Mavzu: IQTISODIY BAZIS TUSHUNCHALAR
2.1. Iqtisodiy ehtiyoj, ne′mat va resurs tushunchalari
2.2. Iqtisodiyotning bosh muammosi: ehtiyojlarning cheksizligi va resurslarning cheklanganligi
2.3. Iqtisodiy tanlov va muqobil xarajatlar
2.4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va mahsulotning optimal tarkibi..
2.5. Resurslar va ne′matlarni taqsimlashning bozor mexanizmi.
1 topshiriq
«Qanday?» organayzerini to’ldiring
Resurslar va ne′matlarni taqsimlashning bozor mexanizmini aniqlash mumkin?
Qanday?
Qanday?
Qanday? Qanday?
Qanday?
Qanday?
Qanday?
Qanday? Qanday?
Statistic tahlil
Hisoblab
Kirim chiqimni hisoblab
Narh organib
Nazorat va muhokama uchun berilgan har bir savollarga javob yozing!
Ehtiyoj va ne'mat tushunchalari nimani anglatadi?
Iqtisodiy resurslarga nimalar kiradi?
Iqtisodiyotning markaziy va bosh muammosi nimadan iborat?
Iqtisodiy tanlov va muqobil xarajatlar deganda nima tushuniladi?
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigi nimani ifodalaydi?
Har qanday jamiyat javob berishi lozim bolgan beshta fundamental iqtisodiy savol nimalarni nazarda tutadi?
Resurslar cheklangan sharoitda ularni optimal taqsimlash masalasi qanday echiladi?
Resurslar, tovarlar va xizmatlar oqimining doiraviy aylanish modeli nima?
1.. Insoniyat tabiatdan biologik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy va boshqa xarakterdagi turli-tuman ehtiyojlar qurshovida yaratilgan. Bu ehtiyojlar ichida iqtisodiy, ya'ni moddiy ehtiyojlar muhim o'rin tutadi. Moddiy ehtiyojlar - shaxs, firmalar va jamiyatning faoliyati uchun zarur bo'lgan ehtiyojlarni aks ettiradi.
Iste'molchilarning ehtiyojlari turli-tuman bo'lib, ularning ro'yxati juda keng va balki son-sanoqsizdir. Bu ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo'ladigan tovarlar va xizmatlarni shartli ravishda ikkiga, ya'ni birlamchi ehtiyojlarni qondiruvchi va hasham predmetlariga bo'lish mumkin. Ba'zan ayrim iste'molchilar uchun birlamchi sanalgan buyumlar ikkinchi bir iste'molchilar uchun hasham va dabdaba buyumi bo' lishi ham mumkin.
Xuddi insonlarniki singari firmalar va davlat tashkilotlarining ham ehtiyojlari mavjud. Masalan, firmalar faoliyat ko'rsatishi uchun binolar, inshootlar, mashina va uskunalar, xomashyo hamda ishchi kuchiga ehtiyoj sezadi. Davlat esa mamlakat fuqarolarining jamoaviy manfaatlarini ifodalab kasalxonalar, maktablar, teatrlar, yo'llar, harbiy qurol-aslahalar va boshqa ijtimoiy ne'matlarga ehtiyoj sezadi.
Ayrim ehtiyojlar - masalan, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-joy insonlarning biologik ehtiyojlari tufayli, ayrimlari ularning mentaliteti, ya'ni yashash manzili, turmush tarzi, madaniyati, ijtimoiy statusi, urf-odatlari va qadriyatlari ta'sirida, ayrimlari esa texnik taraqqiyot va global rivojlanish ta'sirida vujudga keladi.
Biz moddiy ehtiyojlarimizni qondirish va farovon hayot kechirishimiz uchun oziq-ovqatlarga, kiyim-kechaklarga, turli xil tovarlar va xizmatlarga ehtiyoj sezamiz. Iqtisodiy ehtiyojlarni qondirish vositalari iqtisodiy ne'matlar deb ataladi. Ayrim ne'matlarni tabiat insoniyatga iste'molga tayyor holatda in'om etgan bo' lsa (masalan, suv, yovvoyi mevalar va hayvonlar), ayrimlarini ishlab chiqarish zarur bo' ladi.
Ba'zan bir xil ehtiyojni turli xil ne'matlar orqali qondirish mumkin. Masalan, go'sht mahsulotiga bo'lgan ehtiyojimizni mol go'shti, qo'y go'shti yoki parranda go'shti orqali qondirish mumkin. Bir xil ehtiyojni qondiruvchi turli ne'matlar o'rinbosar ne'matlar deb ataladi.
Ba'zan iqtisodiy ehtiyojlarni birgalikda qondiradigan ne'matlar guruhi ham mavjud bo'ladi. Masalan, avtomobilga bo'lgan ehtiyoj o'z navbatida benzin va garajlarga ehtiyojni yuzaga keltiradi. Ularni to'ldiruvchi ne'matlar deb ataymiz.
Bizning ehtiyojlarimizni qondirish uchun talab etiladigan aksariyat iqtisodiy ne'matlarni ishlab chiqarish zarur bo'ladi. Buning uchun esa ma'lum miqdordagi iqtisodiy resurslar, ya'ni yer, ishchi kuchi, tadbirkorlik qobiliyati, boshqaruv malakasi, kapital, xomashyo va materiallar, axborot talab etiladi.
2.. Iqtisodiy resurslar va ularning turlari
1) Uchastkalar.
Bu nom barcha turdagi birlashtiradi : tabiiy resurslardan minerallar, er maydoni, o'rmon, suv, o'simlik va hayvonot dunyosi, iqlimi va dam olish imkoniyatlari.
turli xil yo'llar bilan tabiiy, iqtisodiy resurslar, iqtisodiy faoliyatida ishtirok:
- ishlab chiqarish amaldagi doirasida bo'lib, ular ishlab chiqarish inshootlari joylashgan zudlik hududini qo'yish;
- manbalari sifatida mineral resurslar qazib olish sanoati sohasida ishlatiladi;
- sanoat faoliyati ob'ektlari qishloq xo'jaligi vakili sifatida.
Yer - bu foydalanuvchilar va davlat tomonidan himoya ehtiyot davolash kerak, shuning uchun u, cheklangan va deyarli almashtirib bo'lmaydigan manba hisoblanadi. Tufayli har yili olti milliondan ortiq gektar yopiq dunyoda qishloq xo'jaligi muomaladan er beparvolik bilan. Qishloq xo'jaligi uchun mos butun yurtni yo'qotib, ikki va bir yarim asr insoniyat xatarlar keyin bu stavka, At.
2) mehnat.
resurs Bu turdagi ishlab chiqarish (iqtisodiy) faoliyati bilan shug'ullanuvchi odamlarni o'z ichiga oladi. texnologik va avtomatlashtirish qaramay, ishlab chiqarish jarayonida mehnat o'rni kamaytirish emas. Buning sabablari, birinchidan, vazifalar murakkabligi ortib borayotgan talabni qondirish uchun zamonaviy ishlab chiqarish hal qilish. Ikkinchidan, ish, ko'proq va ko'proq aqlli bo'lishini ruhiy kuch ortib bormoqda. Misol uchun, atom energiyasi, havo transporti, boshqalar ham - Uchinchidan, ko'plab sohalarda yuqori xatarlar va majburiyatlari bor ish, lekin rivojlanishi ishchilar darajasini aks ettiradi, butun inson kapitali, balki faqat - odamlar muayyan texnik va tashkiliy bilim va ko'nikmalarini, madaniyat to'g'ridan-to'g'ri keluvchilar, va, chunki, endi ishga iqtisodiy resurslar deb qabul qilinadi.
3) Capital.
resurslardan bu turi uchun mavjud ishlab chiqarish vositalari (investitsiyalari va kreditlari shaklida foydalanish uchun ularni berib, banklar va shaxslarni boshqarish mablag'lari) (uskunalar, mashinalar, asbob-uskunalar, transport vositalari, binolar va inshootlar) va moliyaviy quvvatiga.
tadbirkorlikka qobiliyati.
Bu iqtisodiy resurslar alohida turkumidagi boshqa ajratilgan va qor ishini yo'lga qo'yish hamda samarali boshqarish uchun qobiliyati bor. Emas, balki har bir kishi, shuning uchun muvaffaqiyatli tadbirkorlar barcha manfaatdor shaxslar emas bo'lishga tadbirkorlik tabiiy qobiliyatini ega. Muvaffaqiyatli ish faoliyati, ishlab chiqarish texnologiyalari, ilm tashqari, shuningdek, xavf ishtahani, ishlab sezgi, ko'nikma va e'tiqodini o'z zimmasiga olmaydi.
5) ma'lumot.
axborot iqtisodiy resurslar ehtiyojlari, quvvatlari, ishlab chiqarish va boshqaruv texnologiyalari, narxlar va boshqalar bilim o'z ichiga oladi dunyoni egalik, ma'lumotlarni egalik: Bugungi jamiyatda to'liq quyidagi tamoyilini amalga oshirildi. Shuning uchun, bu axborot jamiyati deyiladi. Muhim bugun kompyuter texnologiyasidan, tarmoq ma'lumotlar saqlash va uzatish tizimiga ega.
3.. Iqtisodiyot nazariyasi fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab ko‘rinadi.
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar yashashlari, siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim bilan shug‘ullanishlari uchun hayotiy ne’matlarni iste’mol qilishlari, kiyinishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi, o‘zining kundalik hayotida bir qancha muammolarga, ya’ni hayotiy ehtiyojlari – kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlar uchun zarur bo‘lgan pul daromadlarini qaerdan, nima hisobiga topish kerak degan muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni yechish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.
4.. Ishlab chiqarish imkoniyatlarining cheklanganligi, ishlab chiqarish variantlaridan bittasi yoki bir nechtasini tanlab, qolganlaridan voz kechishni taqozo qiladi. Bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish ikkinchi biridan voz kechishni anglatadi. Optimal iqtisodiy tanlovga erishish uchun nafaqat bo'lg'usi xarajatlar, balki foydalanilmagan ishlab chiqarish imkoniyatlari ham e'tiborga olinishi lozim. Boshqa variantlardan voz kechish natijasida, biz ulardan olinishi mumkin bo'lgan foydadan ham voz kechamiz, ya'ni bu boy berilgan imkoniyatlar bo'lib, muqobil (alternativ) xarajatlar ni tashkil etadi.
Muqobil xarajatlar - iqtisodiy tanlovda resurslardan samarali foydalanish bilan bog'liq eng yaxshi alternativ variantdan voz kechish natijasida boy berilgan imkoniyatlarni (olinadigan foydani) aks ettiruvchi xarajatlardir.
Muqobil xarajatlar yordamida noyob resurslardan foydalanish yo'nalishlari boyicha eng yaxshi (optimal) taqsimlash masalasi, ya'ni muayyan variantda resurslarni sarflashdan olinadigan foyda va xarajatlarni boshqa variantlar boyicha olinadigan foyda va xarajatlar bilan solishtirish orqali yechiladi (ya'ni muqobil xarajatlarni bir-biri bilan solishtirish orqali).
5.. Har bir jamiyat, firma yoki tadbirkor cheklangan iqtisodiy resurslarga ega va bu holat ularning ishlab chiqarish imkoniyatlarini doimiy ravishda cheklab turadi. Ishlab chiqarish imkoniyatlari jamiyat yoki firmaning muayyan teхnologik rivojlanish bosqichida mavjud resurslardan toliq va samarali foydalanib maksimal hajmda tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarish imkoniyatlarini aks ettiradi.
Resrslarning cheklanganligi mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham cheklab turadi. Shunday ekan jamiyat va firmalar mavjud resurs zaxiralarini qanday tovarlar va xizmatlar ishlab chiqarishga yonaltirish xususida tanlov qilishga majbur boladi. Tahlilni soddalashtirish uchun firma faqat ikki xil mahsulot, masalan televizor va muzlatkich ishlab chiqaradi deb faraz qilaylik. Firma 100 mln. dollar kapitalga ega. Tabiiyki firma resurslar cheklanganligi sharoitida bir vaqtning ozida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini ham oshirishga erisha olmaydi. Firma oldida ishlab chiqarish hajmi xususida qaror qabul qilishning 5 xil varianti mavjud deylik (2.1-jadval).
Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari jadvali
Mahsulot turlari
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Tеlеvizor
|
100 000
|
75 000
|
50 000
|
25 000
|
0
|
Muzlatkich
|
0
|
18 000
|
28 000
|
34 000
|
40 000
|
Manba: shartli raqamlar
Yuqoridagi jadvalda keltirilgan ma lumotlardan korinib turibdiki, birinchi variantda firma barcha resurslarini televizor, beshinchi variantda esa muzlatkich ishlab chiqarishga yonaltirishi mumkin. Bunda ikkinchi xil mahsulot ishlab chiqarish hajmi nolga teng boladi. Birinchi variantda beshinchi variantga borgan sari televizor ishlab chiqarish hajmi qisqarib, muzlatkich ishlab chiqarish hajmi oshib boradi. Firma cheklangan resurslaridan kelib chiqqan holda televizor yoki muzlatkich ishlab chiqarishning besh xil varianti ichidan bittasini tanlashga majbur. Masalan, ikkinchi variantda 75 000 telivizor va 18 000 muzlatkich ishlab chiqarish imkoni bo'lsa, to'rtinchi variantda 25 000 televizor va 34 000 muzlatkich ishlab chiqarish mumkin.
Mazkur ma'lumotlarni grafik ko'rinishida tasvirlasak firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i hosil bo'ladi
Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i
Firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'i ustidagi har bir nuqta (А, B, C, D va E) firmaning mavjud resurslari doirasida maksimal ishlab chiqarishi mumkin bo'lgan mahsulot hajmini ko'rsatadi. Agar ishlab chiqarish hajmi F nuqta ustida bo'lsa, demak firma mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlaridan to'liq foydalanmayapti yoki resurslardan samarasiz foydalanyapti. Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizig'idan tashqari yotgan K nuqta firmaning hozirgi resurs salohiyati darajasidan tashqarida yotganligi bois unga erishish imkoni yo'q. Ammo kelgusida firmaning resurs salohiyati oshganda unga erishish mumkin bo'ladi.
7.. Aktivlarni taqsimlash usulida har bir depozit turi bo‘yicha alohida rezervlarni tashkil qilish nazarda tutiladi. Ushbu usulning eng asosiy afzalligi Shundaki, ushbu usulni qo‘llashda likvid aktivlarning kamayishiga olib keladi.
Bu esa, foyda me’yorini oshiradi. Ushbu usul tarafdorlari ta’kidlashicha, foyda me’yorining oshishi aynan ortiqcha likvid mablag‘larini ishlatib yuborishligidan kelib chiqadi. Umuman olganda, Yuqoridagi ikki usul majburiy rezervlar likvidliligiga urg‘u beradi. Ikkala usul minimal likvidlik darajasiga tayanmasdan, o‘rtacha likvidlik darajasiga tayanadi. Bu esa ikkala usul uchun kamchilik hisoblanadi.
Aktivlarni boshqarishning uchinchi usuli – ilmiy boshqarish usuli. Ushbu usul orqali aktiv operatsiyalarini amalga oshirishda matematik model usullaridan foydalaniladi. Ilmiy boshqarish usuli uch xil savolga javob berishni nazarda tutadi: “muammoning mohiyati nimada?”, “muammo echimining variantlari qanday?”, “qaysi variant eng yaxshi hisoblanadi?”.
Bizning fikrimizcha, Yuqoridagi ta’kidlab o‘tilgan aktivlarni boshqarishning uch xil usuli an’anaviy usullar qatoriga kiradi. CHunki, bugungi kunda aktivlarni boshqarishda yangi axborot texnologiyalardan foydalanish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda, aktiv va passivlarni boshqarishda “GAP” tahlilidan keng foydalanish masalasidir. Aynan ushbu usul orqali jahonning nufuzli banklari o‘z aktivlari va passivlarini boshqaradi. Ushbu masalani AQSH tajribasi misolida biz bitiruv malakaviy ishimizning birinchi bobi yakunida o‘rganib chiqamiz.
Aktivlarni boshqarishni o‘rganishda bank aktivlari likvidliligi masalasini ko‘rib chiqish muhim hisoblanadi. CHunki likvidlik muammosi bitiruv malakaviy ish mavzuimizga bevosita bog‘langan.
Banklar samarali faoliyat yuritishi va ularning ishonchliligini ta’minlashga erishish uchun banklarning likvidliligi qay darajada ekanligini aniqlash juda muhimdir. Likvidlilik bank faoliyatini tafsiflaydigan asosiy sifat ko‘rsatkichlaridan biri bo‘lib, u bank tomonidan majburiyatlar o‘z vaqtida bajarilishi hamda aktivlar o‘sishini ta’minlash bilan birga, depozitlar va qarz mablag‘lari darajasini samara-li boshqarishni bildiradi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida banklar va ularning barqaror faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan uning biznesi qay darajada tashkil etilganiga bog‘liq.
Har bir xo‘jalik yurituvchi sub’ektning asosiy maqsadi daromad olishdir, Shu jumladan tijorat banklari ham o‘z faoliyatlari natijasida daromad olib boradi. Bugungi bozor iqtisodiyoti sharoitida banklar o‘z daromadlarini imkon darajasida oshirib borishga harakat qilmoqdalar. Lekin, daromadlilikka teskari proporsional bo‘lgan likvidlilik ko‘rsatkichi ham borki, u bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga barcha tijorat banklari amal qilishlari kerak. Likvidlilik tijorat banklarining moliyaviy holatini belgilovchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Likvidlilik muammosi tijorat banklari vujudga kelishi bilanoq paydo bo‘lgan. Ushbu muammolarning oldini olish bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida yanada dolzarblashadi, sababi, o‘tkazilayotgan islohotlarning samarasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bank tizimi barqarorligiga bog‘likdir.
8.. Resurslar, tovarlar (va xizmatlar), daromadlarning makroiqtisodiy
doiraviy aylanishi
Tovarlar aylanmasida iqtisodiyot ikki sektorga bo’linadi: uy xo’jaliklari va
firmalar. Uy xo’jaliklari o’z resurslarini (ishchi kuchi, kapital va erni) firmalarga
sotib daromad oladilar va bu daromadlarini firmalardan tovarlar va xizmatlar
11
olishga ishlatadilar. Firmalar o’zlarining tovar va xizmatlarini sotib undan tushgan
daromadni uy xo’jaliklaridan resurslarni sotib olishga ishlatadilar.
Quyida keltirilgan 1-chizmadan ko’rinib turibdiki, xaqiqatdan ham nima
iste’mol qilish kerak, demak, nima ishlab chiqarish kerak, degan masalani uy
xo’jaliklari hal qiladi. Uy xo’jaliklarining bunday qarori, firmalarning ishlab
chiqarish rejalarini tuzish uchun asos bo’lishi kerak. Firmalar, o’z navbatida,
noyob resurslardan foydalanish qarorlarini bir-biri bilan muvofiqlashtirishi lozim.
Nihoyat, uy xo’jaliklari iste’mol qilish uchun rejalashtirgan ne’matlarni olishlari
kerak, ya’ni ular iste’mol qilish bo’yicha qarorlarini bir-biri bilan moslashtirishi
kerak bo’ladi.
Bozor tizimida muvofiqlashtirish masalalarini ikkita bozor hal qiladi: ishlab
chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori.
Talab va taklif modeli tadbirkorlar sektori bilan uy xo’jaliklari sektori
o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tushuntirishga xizmat qiladi. Agar bu ikki sektor
tovarlar bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsa, talab va taklif
modeli tovar narxini va sotiladigan tovar hajmini aniqlaydi. Agar ular resurslar
bozorida oldi-sotdi bo’yicha o’zaro munosabatda bo’lsalar model sotiladigan
resurslar narxini va miqdorini aniqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |