6.7. Tijorat banklari tomonidan davlat maqsadli jamg‘armalari kredit liniyalari hisobidan imtiyozli mikrokreditlar berish tartibi.
Imtiyozli kreditlash maxsus Jamg‘armasining resurslari hisobidan berilgan kreditlar orqali tijorat banklari oladigan daromadlari, bo‘shayotgan mablag‘larni mazkur Jamg‘arma resurslarini oshirish uchun maqsadli yo‘naltirish sharti bilan, foyda solig‘ini to‘lashdan 5 yil muddatga ozod qilindi. Davlat maqsadli jamg‘armasi-O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi,davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi-davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan kichik tadbirkorlik sub'yektlarini kreditlash uchun tijorat banklariga ajratiladigan mablag‘lar,darz oluvchilar (qarzdor) - yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari e'tirof etilgan. Mikrokreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, muddatlilik, shuningdek maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.Mikrokreditlar 6 oylik imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga qaytarish muddatini uzaytirish huquqisiz eng kam ish haqining 1000 baravarigacha miqdorda beriladi. Mikrokreditlarning foiz stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining amaldagi qayta moliyalash stavkasining 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda bank marjasi foiz stavkasining 50 foizini tashkil etadi. Imtiyozli davr bilan berilgan mikrokreditlar bo‘yicha foizlar ular berilgan kundan boshlab hisoblanadi va asosiy qarz imtiyozli davr tugaganidan keyingi kundan boshlab undiriladi.
Mikrokreditlar:
ilgari olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish, alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish, savdo-vositachi va umumiy ovqatlanish tashkilotlari aylanma mablag‘larini shakllantirish, savdo va umumiy ovqatlanish ob'yektlarini qurishni moliyalash, qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil etish hamda ular uchun uskunalar sotib olish,ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlatilmaydigan shaxsiy mulkni sotib olish, ma'muriy xarajatlarni to‘lash, jumladan xizmat avtomobillari ta'minoti,mebel, uyali telefon sotib olish, shuningdek aloqa xizmatlariga to‘lov maqsadlari uchun berilishi mumkin emas. Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan mikrokreditlar: chorvachilik, parrandachilik, asalarichilik va baliqchilikni rivojlantirish, mahsulotlar ishlab chiqarish, xom ashyo va materiallarni tubdan qayta ishlash,hunarmandchilikni rivojlantirish; kasanachilikni tashkil etish; xizmatlar ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish uchun beriladi. Davlat maqsadli jamg‘armasi kredit liniyasi hisobidan ishlab chiqarishni kengaytirish hamda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun ajratiladigan mikrokreditlarni olishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj quyidagi qatlamlari ustuvorlikka ega bo‘ladi:
kam ta'minlangan oilalar a'zolari;
tarkibida nogironlar, jumladan Ko‘zi ojizlar jamiyati a'zolari bo‘lgan oilalar; tarkibida ikki va undan ortiq ish bilan band bo‘lmagan a'zolari bo‘lgan
oilalar;
boquvchisini yo‘qotgan oilalarning a'zolari; yosh oilalarning a'zolari.
Qarz oluvchi o‘zining mazkur bandda nazarda tutilgan oila a'zosi ekanligini tasdiqlash uchun bankka fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organining ma'lumotnomasini taqdim etishi lozim. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining qaroriga asosan “Kichik tadbirkorlik sub'yektlarini milliy valyutada kreditlash tartibi to‘g‘risidagi nizom” ga asosan:
1..Yakka tartibdagi tadbirkorlar, mikrofirmalar, kichik korxonalar, dehqon va fermer xo‘jaliklari hamda oilaviy korxonalar kreditlash ob'yektlari hisoblanadi.
2.iKreditlar qaytarishlik, to‘lovlilik, ta'minlanganlik, muddatlilik va maqsadli foydalanish shartlari asosida beriladi.
3.iKreditlar tijorat banki va qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga muvofiq beriladi.
Kreditlar kreditlanayotgan tadbirning o‘zini-o‘zi qoplashini hisobga olgan holda quyidagi muddatlarga beriladi:
qarz oluvchi o‘z faoliyatini boshlashi uchun aylanma mablag‘larni shakllantirish va investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqishga-12oy muddatgacha;
aylanma mablag‘larni to‘ldirishga-18 oy muddatgacha;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga - 24 oy muddatgacha. Tijorat banklari kreditlar bo‘yicha kreditlashning imtiyozli davrini belgilashlari mumkin. Kreditlar qonun hujjatlarida taqiqlangan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun ajratilishi mumkin emas.
6.8. Tijorat banklari tomonidan mikrolizingni rasmiylashtirish tartibi va uning ahamiyati.
6.9. Kichik biznes loyihalarini chet el investitsiyasi va boshqa manbalar hisobidan moliyalash.
6.10. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O‘zbekistonda oilaviy tadbirkorlik, xizmat ko‘rsatish va servis hamda kasanachilik sohalarining barqaror rivojlanishida banklarning roli. Oilaviy tadbirkorlikni kreditlash tartibi.