Mavzu: iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini kreditlashning o‘ziga xos xusisiyatlari



Download 61,09 Kb.
bet2/11
Sana14.12.2022
Hajmi61,09 Kb.
#885861
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
6-mavzu

«Tadbirkorlik» tushunchasi tadbirkorning ensiklopedik lug'atida quyidagichata’riflanadi:
Tadbirkorlik shaxsiy daromad, foyda olishga qaratilgan fuqarolarning mustaqil faoliyati. Bu faoliyat o'z nomidan, o'z mulkiy mas’uliyati va yuridik shaxsning yuridik mas’uliyati evaziga amalga oshiriladi. Tadbirkor qonun tomonidan ta’qiqlanmagan barcha xo'jalik faoliyati, shu jumladan, vositachilik, sotish, sotib olish, maslahat berish, qimmatbaho qog'ozlar bilan ish olib borish bilan shug'ullanishi mumkin.
Tadbirkorlik shaxsiy va ijtimoiy foydalarni ko'zlagan holda daromad olish uchun sarflanayotgan mablag' bilan bog'liq faoliyatdir. Tadbirkorlikka berilgan ushbu ta’rif batafsilligi bilan ajralib turadi. Bu ta’rifda tadbirkorlik faqat ma’lum faoliyat bilan shug'ullanish emas, balki bevosita faoliyat yuritishdan iboratligi ta’kidlangan. Tadbirkorlikka berilgan qator ta’riflarda eng muhim holat, ya’ni shaxsiy daromad bilan ijtimoiy foydaningyaxlitlikxususiyati ko'rsatilmagan.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tadbirkorlikning muhim xususiyatlariga quyidagilar kiradi:

  • xo'jalik faoliyati olib borayotgan subyektlarning mustaqilligi va erkinligi. Huquqiy me’yorlar chegarasida har bir tadbirkor u yoki bu masala yuzasidan mustaqil qaror qabul qilishi mumkin;

  • iqtisodiy manfaatdorlik. Tadbirkorlikning asosiy maqsadi maksimal darajada daromad olishni ko'zlab, jamiyat taraqqiyotiga ham o'z hissasini qo'shishdir;

  • xo'jalik tavakkalchiligi va mas’uliyat. Har qanday hisob-kitobda ham noaniqlik va tavakkalchilik bo'lishi mumkin.



6.2. Kichik biznesni kreditlashni tashkil qilish asoslari
So'nggi yillarda respublikamizda ishbilarmonlik muhitini tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish yuzasidan bir qator chora-tadbirlar belgilanmoqda.Xususan, bank tizimida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlari uchun ko'rsatilayotgan bank xizmatlari, ularni moliyaviy qo'llab-quvvatlash, kreditlash hajmini oshirishga alohida e'tibor qaratilmoqda.Natijada, 2021 yil davomida tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga barcha moliyalash manbalari hisobidan ajratilgan kreditlar 2020 yilga nisbatan 1,3 barobar oshib, 6 trln. 982 mlrd. so'mni tashkil etdi, shundan, 1 trln. 366 mlrd. so'mga teng loyihalar mikrokreditlar bilan ta'minlanib, bu ko'rsatkich ham 2021 yilga nisbatan 1,3 barobar o'sdi.Bunda asosiy e'tibor, kichik tadbirkorlik sub'ektlariga investitsiya maqsadlari, boshlang'ich kapitalni shakllantirishga uzoq muddatli kreditlar ajratish hamda mikrokreditlashni kengaytirish orqali kichik biznesning iqtisodiyotda tutgan o'rnini oshirish, yangi ishchi o'rinlari tashkil etishga qaratildi.Ta'kidlash lozimki, mamlakatimizda iqtisodiyotni tarkibiy o'zgartirish, sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, xususan, tadbirkorlarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash borasida bank tizimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuqori baholab kelinmoqda.Jahon banki va Bu esa o'z navbatida, xorijiy investorlar va xalqaro moliya institutlarining O'zbekistonga bo'lgan qiziqishini ortishiga olib keladi. Ta'kidlash lozimki, ushbu «Biznesni yuritish» hisobotini tuzishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'ektlariga qulay bank xizmatlari ko'rsatilishini tartibga soluvchi huquqiy-me'yoriy hujjatlarning mavjudligi alohida baholanadi. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishi va ularga yaratib berilayotgan sharoitlarni e'tiborga olgan holda Markaziy bank tomonidan “Tijorat banklari tomonidan fermer xo'jaliklarini, shuningdek, kichik biznes sub'ektlarini milliy valyutada kreditlash” belgilangan tartib-taomillar qayta ko'rib chiqildi. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qo'llab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini ta'minlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi to'g'risida” Farmonida eng avvalo iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida modernizatsiya, texnik va texnologik qayta jihozlash jarayonlarini faollashtirish, sifatli, eksportga yo'naltirilgan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ta'minlaydigan zamonaviy moslashuvchan minitexnologiyalarni tatbiq etish, ichki va tashqi bozorlarda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarining raqobatbardoshligini yanada oshirish, eksport qiluvchi korxonalar tomonidan yangi tovarlar turlarini sotish hajmlarini kengaytirish hamda mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o'zlashtirish ustuvor vazifalardan etib belgilangan. Mazkur Farmonda tijorat banklari zimmasiga iqtisodiyotning real sektori korxonalarini moliyaviy qo'llab-quvvatlash bo'yicha o'z vaqtida zarur chora-tadbirlar ko'rish, ularning asosli buyurtmanomalari bo'yicha aylanma mablag'larni to'ldirish va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun kredit resurslarini ajratilishiga ham alohida urg'u berilgan. Yuqorida qayd etilganlardan kelib chiqib, Nizomda banklar tomonidan kichik tadbirkorlik sub'ektlariga aylanma mablag'larini to'ldirishga 18 oy muddatgacha kredit mablag'lari ajratilishi belgilandi. Shuningdek, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun kreditlar to'lash muddatini uzaytirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi bo'yicha norma bekor qilinib, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish muddati tijorat bankining Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan “Bankning kredit siyosati”da aks ettirilishi yo'lga qo'yildi. Shu bilan birga kichik tadbirkorlik sub'ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to'g'risida nizomda tijorat banklariga kichik tadbirkorlik sub'ektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta'minotini rasmiylashtirish bilan bog'liq xarajatlarni hisobga olish huquqi belgilandi. Shuningdek, qarz oluvchilar olingan kredit summasini muddatidan ilgari qaytarishga va ulardan haqiqatda foydalanilgan muddat uchun hisoblangan foizlarni to'lashga haqli ekanligi o'z aksini topdi. Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar muayyan hisobotlarni soliq va statistika organlariga yilda bir marta taqdim etishi inobatga olinib, tijorat bankidan kredit mablag'lari ajratish jarayonida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik sub'ektlariga qo'shimcha ravishda moliyaviy hisobotlarni taqdim etishdan ozod qilindi. Yangi Tartibda kichik biznes sub'ektlariga yanada qulaylik yaratish maqsadida kreditlashning hudud bilan bog'liq cheklovi bekor qilindi. Endilikda kichik tadbirkorlik sub'ektlariga axborot-kommunikatsion texnologiyalarni (internet-banking, mobayl-banking va boshqalar) qo'llagan holda ko'rsatiladigan bank xizmatlari hajmini kengaytirish hamda ularning sifatini oshirish, jozibador moliyaviy instrumentlarni qo'llash orqali kreditlash hajmlarini oshirish maqsadida qarz oluvchilar tomonidan kredit olish yuzasidan arizalarni elektron tizim orqali qabul qilish tizimi yo'lga qo'yildi. Tijorat banklarining filiallarida tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va erkinliklarini buzish, ularga turli byurokratik to'siqlar yaratish, ta'magirlik, sansalorlik, mansab vazifasini suiiste'mol qilish kabi holatlarni oldini olish, kredit arizalarini belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilishi ta'minlash maqsadida banklarda “Arizalarni ro'yxatga olish kitobi”, qarz oluvchiga “Ma'lumotnoma” (internet tarmog'i orqali elektron ko'rinishida ham) berilishi joriy qilindi. Bunda, “Arizalarni ro'yxatga olish kitobi” va “Ma'lumotnoma” raqamlanib, ip o'tkazib tikilgan va tijorat banki raisining kreditlash masalalari bo'yicha o'rinbosari yoki mazkur masala bo'yicha mas'ul shaxsning imzosi hamda Bosh bankning muhri bilan tasdiqlanadi. “Arizalarni ro'yxatga olish kitobi” va “Ma'lumotnoma” tijorat banklarining Bosh ofisi tomonidan filiallarga markazlashgan holda tarqatiladi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, “Kichik tadbirkorlik sub'ektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to'g'risida”gi Nizom talablari buzilishiga yo'l qo'ygan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishi ko'zda tutilgan. Bu, o'ylaymizki, tijorat banklari mutasaddi xodimlarining ma'suliyatini yanada oshiradi. Biznesning asosiy qoidalaridan biri bu to'xtamaslik va olg'a siljishdir. Biroq, buning uchun vaqti-vaqti bilan shaxsiy biznesni yangi sarmoyalar bilan "boqib turish" kerak. Buning uchun har doim ham resurslar yetarli bo'lavermaydi, shuning uchun u yoki bu tarzda, tadbirkor ularni qayerdan olish haqida o'ylaydi. Agar gap kichik bo'lmagan miqdordagi pul haqida ketsa, kamdan-kam hollarda do'stlar va qarindoshlarga ishonish mumkin. Yechimlardan biri bu bank krediti. Kichik biznes uchun bank kreditini qanday va qayerdan, qancha miqdorda va qanday shartlar asosida olish mumkin, shuningdek, nima uchun tadbirkorga rad javobi berilishi mumkin, bular haqida o'z materialimizda so'z boradi. Barcha banklarning kreditlash shartlari turlicha: har xil foiz stavkalari, hujjatlar to'plami va kredit berish muddatlari. Masalan, "Kapitalbank"dan kredit olish uchun bankka kelib, ariza to'ldirib, pasport, nizom, ro'yxatdan o'tganlik to'g'risidagi guvohnoma va ijara shartnomasini taqdim etish kifoya. Kredit transport vositasi, ko'chmas mulk, zargarlik buyumlari va boshqalar garovga qo'yish evaziga berilishi mumkin. Buning uchun ham minimal hujjatlar to'plami kerak bo'ladi, ya’ni avtomobilning texnik pasporti yoki ko'chmas mulk kadastri va shunga muvofiq, garovga

Download 61,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish