatlarimizga yuksak e’tibor berilayotgan bir vaqtda juda muhim ahamiyat kasb etadi. Binobarin, naqshbandiya tariqatida yuksak ma’naviy mezonlar, insoniy fazilatlar haqidagi ta’limotning kundalik hayot va oddiy insonlar turmush tarziga yaqinlashtirilgani uning tadrijiy taraqqiyotiga hamda har qanday zamon va makonga mos kelishiga. zamin yaratgan deyish mumkin. ToshDShI qoshidagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi qo‘lyozmalar fondining salmoqli qismini tashkil etuvchi tasavvufga oid asarlarning aksariyati naqshbandiya tariqatiga oid ekani ham bu ta’limotning diyorimiz tarixida tutgan o‘rni nechog‘lik katta ekanini ko‘rsatadi.


Naqishbandiya tariqatiga keladigan bo’lsaq bu tariqat shox Naqishband ismi bilan mashhur bo’lgan Muhammad ibn Muhammad Bahouddin Buxoriy Rahmatullohi alayhiga nisbatan beriladi. U kishi hijriy 717 sanada Buxoro yaqinidagi Qasri Orifon qishlag’ida dunyoga kelgan, 18 yoshlarida uylangan .
Shayx Somossiy va Amir Kulol Rahmatullohi alayhimindan ruhiy tarbiya olgan. Shu bilan birga,Shariat ulomalri va olimlarining (R.s.v) ning sunnatlari xususida olib boriladigan suhbatlarida doimiy ravishda ishtrok etar edilar. U kishi 2 marta haj ziyoraatini ado etganlar va fors hamda uning ko’plab islom yurtlarida safar qilganlar. Shox Naqishband Rahmatullahi alayhi hijriy 791 sana rabiul avval oyinig 3-kuni, dushanbaga o’tar kechasi vafot etkanlar.Hazrati Bahouddin Rahmatullohi alayhi butun umri bo’yi o’z murutlarini sunnati muhammadiya yo’lida tarbiyalanib o’tdilar. U kishini qo’llarida o’n minglab muridlar kamol topdilar.Shox Naqishband Rahmatullahi alayhini tariqatlari hozirgi kunda ham dunyoni ko’plab yurtlarida keng tarqalgan.
Shayx Abdulloh Dehlaviy Naqishandiya tariqati haqida quydagilarni yozadi;
“Bu tariqat haq taoloni huzurida doimiy hozirlikdir,islom aqidasini,ahlisunna va jamoa aqidasini mustahkamlashdir”.
Ulomolar Muhammad Murod O’zbakiyni Naqishbandiya tariqati haqida aytgan quyidagi gaplarini rivoyat qiladialr; “U sahobai kiromlarni asl holicha,ziyoda ham,nuqson ham bo’lmay qolgan tariqatdir. U botinda ham,zohirda ham barcha harakat va sakonatlarda sunnatga va azimatga komilli iltizom qilgan, bida’t va ruxsatdan batomom chetda bo’lgan holda ibodatda bardavom bolishdan iboratdir”.
Shayx Amin Alovuddin Naqishbandiy o’zining “Naqishbandiya tariqati nedur”? nomli kitobida quydagilarni yozadi: “Muxaqqiq ulomalar Naqishbandiya tariqati haqida quyidagilarni ta’kidlaydilar;
Naqishbandiya tasavvufi o’rtacha va mo’tadildir. U sulkdagi mo’tadilliq shariatga ergashish, tariqatni osonligi bilan ajralib turadi. U xususan , din ulomolari ichida keng tarqalgan. Naqishbandiya so’fiyni qalbi Alloh bilan jismi banda bilan.
Bu tariqatdagi e’tiborni o’ziga tortadigan eng muhim narsa – sokinliqya’ni uning riodan holi bo’lmaydigan baqiriq chaqiriq, tarannum va tinglashlardan uzoqdaligidir. Naqishbandiya tariqatidagi zokir nomozdan keyin pok holida,qiblaga qarab o’tirib olib, tilini tanglagiga tekkizib, qalbi til harakati bilan birlashib, Allohni zikr qiladi” .
Najmiddin Kubro va Kubroviya Tariqati;O’rta Osiyoda tasavvur falsafasining rivojlanishida xorazmlik buyuk alloma, sarkarda, dinshunos olim, falsafa ilmining zukkosi, shoir Axmad ibn Umar Abdul Janob Najmiddin Kubro al-Xivaqiy al-Xorazmiy o’ziga xos munosib o’rinni egallaydi. Yozma manbalarning guvohlik berishicha, alloma Xorazm, Bog’dod, Iskandariya va Tabrizda o’z davrining mashxur allomalaridan saboqlar olgan va tasavvuf falsafasi ilmining yyetuk ustozlaridan bo’lib kamol toptan. Taniqli faylasuf olim Erkin Yusupov: «Buyuk vatandoshimizning nomidagi «Najmiddin», «Kubro» so’zlari uning yyetuk iste'dodini hisobga olib berilgan ilmiy darajalardir. «Najmiddin» so’zi - dinning yulduzi, «Kubro» esa ulug’ degan ma'noni anglatib, o’nta turli mamlakatlarda berilgan ilmiy darajalarni ifodalaydi»1, - deydi. Najmiddin Kubro ta'limoti asosida shakllangan kubroviya tariqati Sharq va G’arbdagi juda ko’plab mamlakatlarga tarqalgan. Erkin Yusupovning xulosasiga qaraganda, buning natijasida Firdavsiya tariqati, Nuriya tariqati, Rukniya tariqati, Hamadoniya tariqati, Nurbaxshiya tariqati, Nematulloiya tariqati singari yo’nalishlar yuzaga kelgan.
Tarixiy manbalarning guvohlik berishicha, Najmiddin Kubro qalamiga mansub asarlar soni o’ntaga yaqin. U asos solgan kubroviya tariqati «oltin tariqat» deb ham atalgan. Najmiddin Kubroning o’zi «Risolatut - turuk» asarida uni «Tariqush shutto» (ishq ahli beboshliklarining yuli) deb ham ataganligi ma'lum. Bu risolada «kubroviya» tariqatining o’nta usuli qisqacha zikr etilgan:
1. Tavba — sodir bo’lgan xatolar, gunohlardan pushaymon bo’lib, xudoga yuz tutmoq. 
2. Zuxd-taqvo — parhezgarliq Alloxdan qo’rqib, man etilgan ishlardan o’zini saqlash. 
3. Xudoga tovakkul qilish — o’z ishlarini butunlay xudoga topshirish. 
4. Qanoat — ozga rozi bo’lib, ko’pdan voz kechish, tamagirlikning zidi. 
5. Uzlat — boshqalardan ajralib yakka o’tirmoq. 
6. Doimiy zikr — ham til, ham yurak bilan xudoni yod etmoq.
7. Butun vujud bilan tangriga tavajjuh qilib sig’nmoq.
8. Sabr — boshga tushgan og’ir ahvoldan nolimay chidash, chidam ko’rsatmoq. 
9. Muroqaba — tangri borlig’ining dengiziga botib, ilohiy olamga boqmoq. 
10. Rizo — tangri irodasiga qarshilik ko’rsatmasdan, qazo va qadar - taqdir hukmiga bo’yso’nish.
Kubroviya tariqatida diniylik bilan dunyoviylik chambarchas bog’lanib ketgan. Unda kishilarning diniy e'tiqodi, xudoga bo’lgan ishonchi, halolliq odamiylik molu - dunyoga hirs qo’ymaslik o’z nojo’ya ishlaridan tavba qilish, shahnoniy hirsu - havolardan saqlanish lozimligi singari ahloqiy g’oyani talablari bir-biri bilan bog’lanib ketgan. Kubroviya tariqatining qator ahloqiy qoidalari bizning ko’plarimizda ham g’oyatda katta tarbiyaviy ahamnyatga egadir.Najmiddin Kubro katta badiiy ijod egasi ham bo’lgan. Uning faoliyati va ijodi bo’yicha ma'lumotlar bizgacha deyarli yetib kelmagan. Ammo uning she'riyatidan saqlanib qolgan ba'zi bir namunalar shoirning chuqur ichki dunyosi go’zalligidan xabar beradi, uning hayot nashidasini surmoqqa intilishi, katta dunyoviy muhabbat egasi bo’lganligi va olijanob insoniy fazilatlarni o’zida mujassamlashtirganligini ko’rsatadi. Biz uni quyidagi satrlarda yaqqol ko’ramiz:
Ishq yyetsa ko’ngilga, dilga dard aylar, Dardi dili mard mardni boz mard aylar.O’z otashi ishqida yonar ul, vale,Do’zahni chu o’zgalar uchun sard aylar. Najmiddin Kubro Xorazmda xonaqo qurib, tasavvuf ilmi bobida juda ko’p sadoqatli va nomdor shogirdlar tayyorlaydi. Ana shulardan biri mutasavvuf olim “Mantiqut-tayr” asarining muallifi Farididdin Attordir. Najmiddin Kubro ona yurt boshiga kulfat tushganda sadoqatli bir farzand sifatida uni ko’krak kerib himoya qilishga qodir lashkarboshilik qobiliyatini ham ko’rsatadi. 1221 yilda mo’g’ullar bosqini davrida 76 yoshli Najmiddin Kubro fojeali xalok bo’ladi. Kubraviya tariqatidagi vatanparvarlik g‘oyalari esa uzoq vaqt Movarounnahr xalqlarini bosqinchilarga qarshi turishga ruhlantirishi barobarida hozirgi tahlikali zamonamizda ham o‘z dolzarbligini yo‘qotgani yo‘q.
Ahmad Yassaviy Va Yassaviy Tariqati;Tasavvuf ilmsining buyuk namoyondasi, Sharq tasavvufida munosib o’ringa ega bo’lgan “Yassaviy” tariqatining asoschisi va turkiy poyeziyaning yirik vakillaridan biri bo’lmish Ahmad Yassaviy tug’ilgan yili noma'lum. Vafoti esa turli yozma manbalarda hijriy 562 (milodiy 1166-67) yil deb aniq ko’rsatiladi. Ammo Nasafiyning Ahmad Yassaviy 1103 yilda tug’ilib, 1166 yil vafot etgan degan fikri ham bor. Ba'zi rivoyatlarda uning 130 yil umr ko’rganligi ta'kidlanadi. Orif Usmon esa: “Rivoyatlarga ko’ra, Yassaviy 63 yoshga payg’ambar yoshiga kelgach yer ostida hujra yasatib “chillaga” kirgan, qolgan umrini toat-ibodat qilib, riyozat chekib yer ostida o’tkazgan”, deb ta'kidlaydi. Bu rivoyatga ko’ra 125 yil, boshqa rivoyatga qaraganda 133 yil umr ko’rib, hijriy 562 yilda vafot etgan. Umuman, Yassaviyning tarjimai holiga oid ma'lumotlar juda kam va u har tomonlama chuqur o’rganilmagan, e'tibordan chetda qolib ketgan.
Ahmad Yassaviy o’zi tug’ilgan yurtini “Ul muborak Turkiston” deb tilga oladi. U ota-onadan juda erta yetim qoladi. Otasi shayx Ibrohim vafot etgach, bobosi Arslonbobo (Arslonbob) ham ota ham ustoz o’rnida uni tarbiyalab voyaga yetkazadi. Ahmad Yassaviyning ota-bobolari sulolasi Muhummad Xanafiyga borib taqaladi. Bobosining maslahati bilan u Buxoroga borib Xo’ja Yusuf Hamadoniy ilmu saboqlaridan bahramand bo’ladi. Bu paytda Ahmad 23 yoshda bo’lgan. U o’z ustozining eng ishonchli va e'tiborli xalifalaridan biri edi. Sharqshunos olim Orif Usmonning ma'lumotlariga qaraganda, Abdulxoliq G’ijduvoniy kunlardan bir kuni Yusuf Hamadoniydan shogirdlarining taqdiri haqida so’zlab berishni iltimos qilgan. Shunda ustoz: «Mening asl xalifalarim avval Ho’ja Abdullo Barkiy, so’ngra Ho’ja Hasan Andoqiy, undan so’ng Ho’ja Ahmad Yassaviydir. Ho’ja Ahmad Yassaviy o’z navbati bilan xalifalik qilganidan keyin bir oz vaqt o’tgach, o’z vatani Turkistonga ketadi. So’ngra uning o’rniga sen xalifalik qilasan»1 degan ekan. Keyingi voqealarning rivoji ustoz Yusuf Hamadoniy aytganidek kechroq Buxorodan o’z yurti Yassiga qaytgan Ahmad shag`arda madrasa va honaqo qurdirib o’z atrofiga juda ko’plab yangi shogirdlar to’plagan. U ana shu shogirdlari orqali o’zi asos solgan «Yassaviya» tariqatini Turkiston va Shosh atrofidagi viloyatlarga tarqata boshlagan. Ahmad Yassaviy tarbiyalab yetishtirgan shogirdlar Mansur bobo (Arslonboboning o’g’li), Abul Malik Oto Tosh Ho’ja (Zangi boboning otasi), Hakim Oto (Sulaymon Boqirgoniy), Zangi Oto va boshqalardir.
Movarounnahrda XII asrdan so’ng «Yassaviya» tariqatidan ikki yirik tariqat paydo bo’lgan. Birinchisi — «Naqshbandiya», ikkinchisi — «Bektoshiya». «Iqoniya» deb atalgan uchinchi tariqat ham bo’lgan, ammo u Toshkent viloyati atrofidan nariga o’tmagan.
Tasavvufdagi boshqa tariqatlarda bo’lgani singari «Yassaviya» tariqatining ham o’ziga xos qat'iy qoidalari (odoblari) bor. Bu qoidalar kuyidagilarni o’z ichiga oladi: I. Murid hech kimsani o’z shayhidan afzal ko’rmasligi, o’sha mutlaqo taslimiyat izhor etmogi lozim. 2. Murid shunchalik zukko va idrokli bo’lishi kerakki, to o’z shayining barcha Rimuz va ishoralarini mukammal anglay bilsin. 3. Shayhning barcha aqvoli (so’zlari) va af'oli (ishlari)ga murid sodiq bo’lib, unga mutlaqo mute va mutaqil bo’lmog’i lozim. 4. Murid o’z murshidi (piri) ning barcha topshiriqlarini chustu choloklik (chaqqonlik) ila va sidqidildan bajarib, uni hamisha rozi kilib yurmog’i zarur. 5. Murid o’z so’ziga sodiq, va'dasiga rosih bo’lib, o’z murshidi ko’nglida hech qanday shaku shubha tug’dirmasligi zarur. 6. Murid, o’z va'dasiga vafodor va so’zida ustivor turishi kerak 7. Murid o’z ixtiyoridagi barcha molu mulkini, butun boru yug’ini o’z shayxiga ilsor etmoq uchun doimo tayyor turmog’i lozim. 8. Murid o’z shayhining barcha sir-asroridan ogoh bo’lib, uning ishorasini hech payt hayoliga keltirmasligi kerak 9. Murid o’z shayhining barcha takliflarini nazarda tutmog’i, uning mushkulotini oson qilmog’i, pandu nasixatlarini bajo keltirmog’i shart. 10. Murid olloh visoli uchun o’z shayhi yo’lida bugun moli va jonini nisor etmoqqa tayyor turishi, uning do’stiga- do’st, dushmaniga dushman bo’lib yashamog’i shart.Ahmad («Rasoil»da) inson ko’kragida besh gumbaz borligini aytadi: 1. Qalb yoki ko’ngil (chap emchakdan ikki enlik pastda; 2. Ruh (ung emchakdan ikki enlik pastda); 3. Sirr qalbning yoqorisida; 4. Dafni, ya'ni maxfiylik gunbazi; 5. Ixfo, ya'ni ezgulik gumbazi.Demak Ahmad Yassaviy ruhiy olamning barcha gunbazlarini diliga jo etgan. Endi uning haq-taolo bilan muloqot qilishiga kundalik ikir-chikir tashvishlar halal berolmaydi»2- deydi Nasafiy.Ahmad Yassaviyning juda chuqur va boy mazmunga ega bo’lgan «Devoni hikmat»ida mutafakkirning so’fiylik- falsafiy dunyoqarashi o’zining butun borligi bilan o’quvchi diqqatini rom etadi.Donishmand fikricha, «Haqning so’zini emas, o’zini bilish» asosiy masaladir. Shuning uchun u bu dunyo rohatini qidiradigan so’fiy - so’fiy emas, toat-ibodat qilib, xalollik va poklikni targ’ib etib, dunyoning g’am-g’ussasini chekib, xalq tashvishi bilan yashagan insongina haqiqiy so’fiylar, deydi.Asarning boshdan oxiriga qadar ulug’vor insoniy fazilatlar: oddiylik kamtarinlik mehr-muhabbat, ishq, sadoqat, haqiqat, adolat, hurfikrlilik insonni insondan ayirmaslik kabi masalalar falsafiy nuqtai nazardan tashviqot qilindi. Va aksincha, yomonlik nodonlik joxillik adolatsizlik haqsizlik sadovatsizlik mol-parastlik kabi illatlar tanqid qilinadi. Bunday fazilatlarga ega bo’lgan shaxslar insof, diyonatga chaqiriladi.Alloma fikricha, inson bu dunyoda molu davlatchga ishonib yashamasligi kerak bu dunyo hammadan ham qoladi. Shu bois insonlar bir-birlariga yaxshilik qilishlari, haqni ko’z oldilariga keltirib o’zgalar moli-davlatiga xasadgo’ylik qilmasdan yashashlari lozim:
Beshak biliig, bu dunyo barcha xalqdan o’taro,
Inonmagii molingga, bir kun qo’ldan ketaro.
Ota-ona, qarindosh keyin ketti, fikr qil,
To’rt oyoqli chubin ot bir kun senga yetaro.
Dunyo uchun g’am yyema, haqdin o’zgani dema,
Kishi molini yyema, sirot uzra tutaro.
Yaqin-yaqinlarga qadar Ahmad Yassaviyning yagona asari «Hikmatlar»dan boshqa kitobi yoq deb hisoblanardi. «Xalq so’zi» gazetasining 1993 yil 30 oktabr sonida olim Javkon Lapasovning «Nasabnoma» sarlavxasi ostida bergan maqolasida allomaning yangi bir asari topilganligi habar qilindi. «Nasabnoma»da Ahmad Yassaviyning xayoti, faoliyati va nasl-nasabiga oid qimmatli ma'lumotlar berilgan.
Xullas, Payg’ambarimizning faqirlik fahrimdir, degan muborak hadislariga asoslangan va uz tariqat yo’liga sodiq bo’lgan Hoja Ahmad Yassaviy hazrat Mir Alisher Navoiy yozganlaridek «Shohu gado aning irodat va ixlosi istoni»da bosh qo’yadigan maqomga erishdi. Ulug’ shoir Ahmad Yassaviyni ulug’lab «Nasoyim ul-muxabbat» asarida «Makomati oliy va mashhur, karomati yuksak va cheksiz er-mish... Imom Yusuf Hamadoniyning as’hobidindur» deganlar... Istaymizki, Ahmad Yassaviy kabi ulug’ allomalar ruhi millatimiz va xalqimizning istiqboldagi yo’lida madadkor bo’lgay. Tasavvuf ta’limoti uzoq davrlar mobaynida jamiyatning turli tabaqalari o‘rtasida do‘stlik birodarlik rishtalari ildiz otishiga zamin yaratgan. Hozirgi paytda dunyoning ko‘p mamlakatlarida Bahouddin Naqshband va naqshbandiya tariqati katta nufuzga ega. Chunki mazkur tariqatda islom shariati mezonlari buzilishiga yo‘l, qo‘yilmay, chin insoniy fazilatlar ilgari surilgan.
Ammo barcha davrlarda ham tasavvufni o‘zlarining tor doiradagi maqsadlari yo‘lida talqin etuvchilar ham bo‘lganini unutmaslik kerak. Abdulqodir Giyloniy o‘zlarining «Sirrul- asror» kitoblarining 23 fasli, «Tasavvuf ahli xususining bayoni» bobida tasavvuf ahlini ikkiga bo‘ladi: avvalgi guruh - «sunniylar», ikkinchisi esa «bid’at ahli» deb tilga olinadi. Birinchi toifa so‘zda, amalda, shariat va uning ma’nosi bo‘lgan tariqatda tamoman qoimdir. Ularni «ahli sunna val jamoa» nomi bilan ataydi. Bid’atchilar toifasiga esa shariat va tariqatga mos tushmagan ishlarni qilishga odatlanganlarni kiritadi.
Hozirgi kunda tasavvuf deganda tor ma’nodagi turli marosimbozlik tariqatga ruju qo‘yish, «pirparastlik», xudoyima-xudoyi va ehsonma- ehson yurish, boshqalardan ajratib turadigan liboslar kiyish, boshqalardan ajralib turadigan turfa rasm-rusumlarga berilib yashash tushuniladigan bo‘lib, odamlarga tariqatni shunday tushuntiradigan ayrim toifalar ham ko‘payib bormoqda. Shuningdek, bu toifalar haqiqiy mumtoz tasavvuf vakillarining tasavvufni komil musulmon yetishtirishdagi bir vosita ekani haqidagi o‘gitlarini unutib, musulmon kishilarning asosiy maqsadi tariqatga kirish, pirga qo‘l berib, uning xizmatini qilish ekani haqidagi noto‘g‘ri talqin va da’volarni ilgari surmoqdalar. Shu sababli, soha mutaxassislari tomonidan bunday toifalarni mumtoz tasavvuf namoyandalari va vakillaridan farqlay bilish hamda ularni boshqa turli oqimlardan ajratib ko‘rsatish maqsaqida ularga nisbatan «tariqatchilar» atamasi iste’molga kirdi.
Tariqatchilar deganda tasavvufning faqat tashqi jihatlariga, marosimchilik turli zikr majlislariga asosiy e’tiborni qaratib, uning falsafiy-irfoniy xususiyatlaridan bexabar faoliyat yuritayotgan, muayyan bir kishini pir deb sanab, uning etagidan tutuvchi, jamiyatning boshqa a’zolaridan chetlashib, pir xizmatini hayotdagi eng asosiy maqsad deb biluvchi kishilar yoki jamoalar, guruhlar tushuniladi. Mazkur guruh va jamoalar orasida qabrlarga sig‘inish, pirlarni haddan ziyod ulug‘lash, pirlarning tahoratidan ortgan suvlarni ichish, dunyoviy ilmlardan, taraqqiyot yutuqlaridan chetlanish kabi turli zararli hamda islomiy nuqtai nazardan bid’at-xurofot deb baholanuvchi holatlar kengtarqalgan.
Mustaqillik yillarida yuzaga kelgan qulay diniy muhitdan mahalliy tariqatchilik vakillari ham foydalanishga harakat qildilar. Mutaxassislarning fikricha, ularning keskin faollashuvi 2000 yillardan boshlab ko‘zga tashlana boshladi. Tariqatchilikning uyg‘ongan shakli an’anaviy tarzda «fazilatli» deb topilgan turli yetakchilar (pirlar) atrofiga birlashgan muridlar jamoalaridan iborat edi. Bunday yetakchilar «eshon», «shayx», «hazrat» kabi unvonlar bilan atala boshlandi. Ularning orasida Ibrohim eshon (1937-2009, Farg‘ona viloyati) Do‘stmuhammad eshon (1935-2013, Surxondaryo viloyati), kabi shaxslar nomi ancha mashhur bo‘lgan. Ayni paytda mazkur sanab o‘tilgan eshonlar va ularning izdoshlari hamda muridlari orasida keskin raqobat muhiti mavjud bo‘lib, har bir guruh aynan o‘zi eng to‘g‘ri tariqatda ekanini da’vo qiladi.
Tariqatchilik harakatlarida ekstremistik unsurlar yo‘q. Biroq tariqatchilik tarafdorlari tomonidan ilgari surilayotgan ilmning inson hayotida shart emasligi, pirni haddan ziyod ulug‘lanishi kabi fikrlar, qiz bolalarning ta’lim olishlariga to‘sqinlik qilish, ijtimoiy hayot tarzida o‘z zamondoshlaridan katta farqlanish, shar’iy asosga ega bo‘lmagan fatvolarga amal qilish kabi harakatlar har jihatdan isloh qilinishi kerak bo‘lgan masalalar hisoblanadi.
Shu bilan birga tariqatchilarning ajralib turuvchi jihatlari haqida so‘z borganda, ularni birma-bir sanab chiqish ham mumkin. Farg‘ona- vodiysi, ayniqsa, Qo‘qon na uning atroflarida faoliyat yurituvchi tariqatchilar orasida bir qator noan’anaviy amallar kuzatilgan:
tahajjud namozini o‘qish farz (yoki vojib), deb bilish;
shukri vuzu (tahorat olgandan so‘ng shukr namozi) namozini qaysi vaqtda bo‘lsa ham o‘qib olish zarur, deyish;
pirga qo‘l berganning oldingi gunohlari kechiriladi, qazo bo‘lgan (o‘qilmagan) namozlari zimmasidan soqit bo‘ladi, deb bilish;
tariqatchilardan boshqa kishilarning to‘y- marakalariga bormaslik;
rasmiy imomlarning ma’ruzalarini mensimaslik.
Bundan tashqari ayrim muridlar tomonidan ham mutaassibona hatti-harakatlar namoyon bo‘layotgani ma’lum:
pirning tahoratidan ortgan suvni tabarruk deb bilib ichish;
pirning uyi tomonga oyoq uzatish qiblaga oyoq uzatishdek gunoh bo‘ladi, deb bilish;
doimiy katta salla, uzun oq ko‘ylak va mahsi- kovushda guruh-guruh bo‘lib yurish.
Yurtimizda faoliyat yuritayotgan tariqatlarchilardan ayrimlari masjidlarda soqolsiz va sun’iy (tilla va sariq) tishlar qo‘ygan imom-xatib va noib imomlar faoliyat ko‘rsatayotganligi, bu holat esa islom diniga zidligi, aksincha ular o‘rniga barcha masjidlarda soqol qo‘ygan dindorlardan imom saylash lozimligini targ‘ib qilib, o‘zlari ham soqolsiz, sun’iy tish qo‘ygan imom xatiblar faoliyat olib borayotgan masjidlarga bormaydilar. Jizzax va Samarkand viloyatlaridagi ayrim tariqatchilar orasida quyidagi noo‘rin holatlar ko‘zga tashlanadi:
jamoat joylarida uzun beo‘xshov soqollar qo‘yib olib, guruh-guruh bo‘lib yurish;
barcha oila a’zolarini ham o‘z pirlariga xizmat qilishga majbur qilish;
televizor, radio kabi axborot vositalaridan foydalanishni man qilish;
o‘z voyaga yetmagan farzandlarini amaldagi qonun hujjatlarini qo‘pol ravishda buzgan holda, davlat majburiy ta’limidan ajratib olib, pirlar qo‘lida diniy ta’lim olishga berish;
yashash joylarida oddiy xalq bilan umuman muloqot qilmaslik;
tilla tish qo‘ygan yoki soqolini qirdirgan imomga iqtido qilish nojoiz deyish.
Tariqatchilik vakillarida kuzatilayotgan noo‘rin holatlarni quyidagicha umumlashtirish mumkin:
tarkidunyochilik kayfiyati;
pirlarni haddan ziyod ulug‘lash;
ibodat marosimlarida ixtilofli masalalarga berilib ketish; '
e’tiborni jalb qiladigan kiyimda yurish (yozda ham salla-chopon, maxsi-kavush, uzun ko‘ylak-nimcha, beo‘xshov soqol qo‘yish) orqali boshqalardan ajralib turishga urinish;
yosh, mehnatga layoqatli yigitlarning pirlar etagidan tutib ijtimoiy sustlashib ketishi, oilalarini tark etib, ertayu kech pir xizmatida - aslida esa xudoyi va ehsonlarga qatnab bekor yurishlari va h.k.
Tasavvuf deganda oila, tirikchilik, mas’uliyatni unutib, tarkidunyo qilish tushunilmaydi. Payg‘ambarimiz (alayhis-salom): «Sizlarning yaxshilaringiz dunyo ishini deb oxiratni, oxiratni deb dunyoni tark qilmaydigan va odamlarga malolligini tushirmaydiganlaringizdir» degan hadislaridan ham shuni anglash mumkinki, musulmon odam boshqalarga nafi tegadigan, og‘irligi tushmaydigan, oilasiga g‘amxo‘rlik qiladigan bo‘lishi kerak.
Ba’zi kishilar tariqatga kirganlarini pesh qilib, tashqi qiyofa va marosimlarga katta ahamiyat beradilar, ammo oilalari, farzandlari oldidagi majburiyatlarini unutib qo‘yadilar. Ular oilasini o‘zlaricha «Allohga tavakkal qilib» majburiy ta’minotini tark etib, pir xizmatini oila oldidagi vojib mas’uliyatdan ustun qo‘ymoqdalar. Shu yo‘l, bilan, tasavvufning asl mohiyatini anglamagan va haqiqatidan bexabar johillik otiga minganlar tariqat ahliga ham, tasavvuf nomiga ham dog‘ tushirmoqdalar. Tariqatchilar faoliyati tufayli ijtimoiy nizolarga sabab bo‘layotgan holatlar haqida fikr yuritar ekanmiz, quyidagi holatlarni ham nazardan chetda qoldirmaslik kerak bo‘ladi. Tariqatchilar orasida:
- tariqatda bo‘lmaganlarga nisbatan past nazar bilan qarash kuzatiladi;
- ilm olishga bo‘lgan rag‘batning susayishi - go‘yoki «ko‘pgina avliyolar o‘qimasalar ham katta maqomlarga yetishganlar» qabilida ish tutish;
oilali tariqatchilar oilalarining ta’minotini «Allohga tavakkal» qilib, pirdan vazifa olganlik bahonasida oila moddiy ta’minotidan bosh tortish holatlari;
zamonaviy taraqqiyot yutuqlariga salbiy munosabatda bo‘lish, zamonaviy kiyim kiyib yurganlarga nisbatan yaxshi fikrda bo‘lmaslik va h.k.
«Ehtiyoti peshin» masalasi ham tariqatchilar tomonidan ilgari surilayotgan masalalardan biri bo‘lib, bir qancha muammolarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Yurtimizning ba’zi hududlarida juma namozidan keyin ehtiyoti peshin deb to‘rt rakaatli namoz o‘qish odati mavjud. Ulamolarimiz fikrlariga ko‘ra bu ish bid’at hisoblanadi. Ehtiyotan peshin o‘qilishining Qur’on va sunnatda dalili yo‘q. Ulamolarning fikricha ibodatning mohiyati Rasululoh (alayhis-salom)ning sunnatlariga muvofiq bo‘lishdir. Juma namozidan keyin ehtiyotan peshin o‘qish haqida esa Muhammad (alayhis-salom) hech narsa demaganlar.
Bugungi kunda yurtimiz hududida faoliyat olib borayotgan tariqatchilar umumiy xavfsizlikka tahdid solmayaptilar, deyish mumkindir. Biroq, bu masalaga doir bir necha muammolar mavjud. Shuningdek, tariqatchilar tarafdorlarining ko‘payishi, moddiy bazasining mustahkamlanishi, tariqatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarning chuqurlashuvi jiddiy ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Tariqatchilar tomonidan shariat talablarining noto‘g‘ri talqin qilinishi, an’anaviy islom tamoyillariga zid bo‘lgan qoidalar ishlab chiqilishi tariqat tarafdori bo‘lmaganlar va rasmiy din xolimlari o‘rtasida noroziliklar kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.
Bundan tashqari ayrim tariqatchilar xalqona tabobat usullari orqali davolash, turli o‘t damlamalar tayyorlab sotish, so‘fiy tabobati, so‘fiy gimnastikasi, sufiy jang san’ati kabi markazlarni ochib, shu orqali odamlarning e’tiborini jalb qilish usullaridan ham foydalanishmoqda. Bunday tariqatchilar islom asoslarini buzib talqin qilish, turli boshqa dinlarning ta’limotlarini va amaliyotlarini tasavvufga oid, deb targ‘ib etish, islom diniga aloqasi bo‘lmagan turli buddaviylik g‘oyalarining musulmonlar orasida tarqalishiga, ularning e’tiqodlari buzilishi, sog‘lom aqidaga putur yetishiga sabab bo‘lmoqdalar. O‘zlarining noqonuniy faoliyatlarini xalq tabobati bilan xaspo‘shlashga urinmoqdalar.
Tariqatchilar orasida uchrab turadigan o‘z guruh a’zolarini piriga qo‘l bermagan boshqa oddiy musulmonlardan ustun qo‘yish, «piri yo‘qning - dini yo‘q» qabilidagi gaplarni gapirib, o‘zlaricha ibodat deb bilayotgan marosimbozliklar tufayli kibrga berilib ketishlarini hech narsa bilan oqlab bo‘lmaydi. Tasavvuf odamlarni turli tabaqalarga bo‘lish, birovni boshqasidan ustun qo‘yish, odob-axloqni qo‘yib marosimbozlikka berilish, kimningdir xizmatiga zo‘r berib o‘z tashvishlarini hal etishdan chetlashib ketish, o‘ziga o‘xshash bir insonni bandaga xos bo‘lmagan sifatlar bilan ulug‘lab, uni muqaddaslashtirib olishga chaqirmagan. Tasavvuf kishilar orasida tenglik birodarlik ijtimoiy adolat, jamiyatga manfaatli mehnat faoliyati bilan mashg‘ul bo‘lishni targ‘ib etgan. Bahouddin Naqshbandning «dil ba yoru dast ba kor» shiori buning yorqin isbotidir.
Movarounnahr tasavvufi musulmon mamlakatlari ijtimoiy-ma’naviy hayotiga chuqur kirib borgan, fan, madaniyat va adabiyot rivojiga katta ijobiy ta’sir ko‘rsatganini mutaxassislar ham qayd etganlar. Tasavvufiy qarashlarning yaxlit ta’limotga aylanib, islom o‘lkalariga keng yoyilishi va kishilar hayotida muhim voqelikka aylanishida movarounnahrlik Hakim Termiziy, Abu Bakr Kalobodiy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Xoja Muhammad Porso, YA’qub Charxiy, So‘fi Ollohyor va boshqa, tasavvuf olimlarining arab, fors va turkiy tillarda bitgan asarlari islom olamida hozirga qadar e’zozlanadi. Shuni alohida qayd etish zarurki, o‘rta asrlarda eng keng tardalgan uch til - arab, fors va turkiyda asarlar bita olish malakasi asosan Movarounnahr ulamolarida shakllangan. Zero, mintaqa aholisining talab va ehtiyoji ham aynan shuni taqazo qilgan edi.
Allomalarimiz merosida farzandni jismonan baquvvat, aqlan zakovatli, odob-axloqli qilib tarbiyalashning yo‘llari ilmiy asoslar, hayotiy tajriba, muayyan qarashlar tizimida chuqur tahlil qilingan. Mana shu kabi xususiyatlar bilan bir qatorda farzand tarbiyasida bag‘rikenglik diniylik va dunyoviylik masalalarida muvozanat hissini shakllantirish masalasiga ham alohida urg‘u berilgan. Markaziy Osiyo tasavvufi va tariqatchilik o‘rtasidagi nomutanosiblik aynan o‘sha ulkan ilmiy meros va an’anaviylikdan uzoqlashishning natijasidir. Mumtoz tasavvufga xos go‘zal axloq yuksak ma’naviy fazilatlarni shakllantirish, komil inson, nafs tarbiyasi, vatanparvarlik kabi g‘oyalar xalqimizning asrlar davomida takomiliga yetib borgan ma’naviy boyligini tashkil etadi. Hozirgi sharoitda ham tasavvufning ana shunday xususiyatlarini ko‘rsatib berish kishilarni turli asossiz g‘oyalar va maslaklarga adashib kirib qolishining oldini olishda muhim ahamiyatga ega.

Xulosa; Hozirgi kundagi tariqatga keladigan bo‘lsak, tariqat insonlar qalbiga juda ham chuqur kirib ketganligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan inson biror bir tariqatga kirib, kirgan tariqat ustozining har bir harakatini o‘ziga qabul qilib oladi va o‘sha ustozining so‘zlarini so‘zsiz bajaradi. O‘sha tariqat ustozini pir deb o‘ziga qabul qilib oladi. Insonlar o‘zining piriga sig‘inishgacha boradi, bundan tashqari pirining tohoratidan ortgan suvini ichishigacha boryabdi. Yomon illatli tariqat vakillari mana shunday insonlarning ojizligidan foydalanib kelmoqdalar. Hozirgi kundagi tariqatlarning ko‘pchiligi yovuz niyatlarda tashkil etilmoqda. Mana shunday terrorizm va ekstremizm suvi bilan sug‘orilgan tariqatlarga adashib kirib qolmoqda. Asosan bunday adashishlar insonlarning islomni tushunmasligidadir. Tariqat ilmiga qizig‘adigan insonlar o‘zimizning tarixlar osha sinalib kelayotgan tariqat vakillarimiz tariqat ilmini o‘rgansalar juda ham to‘g‘ri bo‘ladi. Bu tariqatlar naqishbandiya, yassaviya, kubroviyadir.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



1.Shayx Abdulaziz Mansur – Islom ensiklopediyasi, Toshkent – 2017
2.Shayx Muhamad Sodiq Muhammad Yusuf – Tasavvuf haqida tassavur, hilol nashri , 2018
3. Orif Usmon. Vahdad shorobin ichdim. “Muloqot” 1991
4.Shuhrat Abdullayev – XXI asrda islom, Termiz – 2019
5. I.Usmonov – Movarounnahar tasavvufi va tariqatchilik, Hurriyat gazetasi
Download 39,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish