mavzu. Iqtisodiy siyosat asoslari va tarkibi. – soat. Iqtisodiy siyosat va uni amalga oshirish


Merkantilizm maktabi namoyondalari



Download 118,28 Kb.
bet4/8
Sana30.06.2022
Hajmi118,28 Kb.
#719345
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
2-mavzu.слайд.iqt.siyosatga kirish

2. Merkantilizm maktabi namoyondalari
Iqtisodiyot nazariyasining birinchi nazariy maktabi merkantilizm (frantsuzcha - mercantilisme; italyancha -merkante - savdogar). Bu atama birinchi marta muomalaga A. Smit tomonidan kiritilgan bo‘lib, merkantilizmning eng ko‘zga ko‘ringan vakillari: inglizlar Uilyam Stafford va Tomas Mann, fransuz Antuan Montkretyen, shotlandiyalik Jon Lou, italiyalik Gaspard Skaruffi va Antonio Jevonesi, ruslar Ivan Pososhkov va Afanasiy Ordin-Nashchyokin.
Merkantilizm rivojida ikki davrni ajratish mumkin:
1. Ilk merkantilizm yoki monetarizm (XV-XVI asr o‘rtalari).
2. Rivojlangan merkantilizm, savdo balansi (yoki manufaktura
sistemasi) (XVI-XVIII asr o‘rtalari).
Yangi ta’limot vujudga kelishi manufaktura bilan bevosita bog‘liqdir.
Iqtisodiyot tarixida sanoatning uch xil shaklini ajratish mumkin: uy hunarmandchiligi, manufaktura va fabrika.
Muayyan qarashlar va tushunchalarning paydo bo'lishi doimo jamiyat rivojlanishining ob'ektiv shartlari, uning iqtisodiy tizimi bilan bog'liq. Bozor iqtisodiyotiga davlat aralashuviga munosabat uning shakllanishi va rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha bo'lgan. Buni turli iqtisodiy maktablarda ko'rish mumkin. XV asrdan boshlab kapitalning dastlabki to'planishi va bozor munosabatlarining shakllanishi davridagi davlatning iqtisodiy siyosati XVII-asrning o'rtalariga qadar savdo kapitali va sanoat manfaatlarini aks ettirgan.
Mamlakatda savdo va sanoatni rivojlantirishni davlat tomonidan tartibga solish zarurligi haqidagi qarashlar keyinchalik iqtisodiy maktab - merkantilizm tomonidan ishlab chiqilgan. Merkantilizm iqtisodiy maktab sifatida Angliya, Italiya va Fransiyada rivojlangan. Bu maktabning eng koʻzga koʻringan vakili A. Montchretien (fr.). U birinchi bo‘lib “siyosiy iqtisod” atamasini kiritgan. Asosiy asari «Siyosiy iqtisod traktati» (1615 yil) deb nomlangan.
Merkantilizmning birinchi davri, o‘sha davr iborasi bilan aytganda monetar, ya’ni oltin va kumush pullar to'plash bilan bog'liq edi. Bunda pul balansi siyosati olib borilgan, chetdan imkoni boricha kam tayyor tovar sotib olishga urinilgan. Qimmatbaho metallni chetga olib ketish taqiqlangan. Savdogarlarga olib chiqilgan mahsulotning bir qismiga pul olib kelish majburiyati yuklangan (qolgani tovar bo‘lishi mumkin). Chet eilik savdogarlarni esa sotilgan mol pulining hammasiga yangi tovar sotib olishga majbur qilingan (pul olib chiqib ketmasliklari uchun). Bu siyosat nazorat kuchli bo'lishini talab etgan, tashqi iqtisodiy aloqalaming rivojini susaytirgan.
Bu siyosatning muhim namoyandalari Angliyada U.Stafford, Italiyada G.Skaruffi va boshqalardir. Masalan, florensiyalik (Italiya) bankir B.Divanzetti (1529-1606) pul (chaqa)ni iqtisodiy organizmning qoniga o‘xshatadi, agar chaqa (pul) bo‘lmasa (qon kabi), organizm o'ladi. Kapitalizmning o'sishi, savdoning rivoji tufayli bu siyosat o‘zini oqlamadi (XVII asrdan boshlab XVIII asrgacha), pul balansi siyosati savdo balansi siyosati bilan almashdi. Bunda davlatdan pul olib chiqishga ruxsat berildi.
Taniqli iqtisodchi N.D. Kondratyevning fikricha, merkantilistlarning iqtisodiy tizimi amaliy siyosat bo‘lib, xalq xo‘jaligi qanday bo‘lishi kerak va unga nisbatan davlat hokimiyatining munosabati masalasi asosiy maqsaddir.

Download 118,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish