Mavzu: Iroda jarayoni haqida ma’lumot Reja: 1. Iroda haqida tushuncha. 2. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari. 3. Iroda nazariyalari. Mavzu yuzasidan tayanch tushunchalar: Iroda — ichki va tashqi qiyinchiliklarni echish uchun xatti - harakatlarni tanlash imkoniyatida namoyon bo`ladigan ruxiy aks ettirish shakli. Irodaviy zo`r berish — irodaviy harakatning zo`r berishini his qilish bilan bog`liq sub`ektiv tarkibiy qismi. Iroda kuchi — maqsadga erishish uchun zarur bo`lgan irodaviy zo`r berish darajasi. Impul’siv harakat — ong tomonidan to`liq nazorat qilinmaydigan va beixtiyor tarzda bajariladigan harakatlar. Motivlar ko`rashi — qaror qabul qilish bog`liq bo`lgan irodaviy harakat bosqichi. Qaror qabul qilish — muammoning hal etishning biror usulini tanlash. 1. Iroda haqida tushuncha Inson o`z ehtiyojlarini qondirish uchun faollik ko`rsatar ekan, ba`zan ichki (sub`ektiv) va tashqi (ob`ktiv) to`siqlarga duch keladi. Bu to`siqlarni engib o`tish va maqsadga erishish uchun undan yanada faolroq bo`lish talab qilinadi. Maqsadga erishish yo`lida turgan qarama -qarshiliklarni bartaraf qilish uchun zo`r berish bilan bog`liq bo`lgan va ma`lum maqsadga yo`naltirilgan ongli harakatlar irodaviy harakatlar deb ataladi. Iroda inson faolligining alohida shaklidan iboratdir. Odam oldida turgan va uning uchun katta ahamiyatga ega bo`lgan maqsadlarga o`zi uchun ozroq ahamiyatga ega bo`lgan boshqa xatti - harakatlar motivlarini bo`ysundiradi. Iroda odamdan o`z xatti - harakatlarini o`zi boshqarishini, bir qator boshqa intilish va istaklarining tormozlanishini taqozo qiladi. Irodaviy qobiliyat shundan iboratki, bunda odam o`z - o`zini idora qiladi, o`zini qo`lga oladi. Bir qator hollarda irodaviy faoliyat odamning hayot yo`lini aniqlaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini namoyon qiladigan va uning axloqiy qiyofasini ochib beradigan qarorlarga kelish bilan bog`liq bo`ladi. 2. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlari Umumiy irodaviy faoliyatni yoki alohida aktini amalga oshirishning muhim xususiyatlaridan biri amalga oshirilayotgan harakatlarning erkin ekanligini anglashdan: “Xohlasam unday, xohlasam bunday qilaman” deyishdan iboratdir. Odamning irodaviy harakati to`la - to`kis determinizmga, ya`ni sababiy bog`lanish qonuniga bo`ysunadi. SHuning bilan birga irodaviy faoliyatning bevosita sabablari sifatida irodaviy harakatlarni belgilab beradigan turli - tuman hayotiy sharoitlar bo`lishi mumkin. Odamning irodaviy faoliyati ob`ektiv jihatdan bog`langandir. Irodaviy faoliyatning muhim xususiyatlaridan yana biri, irodaviy harakatlarni odam hamma vaqt shaxs sifatida amalga oshiradi. Xuddi mana shuning bilan bog`liq ravishda irodaviy harakat odam to`la ravishda javob beradigan ish sifatida ichdan kechiriladi. Irodaviy faoliyat tufayli ko`p jihatdan o`zini shaxs sifatida anglaydi, o`z hayot yo`li va taqdirini o`zi belgilashini tushunadi. Irodaning eng muhim xususiyati unda faoliyatni amalga oshirishning puxta o`ylab chiqilgan rejaning mavjudligidir. Avvaldan rejalashtirilmagan xatti - harakatlarni irodaviy harakat deb aytib bo`lmaydi. SHu bilan birga iroda - avval mavjud bo`lmagan, lekin faoliyatni amalga oshirish natijasiga erishgandan so`ng hosil bo`lishi mumkin bo`lgan qoniqishga butun e`tiborni qaratishdan iboratdir. Ko`p hollarda iroda vaziyat yoki qiyinchilik ustidan g`alaba qozonish emas, balki o`z - o`zini engish hamdir. Bu ayniqsa muvozanatsiz, hissiy qo`zg`aluvchan, sust kishilarga xos bo`lib, o`zlarining tabiiy xarakterologik xususiyatlari bilan kurashishga to`g`ri keladi. Hech bir hayotiy muammo irodaning ishtirokisiz hal etilmaydi, yashagan va yashayotgan biror kishi kuchli, irodasiz katta muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Odamzot boshqa tirik mavjudotlardan o`zining ongi va aqli bilangina emas, balki irodasining mavjudligi bilan ham ajralib turadi. 3. Iroda nazariyalari Irodaviy, ya`ni ixtiyoriy harakatlar odamga irsiy yo`l bilan tug`ma ravishda beriladigan harakatlar emas. Irodaviy harakatlar har doim ma`lum sabablarga ko`ra yuzaga keladi. Chet el psixologiyasida iroda erkinligi degan ta`limot yuzaga kelgan bo`lib, bu ta`limotga ko`ra, odamning irodasi azaldan belgilangandir. Irodaviy harakatlar odamning shaxsiga, ongiga mutlaqo bog`liq emas. Iroda qandaydir iloxiy kuchga bog`liqdir. Shuning uchun iroda o`z mohiyati jihatidan doimo erkindir. Chet el olimlarining iroda erkinligi, ya`ni irodaviy harakatlar hech qanday sababga bog`liq emasligini haqidagi ta`limotlari
Do'stlaringiz bilan baham: |