FARG‘ONA VILOYATIDAGI KORXONA VA TASHKILOTLAR
DEMOGRAFIYASI BO‘YICHA 2021- YIL 1-IYUN HOLATIGA
MA’LUMOT
Mamlakatimizda qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida qator ijobiy o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. O‘z o‘rnida, tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yish borasida ham qonunchilikda muhim qarorlar qabul qilinib, davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishni avtomatlashtirilgan tizimi ishlab chiqilib, bosqichma bosqich amaliyotga tadbiq qilinmoqda. Bu esa, aholi hamda xorijiy investorlarning o‘z shaxsiy biznesini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.
Farg’ona viloyatida 2021 yil 1- iyun xolatiga dexqon fermerlarsiz
Ro‘yxatdan o‘tgan korxonalar soni - 46059 ta bo’lib
Faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar soni - 44178 tani tashkil etmoqda
Shundan 2021- yanvar-may oylarida - 3644 ta yangi korxonalar tashkil etilgan
2021 – yil yanvar-may oylari holatiga viloyatda faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 38175 tani tashkil etib bundan
Mas’uliyati cheklangan jamiyat - 20 785 ta
Oilaviy korxona - 5 424 ta
Unitar korxona – 256 ta
Xususiy korxona - 11 242 ta
Aksiyadorlik jamiyati - 53 ta
Boshqa korxonalar – 415 tani tashkil etdi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni
Savdo - 13103 ta
Sanoat – 9617 ta
Qurilish – 3428 ta
Yashah va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar – 2307 ta
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi – 2140 ta
Tashish va saqlash – 1615 ta
Axborot va aloqa– 1185 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 1001 taga to‘g‘ri keldi.
Boshqa turlar – 9782 ta
2021- yilning 1- iyun holatiga ko‘ra viloyatda ro‘yxatdan o‘tgan oilaviy korxonalar soni 5,7 mingtani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,7 mingtaga yoki 142,4 % ga oshganligini ko‘rish mumkin. Shundan faoliyat ko‘rsatayotgan oilaviy korxonalar soni 5,4 mingtani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,6 mingtaga yoki 141,0 % ga oshganligini ko‘rish mumkin. 2021- yilning yanvar-may oylarida yangi tashkil etilgan oilaviy korxonalar soni 591 tani tashkil etib, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 280 taga yoki 190,0 % ga oshganligini ko‘rish mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 2021- yil 1- iyun holatiga ko‘ra 493 tani tashkil etib, ulardan 482 tasi yoki 97,7 %i faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan olganda 49 taga yoki 111,0 % ga oshganligini ko‘rish mumkin. 2021- yilning yanvar-may oylarida viloyatimizda 32 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar yangi tashkil etildi.
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha 1- iyun holatiga ko‘ra faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 482 tani tashkil etdi
Shundan:
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi –27ta
Sanoat –269 ta
Qurilish – 18 ta
Savdo - 94 ta
Tashish va saqlash – 14 ta
Yashah va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar – 13 ta
Axborot va aloqa–4 ta
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish – 9 taga to‘g‘ri keldi.
Boshqa turlar – 34 tani tashkil etdi.
2021- yil 1- iyun holatiga ko‘ra, kichik tadbirkorlik subyektlari soni
39 647 ro‘yxatdan o‘tgan
shundan:
1 992 kichik korxonalar
37 655 mikrofirmalar
37 987 faoliyat ko‘rsatayotgan
Shundan:
1 966 kichik korxonalar
36 021 mikrofirmalar
3 523 (2021- yilda)- yangi tashkil etilgan
shundan:
64 kichik korxonalar
3 459 mikrofirmala
Do'stlaringiz bilan baham: |