18. Iqtisodiy o‘sishning ekstensiv omilini toping:
a) mehnat intensivligining ortishi;
b) asosiy kapitalni tejash;
c) mehnat unumdorligining o‘sishi;
d) yangi texnologiyani qo‘llash;
e) resurs sarflari ortishi.
19. Iqtisodiy o‘sish nima?
a) ishlab chiqarishning takomillashishi;
b) ijtimoiy ne’matlarni ishlab chiqarishning o‘sishi;
c) yaratilgan tovarlar va xizmatlar mutloq va nisbiy hajmining ko‘payishi;
d) aholi turmush sharoitlarining o‘zgarishi;
e) yuqoridagilarning barchasi.
20. Iqtisodiy o‘sish qanday aniqlanadi?
a) daromad va ish haqi darajasi bilan;
b) aholining ijtimoiy himoyalanganlik darajasi bilan;
c) ishsizlik darajasi bilan;
d) yalpi milliy mahsulotning mutloq va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan miqdori bilan;
e) yuqoridagilarning barchasi bilan.
2-TOPSHIRIQ. SAVOLLAR
Iqtisodiy o‘sishning turlari aytib berini.
Intensiv va ekstensiv iqtisodiy o’sish tushuntirib bering.
Iqtisodiy o‘sish ko’rsatkichlarini tavsiflab bering.
Iqtisodiy o‘sish qanday topiladi?
Iqtisodiy o‘sish talab omillarini izohlang.
Iqtisodiy o‘sish taklif omillarini izohlang.
Iqtisodiy o‘sish taqsimlash omillarini izohlang.
70 qoidasini tushuntirib bering.
Iqtisodiy o‘sish modellarini tavsiflang.
Milliy boylikni tushuntiring.
3-TOPSHIRIQ. MASALALAR
1. Aytaylik, mamlakatning real YaMM 2017 yil 3,5 mlrd. dollar, 2018 yili esa 4,5 mlrd. dollarni tashkil etdi. Aholisi esa shu davr ichida 2 mln. kishidan 2,3 mln.kishiga ko‘paydi.
a) YaIMni o‘sish sur’ati;
b) YaIMni aholi jon boshiga o‘sish sur’atini hisoblang;
YaIM hajmi, o‘sish sur’ati va aholi jon boshiga o‘sish sur’atiga ko‘ra qanday xulosa chiqarish mumkin? Fikringizni izohlang.
2. YaIM 2017 yili 18 mlrd. dollarni 2018 yili esa 25 mlrd. dollarni tashkil etgan. Shu davrda narxlar 25% o‘sgan. Nominal va real YaIM o‘sish sur’atini hisoblang. Iqtisodiy o‘sishga qanday omillar ta’sir qiladi?
3. O‘zbekistonda 2017 yili yaratilgan YaIM hajmi joriy baholarda 77790,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Bu 2016 yilga ishlab chiqarilgan YaIMdan 15959,4 mlrd. so‘mga ko‘p. Aholi esa 29,5 mln. kishiga etdi. 2016 yili esa 29,1 mln. kishi edi. Narx o‘rtacha 7,6% ga ortdi desak, nominal va real YaIM o‘sish sur’ati, YaIMning aholi jon boshiga qanday o‘zgargan hisoblang.
Mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishga erishish uchun qanday chora-tadbirlar ko‘rilayapti? Izohlang.
4. Berilgan ishlab chiqarish funksiyasi u = AK0,2 - L0,3. O‘lcham A yil davomida 4%ga, o‘sgan. Band bo‘lganlar 5%, kapital esa 3% ga o‘sgan. Real ishlab chiqarish xajmi necha foizga o‘sgan. Bu iqtisodiy o‘sishning qaysi modeli, deb hisoblaysiz?
5. Oltinchisi ortiqcha. Quyidagilarni diqqat bilan o‘qing. Tushunchalar ichida guruhga taalluqli bo‘lmagan tushunchani aniqlang va uni ro‘yxatdan chiqaring. Sababini izohlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |