Kompensatsiya beg‘araz taqdim etiladi;
Kafillik uchun kafillik summasining 1% miqdorida bir martalik to‘lov to‘lanadi (eksportyorlar uchun 0,5% miqdorida);
2020-yil 1-iyundan boshlab “Tadbirkor” axborot tizimi (www.tadbirkor.statefund.uz) dasturi ishga tushirildi. Barcha buyurtmalar elektron shaklda ko‘rib chiqilmoqda.
Jamg‘arma tomonidan pandemiya davrida tadbirkorlik subyektlarining 24 373,6 mlrd.so‘mlik kreditlari (15 390 ta loyiha) bo‘yicha 5 089,7 mlrd.so‘m miqdorida moliyaviy yordam ko‘rsatildi.
Shundan 16 997,1 mlrd.so‘mlik kreditlari (11 470 ta loyiha) bo‘yicha 2 032,1 mlrd.so‘m miqdorida foiz to‘lovlarini bir qismini kompensatsiya qilish majburiyati olindi hamda 7 376,5 mlrd.so‘mlik kreditlari (3 920 ta loyiha) bo‘yicha 3 057,5 mlrd.so‘m miqdorida kafillik berildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 3-apreldagi PF-5978-sonli Farmoniga asosan bir qarz oluvchiga Jamg‘arma tomonidan bir vaqtda ham kafillik, ham kompensatsiya berishga qo‘yilgan cheklov bekor qilindi va bugungi kunda tadbirkorlik subyektlari bitta loyiha bo‘yicha bir paytning o‘zida kafillik va kompensatsiya olishi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yilning 21-aprelidagi “Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-5087-sonli qarori bilan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida, Jamg‘arma tomonidan 2021-yil 1-maydan boshlab, tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning quyidagi qo‘shimcha choralari joriy etildi. Jumladan:
- Markaziy bank asosiy stavkasining 1,75 baravaridan oshmagan miqdordagi foiz stavkasi bilan kichik tadbirkorlik subyektlariga milliy valyutada beriladigan kreditlar bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya, uning belgilangan miqdorlarini saqlab qolgan holda, taqdim etilishi belgilandi;
- “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirish uchun kredit miqdorining 75 foizigacha, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravaridan ortiq bo‘lmagan tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik berilishi ko‘zda tutildi;
- Tadbirkorlik subyektlariga bank kreditlari bo‘yicha kompensatsiya va kafilliklar kredit shartnomalari sonidan qat’iy nazar beriladigan bo‘ldi.
Bunda, kompensatsiyalar taqdim etilayotgan kreditlarning umumiy summasi 10 mlrd so‘mdan, kafilliklarning umumiy summasi esa 8 mlrd so‘mdan, biroq umumiy kredit summasining 50 foizidan oshmasligi lozimligi belgilandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |