Notartib isitma (febris irregularis). Bunda sutkalik tebranish har xil bo’ladi, ma’lum bir tartibga ega emas. Masalan: sepsis, meningit, gripp kasalliklarida.
Pnevmoniyada
40
39
38
37
36
-
Isitmaning boshlang’ich davri. Isitma boshlangandan toki organik o’zgarishlargacha bo’lgan davrni davomiyligining tashxisotda ahamiyati katta. Kasallik atipik yoki engil kechgan hollarda shu kasallikka xos bo’lgan organik o’zgarishlar bo’lmasligi ham mumkin. Bunday hollarda tashxis qo’yish mushkil bo’ladi. Biron bir klinik belgining bo’lmasligi kasallik tashxisini inkor etishga sabab bo’la olmaydi. Masalan: TPK kasalliklarida rozeolez toshmaning bo’lmasligi, tumov (gripp) kasalligida kataral belgilarning bo’lmasligi (akataral shakli) va h.k.
Ayrim kasalliklarda organik o’zgarishlar isitma boshlanishi bilan kuzatilsa, ayrimlarida bir necha kundan so’ng namoyon bo’ladi.
-
Yuqumli kasalliklarda isitma bilan birga ko’pincha quyidagi organik o’zgarishlar kuzatiladi: ekzantema, enantema, teri giperemiyasi, sariqlik, gemorragik sindromlar, shilliq pardalar yallig’lanishi, zotiljam, angina, diareya, jigar va taloqning kattalashuvi, limfadenopatiya, MNS o’zgarishlari va h.k. Keltirilgan sindrom va simptomlarning qiyosiy tashxisotiga biz to’xtalib o’tmaymiz, chunki bu boshqa mavzu. Lekin bu sindrom va simptomlar isitma bilan birga kechgandagi tashxisiy ahamiyatiga to’xtalib o’tamiz.
1.Ekzantema. Ekzantemalarning xarakteri bilan bir qatorda qachon paydo bo’lganligi, joylashgan o’rnining ham tashxisotda ahamiyati katta.
a) isitmaning 1-2-kunlari ekzantema paydo bo’ladigan yuqumli kasalliklar:
-
gerpetik infeksiya;
-
qizilcha;
-
meningokoksemiya;
-
suvchechak;
-
psevdotuberkulyoz;
-
skarlatina;
-
tugunchali eritema;
-
enterovirusli ekzantemalar va h.k.
b) isitmaning 3-5-kunlari ekzantema paydo bo’ladigan yuqumli kasalliklar:
-
toshmali tif;
-
Brill kasalligi;
-
burgali toshmali tif;
-
gemorragik isitmalar;
-
qizamiq;
-
Lass, Marsel, Marburg isitmalari.
v) isitmaning 6-kunidan so’ng ekzantema paydo bo’ladigan yuqumli kasalliklar:
-
tif-paratif kasalliklari;
-
leptospiroz;
-
infeksion mononukleoz;
-
salmonellyozning tarqoq shakli va h.k.
2.Enantema. Isitma sindrom bilan birga shilliq pardalarning zararlanishi nisbatan kam uchraydi. Lekin enantemalarning ayniqsa qizamiq, suvchechak, tepki, epidemik toshmali tiflarda tashxisiy ahamiyati katta (qizamiqda Belskiy-Filatov-Koplik dog’i; tepkida Mursu belgisi; epidemik toshmali tifda Kiari-Avsin, Rozenberg-Vinokurov belgilari, aftalar, gerpanginalar va h.k.).
Quyidagi kasalliklarda isitma sindromi bilan birga enantemalar kuzatiladi:
-
gerpangina;
-
gerpetik infeksiya;
-
shilliq parda kandidozlari;
-
qizamiq;
-
suvchechak;
-
chinchechak;
-
tepki;
-
epidemik toshmali tif va h.k.
3.Isitma sindromi va yuz, bo’yin teri giperemiyasi bilan kechuvchi yuqumli kasalliklar. Bu belgi ko’pincha kasallikning birinchi kunlarida paydo bo’lishi bilan ahamiyatli va ko’zga yaqqol tashlanib, kon’yunktiva qon tomirlari tiqilishi, tomoq shilliq pardalarining giperemiyasi bilan birga kechadi. Masalan: gripp, Ku-isitmasi, leptospiroz, toshmali tif, BSGI, kanali toshmali tif va h.k.
4. Isitma va sariqlik sindromlari bilan birga kechuvchi yuqumli kasalliklarda ko’pincha sariqlik kasallikning 7-kunlaridan so’ng paydo bo’ladi. Masalan: virusli gepatit, bezgak, sariq isitma va h.k.lar. Kam uchraydiganlari opistorxoz, psevdotuberkulyoz, infeksion mononukleozlar.
5.Ayrim yuqumli kasalliklar og’ir kechgan hollarda isitma bilan gemorragik sindromlar birga kuzatiladi. Gemorragik sindromning paydo bo’lgan vaqti va xarakterining tashxisotda ahamiyati katta. Gemorragik toshmalar mayda nuqtali petexiyalardan (epidemik toshmali tif, Brill kasalligi), to massiv qon quyilishlarigacha (sariq isitma, o’tkir jigar ensefalopatiyasi, meningokoksemiyalar) bo’lishi mumkin.
Meningkoksemiyada kasallikning birinchi kunidan (5-15-soat) gemorragik toshma kuzatilsa, burgali toshmali tif, BSGI , Qrim GI, sariq isitma, bo’g’maning toksik shakli, leptospiroz, kuydirgining o’pka shakli, o’lat kasalliklarida kasallikning 1-5-kunlari paydo bo’ladi. Isitmaning 5-6-kunlaridan so’ng gemorragik sindrom paydo bo’ladigan yuqumli kasalliklarga ichburug’, listerioz, psevdotuberkulyoz, qorin tifi va h.k.lar kiradi.
6.Isitma sindromi shilliq pardalarning yallig’lanishi bilan birga kechadigan yuqumli kasalliklarga qizamiq, skarlatina, meningokokkli nazofaringit, ko’kyo’tal, tepki, bo’g’ma, tumov (gripp), paragripp va h.k. kiradi. Bu belgilar odatda kasallikning birinchi kunidayoq namoyon bo’ladi. Kataral belgilarning sust yoki yaqqolligi, hamda joylanishi tashxisotda muhim rol o’ynaydi.
7.Zotiljam isitma sindromi bilan kechuvchi kasalliklarning asorati, bir klinik belgisi yoki klinik shakli sifatida kuzatilishi mumkin. Masalan: Ku-isitmasi, meningkokkli infeksiyaning kam uchraydigan shakli, o’lat, sibir yarasi, OITS va h.k.
8.Qora oqsoq, adenovirusli infeksiyalar, infeksion mononukleoz, OITS larda isitma sindromi limfadenopatiya bilan birga kechadi. Noinfeksion kasalliklardan limfogranulematoz, o’sma metastazlari, qon kasalliklarida isitma va limfadenopatiya kuzatiladi.
Limfa bezlarining kattalashuvini 3 guruhga bo’lib o’rganish qulayroq.
-
bubon – regionar limfa tugunning 5 sm dan katta bo’lishi (felinoz, Sodoku, tulyaremiya, o’lat kasalliklarida);
-
tarqoq limfadenopatiya (adenovirusli kasalliklar, qora oqsoq, listerioz, infeksion mononukleozlarda);
-
regionar limfa bezlarining kattalashuvi, masalan: mezadenit (iersineoz, psevdotuberkulyoz, TPK), bo’yin limfa bezlari (bo’g’ma, anginalar).
9.Isitma sindromi va MNS zararlanish simptomlari ko’proq yuqumli kasalliklarda kuzatiladi. Bularga meningit (seroz va yiringli) va ensefalitlarni kiritish mumkin.
Yiringli meningitlarga listerioz, meningkokkli meningit, ensefalitlar, gemofil tayoqchali meningit, pnevmokokkli meningit, stafilokokkli, streptokokkli meningit kasalliklari kiradi. Serozli meningitlarga tuberkulezli,parotitli,tumovli,va x.k.lar misol bo’ladi.
Neyrogumoral buzulishlar, reflektor ta’sirlanish, vegetativ va mediatorli disbalanslarda yallig’lanishsiz isitmalar uchraydi.
Yallig’lanishsiz isitmalarning turlari quyidagicha:
1.Markaziy genezli isitma – MNSning birlamchi yoki ikkilamchi defektlarida.
2.Psixogen isitma – nevroz, psixik buzilish, emotsional taranglik, gipnoz va h.k.
3.Reflektor genezli isitma – o’t-tosh, siydik-tosh kasalliklari, qorin parda qitiqlanishidagi og’riqlarda.
4.Endokrin genezli isitma – gipertireoz, feoxromotsitomalarda.
5.Dori preparatlari hisobiga kofein, efidrin, giperosmolyar eritma, antibiotiklar, sulfanilamadlar.
Yuqori isitma bilan kechuvchi kasalliklar:
-
Bakteriali infeksiyalar: pnevmokokkli (zotiljam, plevra empiemasi, perikardit), meningokokkli (meningit), streptokokkli (saramas, otit, angina, skarlatina, endokardit), stafilokokkli (furunkulyoz, osteomielit), sepsis, bo’g’ma, qorin tifi, paratiflar, salmonellyozli enterit, dizenteriya, miliar sil.
-
Virusli infeksiyalar: gripp, adenovirusli infeksiya, qizamiq, qizilcha, epidemik paratit, infeksion mononukleoz, suvchechak, ornitoz, poliomielit.
-
Rikketsiozlar: toshmali tif, Ku-isitmasi, va h.k.
-
Epizoot va parazitar kasalliklar: qora oqsoq, leptospiroz, trixinellyoz.
-
Protozoy kasalliklar: bezgak, toksoplazmoz.
-
Revmatik kasalliklar: revmatizm, tizimli qizil bo’richa, Still sindromi, podagra xuruji, Reyter kasalligi.
-
O’smalar kasalliklari: limfogranulematoz, gipernefroma, mieloidli leykoz.
-
Xirurgik kasalliklar: ichki a’zolardagi abssesslar, o’t-tosh kasalligi va h.k.
Ayrim kasalliklarda isitma sindromining o’ziga xos xususiyatlarini ko’rib chiqamiz
Qora oqsoq (brutsellyoz)
Qora oqsoq infeksion-allergik kasallik bo’lib, davomli isitma, harakat-tayanch tizimi, asab, yurak-qon tomir, jinsiy a’zolarning zararlanishi bilan kechadigan kasb kasalligi hisoblanadi. Qora oqsoq kasalligida isitmaning xarakteri kasallikning klinik shakllariga bog’liq bo’ladi. Brutsellalar odam organizmiga kirganda limfogen yo’l bilan limfa tuguniga boradi. Odam organizmining rezistentligi yuqori bo’lsa, shu bilan infeksion jarayon tugallanadi. Qora oqsoqning birlamchi latent shaklida makro- va mikroorganizmning kuchlari muvozanatda bo’ladi. Organizmning himoya kuchi pasayadigan bo’lsa o’tkir septik yoki birlamchi surunkali shakliga o’tib ketishi mumkin. Qora oqsoqning birlamchi latent shaklida periferik limfa tugunlarining kattalashuvi, jismoniy mehnatda terlashning kuchayishi va boshqa mikrosimptomlarni aniqlanadi. Odatda ko’pchilik holda bemorning tana harorati me’yorda bo’ladi. Bunday shaxslar o’zlarini kasal deb hisoblamaydilar. Ularda ish qobiliyati saqlangan bo’ladi.
Qora oqsoqning o’tkir septik shakliga davomli yuqori isitma (39º-40ºS va yuqori) xosdir. Isitma odatda to’lqinsimon, kam hollarda noto’g’ri (septik) tipda, sutkalik tebranish 2-3ºS atrofida bo’ladi.
40
39
38
37
36
40
39
38
37
36
Qora oqsoqning o’tkir septik shakli remittirlovchi isitma, polilimfoadenopatiya, jigar va taloqning kattalashuvi, bir kunda bir necha bor qaytalanuvchi qaltirash va kuchli terlash belgilari bilan kechadi. Tana harorati yuqori bo’lishiga qaramay bemorlar o’zlarini nisbatan yaxshi his qiladilar. Periferik qonda leykopeniya, limfotsitoz, monotsitoz, EChT me’yorda yoki biroz yuqoriligi kuzatiladi.
Qora oqsoqni bu shaklini boshqa shakllaridan asosiy farqi o’choqli o’zgarishlarning (metastazlarning) bo’lmasligidir.
Qora oqsoqning surunkali shakllari.
Qora oqsoqning birlamchi surunkali shakli o’tkir bosqichni chetlab o’tsa, ikkilamchi surunkali shakli o’tkir septik va septikometastatik bosqichlardan so’ng rivojlanadi.
Qora oqsoq birlamchi va ikkilamchi surunkali shakllarining klinik belgilari bir-biridan uncha farq qilmaydi. Ikkilamchi surunkali shakli birlamchiga nisbatan og’irroq kechib, rezidual shakliga o’tishi mumkin. Surunkali shakllarining klinik belgilari organizmdagi infeksion-allergik o’zgarishlar asosida rivojlanadi.
Umumiy simptomlariga davomli subfebril isitma, darmonsizlik, kuchli qo’zg’aluvchanlik, uyquning buzilishi, ishtaha pastligi, polilimfoadenopatiya, gohida sklerozlangan limfa tugunlar, jigar, taloqning kattalashuvi, tayanch-harakat, asab sistemalari, jinsiy a’zolar, yurak-qon tomir sistemasidagi o’zgarishlar kiradi.
Tayanch-harakat tizimining zararlanishi surunkali qora oqsoqda ko’p uchraydigan belgidir. Asosan tizza, tirsak, elka, bo’ksa bo’g’imlari zararlanadi. Mayda bo’g’imlar kamroq zararlanadi. Poliartrit, pereartrit, bursitlar, ekzostozlar (suyak sirtidan o’sib chiqqan suyak o’smasi) rivojlanadi. Osteoporozlar kuzatilmaydi. Klinik kuzatishlar shuni ko’rsatadiki, dumg’aza-yonbosh bo’g’imining zararlanishi ankilozga olib kelar ekan. Sakroileit ham surunkali qora oqsoqga xos bo’lib, boshqa etiologik agentlarda kam uchraydi. Shu sababdan sakroileitni aniqlashning tashxisotda ahamiyati katta.
-
Do'stlaringiz bilan baham: |