Mavzu: isitma sindromi bilan kechuvchi yuqumli kasalliklarning erta va qiyosiy tashxisi


Isitmaning etiologiyasi va patogenezi



Download 1,08 Mb.
bet2/9
Sana10.04.2017
Hajmi1,08 Mb.
#6421
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Isitmaning etiologiyasi va patogenezi
Isitma sindromini keltirib chiqaruvchi sabablar juda ko’p.Pirogen xususiyatiga ega bo’lgan mikroorganizm va uning toksinlari, viruslar, auto-antitelolar va h.k.lar termaregulatsiya markaziga tasir etadi.Isitmani keltirib chikaruvchi pirogenlar ikki guruhga bulinadi: ekzogen va endogen.

Ekzogen pirogenlarga mikroorganizmlarning lipopolisaxorid birikmalari, oksil fraksiyalari, hamda bakteriya, sodda hayvon, gijjalarning hayot jarayonida ajratgan mahsulotlari, ekzo- va endotoksinlari kiradi.

Endogen pirogen moddalarni (asosan katexolaminlarni) ajratib chiqaruvchi omillar ta’sirida termogenez stimullanadi. 1940 yilda leykotsitar endogen pirogenlar aniqlana boshlangan. Organizmdagi turli xil o’zgarishlar mana shu pirogenlarga bog’liq ekanligi ma’lum bo’ldi. Shu vaqtlarda monotsitar-makrofagal tizim xujayralarning limfotsitlarni aktivlashtiruvchi faktorni (LAF) sintez qilishi aniqlandi.

Keyingi tekshiruvlar shuni ko’rsatadiki LAF va endogen pirogenlarning fiziko-kimyoviy xususiyatlari bir xil ekan. LAF, endogen pirogenlar va boshqa leykotsitar faktorlar (leykotsitlar, endogen faktorlar, mononuklear xo’jayra faktorlari, katabolin) va shunga o’xshash biologik aktiv molekulalarni interleykin-1 (IL-1) deb nomlashga qaror qilingan (1979 y.).

Har qanday zararlantiruvchi ta’sirlarga organizmning javob reaksiyasida IL-1 ning ahamiyati katta va markaziy molekula hisoblanadi.

IL-1 - bu polipeptid bo’lib, 156-270 ta aminokislotalardan iborat. Molekulyar massasi 12-30 kD. Siydikda 2-4 kD molekulyar massaga ega bo’lgan IL-1 ajratib olingan. Lekin bu to’liq aktivlikka ega.

Hozirda IL ning ikki xil shaklda mavjud:


  1. 1.α IL-1.

  2. 2.β IL-1.

Patologik jarayonda yoki antigenlar ta’sirida avvalom bor monotsitar –makrofagal tizimlar ya’ni monotsitlar hamda peritoneal makrofaglar, suyak ko’migidagi etilgan makrofaglar faollashadi. Natijada kattalashgan, etilgan makrofaglarning IL-1 ni sintez qilishi ko’chayadi. So’ng IL-1 ni sintez qiluvchi boshqa ko’plab xujayralar: V-limfotsitlar, neytrofillar, endotelial xujayralar, fibroblastlar, EKK (qari xujayralar), neyrogliya xujayralari faollashadi.

IL-1 sintezining faollashuvi mRNK va de novo oqsiliga ham bog’liq. IL-1ning stimulyatsisi boshlangandan 2 soat o’tgach maxsus mRNK paydo bo’ladi, 3 soatdan so’ng esa IL-1ning sekresiyasi boshlanadi. Isitma sindromi kelib chishishi va boshqa o’tkir yallig’lanish jarayollarida IL-1 mediatrning ahamiyati katta. IL-1 prostaglandinlar, amiloidlar, A va R, S – reaktiv oqsillar, gaptoglobin, α1 – antitripsin va seruloplazminlarning sintezini kuchaytiradi. IL1 ta’sirida T limfotsitlar IL-2 ni sintez qiladi va xujayra reseptorlari faollashadi.

Bulardan tashqari V-limfotsitlarning proliferatsiyasi kuchayadi, antitelolar sintezi ortadi, membranadagi Ig reseptorlari qitiqlanadi.

Normal sharoitda IL-1 gematoensefalitik barerdan o’ta olmaydi. Immun gomeostaz buzilganda (infeksion yoki noinfeksion yallig’lanishlarda) IL-1 gipotalamusning preoptik qismiga etib boradi va termoregulyatsiya markaz neyronlari reseptorlarini qitiglaydi.Yalliglanish jarayonini keltirib chikaruvchi va xujayra o’sishini stimullovchi IL va boshqa polipeptidlar sitokinlar deb yuritiladi. Xozirda pirogenlik xususiyatiga ega bulgan 11 ta sitokinlar aniklangan. Sitokinlarni monotsitlar, makrofaglar, limfotsitlar, endotelial xujayralar, gepatotsitlar, epitelial xujayralar, keratinotsidlar, fibroblastlar va boshka ko’plab xujayralar sintez qiladilar. Ular autokrin (uzini stimullash) va parakrin (atrof xujayralarni stimullash) tasiriga ega. Sitokinlardan birontasi tomir ichiga yuborilsa bir soatlar ichida odamda isitma kuzatiladi. Kuchli pirogen hisoblangan IL-1 alfa va IL-1 beta 1-10 ngG’kg dozada yuborilganda tana harorati 39,S gacha oshadi, 100ngG’kg da kaltirash kuzatiladi. Kuchsiz pirogen hisoblangan - IL-6 esa 3-4 soatdan so’ng isitma va kaltirashni keltirib chikaradi. Interferonlarning tasir kuchi IL-6 bilan bir hil. Interferon kayta yuborilganda kuchi susayadi.

Interleykinlar o’rta va orqa miyaning yuqori qismida joylashgan termoregulyatsiya markaziga ham ta’sir etib tana haroratining ko’tarilishiga sababchi bo’ladi. Tana haroratining ko’tarilishida E guruhiga kiruvchi prostoglandinlarning (PGE1) ham ahamiyati katta. IL-1 ning termoregulyatsiya markazi neyronlariga ta’siri PGE1 vositasi orqali bo’ladi. PGE1 neyronlardagi adenilatsiklaza fermentini faollashtiradi. Bu esa o’z navbatida hujayra ichki s-AMF miqdorini oshiradi. Natijada serebrospinal suyuqlikdagi Ca2+ va Na+ ionlarining hujayraga transporti buziladi va termoregulyatsiya markazi neyronlarining qiliqlanishiga olib keladi. Gipoksiya, giperkapniya, K+ va Na+ muvozanatining buzilishi (tuzli eritmalarning trasfuziyasida), termoregulyatsiya markazining mehanik qitiqlanishida (miyaga qon quyilish, qorinchalar ichi gipertenziyasi, gipotalamus sohasi o’smasi) ham tana harorati ko’tariladi. Periferik qon tomirlarining patologik spazmi, ter bezlari faoliyatining susayishi teri orqali issiqlik uzatilishini kamaytiradi. Har qanday tana haroratining me’yordan yuqori bo’lishi isitma hisoblanavermaydi. Yuqumli kasalliklar uchun aynan mana shu isitma xosdir. Yuqumli kasalliklarda isitma organizmning himoya reaksiyasi deb aytilishiga sabab makrofaglarning fagotsitar faolligi ortadi, interferon va antitelolarning sintezi kuchayadi, ayrim viruslarning replikatsiyasi susayadi.

Demak, isitma – bu tana harorati ko’tarilishining termoregulyatsiya markazidan boshqarilib pirogen agentlarga nisbatan organizmning javob reaksiyasi hisoblanadi. Ya’ni organizmning o’zi yuqori haroratni saqlab turishga harakat qiladi.
Isitma sindromining patogenez tizmasi
Pirogenlar (endo- va ekzogen)

Fagotsitlar faollashuvi (granulotsit, monotsit va makrofaglar)

Interleykin-1

termoregulyatsiya markazi neyronlari

OMSdan Ca2Q,Na ionlari transporti

s-AMF

adenitsiklazaning faollashuvi

PGE1
Ilova: PGE1 – E guruhiga kiruvchi prostaglandilar;

s-AMF –siklik adenozinmonofosfataza;

OMS – orqa miya suyuqligi.
Organizmdagi issiqlik ishlab chiqarilishi va ajratilishi orasidagi disbalans regulyator markazga bog’liq bo’lmasligi ham mumkin. Tana haroratining bunday ko’tarilishi gipertermik sindrom deyiladi. Bunday holatlarda organizm tana haroratini me’yorda ushlab turishga harakat qiladi. Gipertermik sindrom termoregulyatsiya markazining chuqur zararlanishi sababli yuzaga keladi. Gipertermiya isitmaning sinonimi emas. Gipertermiya shunday patologik holatki, bunda issiqlik ishlab chiqarilishi ajratilishidan yuqori bo’ladi.

Odam organizmiga tashqi muhitning yuqori harorati va yuqori namligi uzoq vaqt ta’siri natijasida gipertermiya kuzatiladi. Gipertermiya tana haroratining juda yuqori bo’lishi bilan harakterlanadi (41ºS va undan yuqori). To’satdan o’tkir boshlanuvchi gipertermiyada tana harorati 40-41ºS gacha ko’tarilib, bemor ahvolining og’irlashuviga olib keladi. Bunday holatni issiqlik urishi deb yuritiladi.

Gipertermiya sindromni issiqlik ishlab chiqarilishini kuchaytiruvchi endogen omillar (tiroksin, yog’ kislotalari va h.k), mikroorganizm va ularning toksinlari, o’sma kasalliklari, yuqumli kasalliklar, gipotalamusning zararlanishi bilan kechuvchi gemorragik insultlar, atropindan zaharlanishlar ham keltirib chiqarishi mumkin. Gipertermiyada isitmadan farkli ravishda sutkalik tebranishlar kuzatilmaydi, hamda antipirogen preparatlar tasir etmaydi. Yuqorida aytilganlardan tashqari tana haroratining ko’tarilishi me’yoriy fiziologik jarayon bo’lishi mumkin. Ya’ni ko’p ozuqa mahsulotlari iste’mol qilinganda (ayniqsa oqsil tutuvchi mahsulotlar), davomli jismoniy zo’riqishlar, hamda sirkad ritmda.

Sog’lom odamda kunduzgi soat 18 larda tana harorati maksimal, tungi soat 3 larda minimal darajada bo’ladi. Buni sirkad ritm deb yuritiladi.

Shunday qilib, tana harorati ko’tarilishining quyidagi mexanizmlari farqlanar ekan:


  1. Isitma (infeksion va noinfeksion).

  2. Gipertermiya (issiqlik urishi, gipertireoz, har xil zaharlanishlar).

  3. Me’yoriy tebranish (jismoniy zo’riqish, ovqatlangandan so’ng, sirkad ritm).

Noinfeksion kasalliklardagi isitma reaksiyasi aseptik yallig’lanishlarda kuzatiladi ya’ni to’qimalarning kimyoviy, mexanik, fizikaviy zararlanishlarida va nekrozlarida. Bunday holatlarda leykotsit, monotsit va h.zolarning migratsiyasi kuzatiladi va pirogenlar ishlab chiqariladi. Demak, infeksion va noinfeksion isitmalarning kelib chiqish mexanizmi bir xil ekan. Bu esa o’z navbatida o’xshash klinik belgilarini berib qiyosiy tashxisotni qiyinlashtiradi.

Shuni unutmaslik kerakki, ayrim yuqumli kasalliklar isitmasiz kechadi. Masalan: vabo, botulizm.

Isitma sindromi quyidagi simptomlar bilan kechishi mumkin: qaltirash, toshmalar, limfa bezlarining kattalashuvi, burun, og’iz shilliq pardalarining zararlanishi, yo’tal, terlash va h.k.

Tana temperaturasining me’yoriy darajalari:


  • og’iz bo’shlig’ida – 36,0ºS-37,3ºS (o’rtacha – 36,8ºS);

  • to’g’ri ichakda – 37,3ºS atrofida;

  • qo’ltiq ostida – 36,0ºS-36,9ºS gacha.

Agarda og’iz bo’shlig’ida temperatura 37,3 ºS bo’lib to’g’ri ichakda 37,7 ºS dan yuqori bo’lsa bemorda isitma sindromi kuzatilayapti deyish mumkin. Me’yorda tana temperatursining sutkalik tebranishi 1ºS dan oshmaydi. Odatda ertalabki temperatura kechkisiga qaraganda pastroq bo’ladi. Kasallikning boshlang’ich davrida isitmaning qiyosiy tashxisotdagi ahamiyati kam, chunki bu davrda isitmaning davomiyligi va egri chiziq turlari aniq emas. Tana harorati tez o’tkir ko’tarilishi mumkin. Masalan: ornitoz, leptospiroz, meningokoksemiyalarda. Bemor hatto kasallik boshlangan soatigacha aytib beradi. Bunday holatlarda isitma qaltirash, et uvishishi bilan boshlanadi. Tana harorati asta-sekin ko’tarilishi mumkin. Masalan: qorin tifi, paratiflarda. Tana harorati litik, qisqa lizis va kritik tushadi.
Litik tushishi TPKda























































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































































to

40

39



38

37

36



1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 28
Qisqa lizis bilan tushishi



390









































380









































370







































360








































1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13

Kritik – o’pka zotiljamida














































































































































































































































































































































































































































































41


40

39

38



37

36


Qiyosiy tashxisda isitmani quyidagi parametrlarining ahamiyati katta:

  1. Isitmaning ko’tarilish darajasi.

  2. Isitma davomiyligi.

  3. Isitma egri chizig’ining turlari.

  4. Isitma boshlangandan toki organik zararlanishlargacha bo’lgan davrning davomiyligi.

  5. Organik zararlanishlar xarakteri.

  6. Epidemiologik ma’lumotlar.

  7. Isitmaga etiotrop va isitma tushiruvchi preparatlarning ta’siri.




  1. Isitmaning ko’tarilish darajasiga qarab quyidagicha farqlanadi:




    1. Subfebril isitma – 37,0-37,9ºS.

    2. Febril isitma – 38,0-39,9ºS.

    3. Yuqori isitma – 40,0-40,9ºS.

    4. Giperpiretik isitma – 41,0ºS dan yuqori.

  1. Isitma davomiyligi bo’yicha bo’lishi mumkin:




    1. O’tkir – 2 haftagacha.

    2. O’tkir osti – 6 haftagacha.

    3. Surunkali – 6 haftadan ko’p.




  1. Isitma egri chiziqlarining tashxisotda ahamiyati katta. Ayrim kasalliklarda isitma egri chizig’i shunchalik xos bo’ladiki, tashxisni aniqlab beradi. Masalan: bezgak, qaytalama tif.



Download 1,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish