O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI <> fanidan Mustaqil ish Mavzu:Iqlim o’garishi oqibatlari va ularga moslashuv yo’llari Bajardi:711-18 guruh talabasi Rashidov Anvar 1. Kirish 2.Asosiy qism 1.Iqlim o’zgarishining sabablari 2.Iqlimga moslashish 3.Xulosa 4.Foydalanilgan adabiyotlar
Reja:
KIRISH
Yer iqlimi quyosh, okeanlar, yer usti qoplami va biosferaning murakkab bir-biriga bo’lgan ta’siriga bog’liq. Ob-havo va iqlim uchun bosh harakat kuch bu quyoshdir. Yer usti qoplamining noteng isitilishi (ekvatorga yaqinlashish bilan isitilish kuchayadi) shamollar va okean oqimlarining asosiy sababidir.
2.Asosiy qism
1 .Iqlim o’zgarishining sabablari
Hozirga qadar yer iqlimi o’zgarishlari asosiy faktorlar ta’siri oqibatida tabiiy holda bo’lib o’tgan, bu faktorlar quyidagilardir: materik va okeanlarning kattaligi va ularning bir-biriga nisbatan bo’lgan joylashishining o’zgarishi, quyosh nur sochishining o’zgarishi, yer o’zgarishlari ko’p faktorlarning ta’siri natijasida sodir bo’lganligining ehtimoli bor. Atmosfera shaffofligi vulqondan lava otilib chiqish paytida keskin o’zgaradi. Atmosferaga aerosol tashlashlar yer usti qoplamining tez soyalanishi natijasida haroratning pasayishiga olib kelishi mumkin. Harorat o’zgarishi vulqon aktivligi o’zgarishi bilan ancha mos keladi, bu haqida kislotalarning muzda cho’kishi bo’yicha hulosa chiqarish mumkin. Sovuq tushgan davrda kislotalarning cho’kishi kuchayadi.
Atmosfera tarkibining o’zgarishi Yerning radiatsion balansiga qattiq ta’sir ko’rsatish imkoniga ega, bundan chiqdi, iqlim o’zgarishining sababi ham bo’la oladi. Bu ta’sirning asosiy mexanizmi issiqxona effektidir. Yerga yetib keladigan quyosh nurlanishining tahminan 30% atmosferaning ustki qatlamlaridan aks ettirilib, fazoga qaytib ketadi, lekin nurlanishning asosiy qismi atmosferadan o’tib yer yuzini isitadi. Isitilgan yer yuzi infraqizil nurlanishni tarqatadi. Atmosfera tarkibiga kichik miqdorda kiradigan ayrim gazlar (0,1%) infraqizil nurlanishni ushlab qolish qobiliyatiga ega. Bu gazlar issiqxona gazlari, hodisaning o’zi esa issiqxona effekti deb ataladi.
2.Iqlimga moslashish
Iqlimga moslashish, iqlimlashtirish — organizmlarning yangi hayot sharoitiga moslanishi va rivojlanishning barcha bosqichlarini oʻtab, yashovchan avlod berishi. I.m. deganda organizmning faqat boshqa iqlim sharoitiga emas, balki yangi biotsenozta moslashishi ham tushuniladi. I.m. 2 yoʻl bilan boradi: 1) organizmlarda moddalar almashinuvining oʻzgarishi, bun-day oʻzgarish (modifikatsiya) avlodga oʻtmaydi va organizmdagi reaksiya nor- masi bilan cheklanadi. Modifikatsiyada populyasiya yoki turning genetik strukturasi oʻzgarmaydi; 2) turning genetik strukturasi oʻzgarishi (haqiqiy I.m.). Turning genetik strukturasini belgilovchi va I.m.ga sababchi omil tabiiy tanlanishdir.
Organizmlar yangi hudud yoki joyga koʻchirilganda yoki yashash sharoiti oʻzgarganda (mas, oʻrmon daraxtlari kesilganda, choʻllarga suv chiqarilganda yoki botqoqlik quritilganda) I.m. yuz beradi. Bunday hollarda baʼzi organizmlar boshqa joyga oʻtadi yoki nobud boʻladi, boshqalari esa yangi sharoitga moslashadi, yaʼni iqlimlashadi. I.m. odamga ham xos. Odamlar ilgari oʻzlari yashagan joylaridan mutlaqo boshqa hududlarga koʻchib oʻtib, unga faol ravishda moslashadilar, yaʼni adaptatsiya yuz beradi. Oʻsimliklarda I.m. Yangi sharoitda normal rivojlanib, hayotchan nasl qoldiradigan oʻsimliklarni iqlimlashgan deb hisoblash mumkin. I.m.ga oid nazariya va amaliyotning rivojlanishida Ch. Darvin, I. V. Michurin va N. I. Vavilovparnit ilmiy asarlari muhim ahamiyatga ega.
Xulosa. Men bu Mustaqil ishni bajarish davomida Iqlim o’zgarishi bizni yashab turgan hayotimizda tubdan o’zgartirishi mumkinligini tushunub yetdim.Va shunday xulosaga keldimki biz bugundanoq tabiatga zarar yetkazishni bas qilishimiz lozim va bu orqali biz o’z baxtli hayotimizni asrab qolishimiz mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati:
Do'stlaringiz bilan baham: |