Funksional modellar kirish va chiqish parametrlarini bog‘lanish funksiyalarini aks ettiradilar.
Strukturali modellar murakkabroq bo‘lib, tizimni ichki strukturasini ifodalab, ichki aloqalarni aks ettiradi.
Modellar statik va dinamik, chiziqli va chiziqsiz, determinatsion va stoxastik bo‘lishi mumkin
Statik modellarda iqtisodiy jarayonlar va ko‘rsatkichlarning ma’lum bir vaqtdagi holati o‘rganiladi.
Dinamik modellarda esa iqtisodiy ko‘rsatkchilarning vaqt davomida qanday o‘zgarishi kuzatiladi va ularga qaysi omillar ta’sir etishi o‘rganiladi.
Chiziqli modellarda maqsad mezoni chiziqli funksiya ko‘rinishda bo‘lad, uning ekstremal qiymatlari orasidagi munosabat chiziqli tenglamalar va tengsizliklar orqali ifodalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |