.Tashkiliy hujjatlar haqida tushuncha va ularga oid hujjatlar
Iqtisodiyotni boshqarishda tashkiliy-farmoyish hujjatlarining axamiyati
kattadir. Har qanday firma yoki korxonani boshqarishda tashkiliy farmoyish
hujjatlaridan to’liq foydalanadi. Tashkiliy hujjatlarga nizom, ustav, majlis bayoni, shartnoma kiradi. Nizom bu korxona yoki uning tarkibiy bo’linmalarining tuzilishi, xuquqi vazifalari, burchlari, ishni qanday tashkil qilish tarkibini belgilaydigan xuquqiy hujjatdir. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlarga (ko’riq,
musobaqa va boshqalarga nisbatan xam tuzilishi mumkin) ko’pincha nnzom
korxonalarni ta’sis etish va tashkil topish paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar
farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Korxonalarning tarkibiy qismlari ularning
raxbarlari tomonidan tuziladi va korxona raxbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash
ustxati (viza) qo’yish bilan kuchga kiradi.
ASOSIY QISM;
Yo’riqnoma bu qonun yoki boshqa normativ, xuquqiy hujjatlarni
tushuntirnsh maksadida chiqariladigan xuquqiy hujjatdir.Korxona mansabdor
shaxs va fuqarolarninig tashkiliy, ilmiy, texnikaviy, moliyaviy va boshqa maxsus
faoliyat tomonlari xususida tartib-qoida o’rnatish maksadida davlat boshqaruv
organlari tomonidan chiqariladi, yoki rahbar tomonidan tasdiqlanadi.
Yo’riqnoma matni bo’limlardan tarkib topadi. Bo’limlar modda va bandlarga
bo’linishi mumkin, yo’riqnoma odatda “Umumiy qoida” deb ham yuritiladi, unda
yo’riqnomaning maksadi ochib beriladi, rioya qilish qoidasi, farmoyish tarkibi va
umumiy boshqa masalalar ko’riladi. Matnning asosiy qismi aniq ko’rsatma
beruvchi xususiyatga ega bo’ladi, bunda "lozim", "kerak", "zarur", "yo’l
qo’yilmaydi", "mumkin emas" kabi so’zlar qo’llaniladi.
Yo’riqnomalar ichida xodimning lavozim yo’riqnomasi aloxida o’rin
egallaydi. Unda umumiy qism xodimning vazifalari, burchlari, xuquqlari,
boshqa xodimlar bilan munosabatlari ishni baxolash mezoni va xodim
mas’uliyati ko’rsatiladi. Lavozim yo’riqnomasini xodimning bevosita
raxbari ishlab chiqadi, so’ngra bo’lim mudiri yoki korxona raxbari
tasdiqlaydi Asosiy faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning
bo’limlari faoliyatini tartibga solishda qo’llaniladi. Ularda, odatda, Yuqori
tashkilotlardan kelgan ko’rsatmaviy hujjatlar xodimlarga yetkaziladi, bularning
ijrosi yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilanadi. mas’ul shaxslar va bajarish
muddati tayinlanadi.
XULOSA
Buyruqning asosiy qismlari quyidagilardan iborat: Vazirlik, korxona
yoki muassasa nomi, buyruqning nomi, sanasi, raqami, buyruq chiqqan joyning
nomi, sarlavxasi, buyruq matni, raxbar yoki o’rinbosar imzosi va xokazo.
Buyruqning farmoyish qismi yangi satrdai, bosh harflar bilan yoziladigan
"BUYURAMAN" so’zi bilan boshlanadi. Buyruqda ishning bajarilish muddati
mazmunidan kelib chiqib umumiy tarzda yoki har bir farmoyishda aniq
ko’rsatish mumkin.
.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
https://hozir.org › pedagogika...
Do'stlaringiz bilan baham: |