Mavzu: Iqtisodiy tadqiqotlar metodikasini shakllantirish Reja: Moliyaviy ommaboplik Moliyaviy vositachilik



Download 77,2 Kb.
bet2/3
Sana31.05.2022
Hajmi77,2 Kb.
#623640
1   2   3
Bog'liq
Mavzu-6

Moliyaviy vositachilik
Tijorat banklarining jamg‘armalarni bank tizimiga jalb qilish hamda ushbu jamg‘armalarni moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan eng samarali loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltirish salohiyati banklarning moliyaviy vositachi sifatida faolligini belgilab beradi.
Moliyaviy vositachilik ko‘rsatkichlaridan biri real sektordan jalb qilingan depozitlarning ajratilgan kreditlarga nisbati hisoblanadi. Ushbu ko‘rsatkich qanchalik yuqori bo‘lsa, “Banklar faollik indeksi”ga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va aksincha past bo‘lsa, salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 2020 yil 1 iyun holatiga, bank sektorida aholi depozitlarining kredit qo‘yilmalariga nisbati davlat ulushi mavjud 10 ta yirik bankda o‘rtacha 7,4 foiz, raqobatchi banklarda 32,5 foiz va markazlashgan banklarda 26,3 foizni tashkil etdi. Ushbu raqamlar kreditlar berishda davlat yirik banklari uchun aholi depozitlaridan tashqari majburiyatlarning ahamiyati katta ekanligidan dalolat beradi.
Davlat ulushi mavjud 10 ta yirik bankdan 7 tasida boshqa banklar va moliya institutlaridan olingan depozitlar va kreditlarning jami majburiyatlaridagi ulushi 25 foizdan yuqori hisoblanadi. Xususan, ushbu ko‘rsatkich O‘zmilliy bankda 51,6 foiz, Asaka bankda 50,1 foiz, O‘zsanoatqurilish bankda 43,2 foiz, Agrobankda 39,8 foiz, Mikrokredit bankda 36,6 foizni tashkil etadi.
Shuningdek, bankning har bir filialiga to‘g‘ri keluvchi depozitlar va kreditlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, raqobatchi va markazlashgan banklar ajratilgan kreditlarining katta qismini jalb qilingan depozitlar hisobidan moliyalashtirgan.
Davlat ulushi mavjud yirik banklarning majburiyatlari tarkibida hukumatdan olingan mablag‘lar ulushi yuqoriligicha qolmoqda. 2020 yil 1 iyun holatiga, Qishloq qurilish bank majburiyalarida hukumat mablag‘lari ulushi 40,5 foiz, Ipoteka bankda 31,5 foiz, Agrobankda 27,4 foiz, Mikrokredit bankda 21,2 foiz va O‘zmilliy bankda 14,9 foizni tashkil etdi.
Moliyaviy ommaboplik
Banklarning moliyaviy ommabopligi kichik va o‘rta biznes uchun moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarinining qay darajada ekanligi va “banksiz” qolayotgan aholi qatlamini bank sektoriga jalb qilish darajasini ko‘rsatadi.
2019 yilda Jahon banki tomonidan O‘zbekistondagi 1239 korxona va firmalar orasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, firmalarning faqat 22,2 foizida bank kreditlari/kredit liniyalari mavjud (Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun o‘rtacha ko‘rsatkich 37,5 foiz). 15,1 foiz firmalarning kredit olish bo‘yicha arizalari rad etilgan (Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasi uchun o‘rtacha ko‘rsatkich 9,1 foiz). Ushbu omillar hisobga olinsa, bankning har bir filialiga to‘g‘ri keluvchi kredit olgan tadbirkorlar soni ma’lum darajada bank xizmatlari ommabopligini o‘lchovchi mezonlaridan biri sifatida qaralishi mumkin.
Ushbu yo‘nalishda Ipak yo‘li bank, Agrobank va Hamkor bank eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega. Ipak yo‘li bankning har bir filialiga o‘rtacha hisobda 548 ta kredit olgan tadbirkor to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkich Agrobank va Hamkor bankda mos ravishda 497 va 467 tani tashkil etadi.
Markazlashgan banklarda 10 ta eng yirik qarz oluvchilarga berilgan kreditlarning jami kredit portfelidagi ulushi o‘rtacha 54 foizni tashkil etadi. Xususan, 2020 yil 1 iyun holatiga, ushbu ko‘rsatkich O‘zKDB bank, Xay-tek bank, Tenge bank, Ravnaq bank, Ziraat bank va Poytaxt bankda nisbatan yuqori hisoblanadi.
Davlat ulushi mavjud yirik banklar guruhida O‘zmilliy bank va Asaka bank tomonidan top-10 mijozlarga berilgan kreditlarning jami kreditlariga nisbati 50 foizdan yuqori hisoblanadi. Ushbu guruhda 4 ta bankda (Turon bank, O‘zsanoatqurilish bank, Aloqa bank va Mikrokredit bank) ushbu ko‘rsatkich 27 foizdan 39 foizgacha yetadi.
Raqobatchi banklar orasida faqat Oriyent Finans bankning top-10 mijozlari hissasiga kredit portfelining salkam 50 foiziga yaqini to‘g‘ri keladi.
Davlat ulushi mavjud 4 ta eng yirik banklarda iqtisodiyotning xususiy sektoriga berilgan kreditlarning ulushi nisbatan past darajada saqlanib qolmoqda. Xususan, ushbu ko‘rsatkich O‘zmilliy bankda 41 foiz, O‘zsanoatqurilishbankda 59,2 foiz, Agrobankda 56,7 foiz va Asaka bankda 66,5 foizni tashkil etadi.

Download 77,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish