1-chizma
O’zbekistonda ipotekaviy kreditlash jarayoni10
Boshqa barcha hollarda bevosita sudning ko’chirib chikarish haqidagi hal kiluvchi qarorida sanitariya me’yorlariga javob beradigan va ko’chirib chikarilayotgan shaxs kuchib o’tishi kerak bo’lgan aholi punkti doirasidagi boshqa uy-joy binosi ko’rsatilishi kerakligini nazarda to’tish mumkin. (1-chizma).
Xaridor bilan sotuvchi va rieltorlik agentligi o’rtasidagi shartnomalar shartlarni batafsil bayon kilgan holda fakat yozma shaklda tuzilishi kerak. Garov egasining undiruvni garovga qo’yilgan uy-joy yoki kvartiraga karatishi va bu mol-mulkning sotilishi uy-joy yoki kvartirani sotib oluvchi tomonidan ushbu binoda birga yashaydigan garov beruvchi va uning oila a’zolarini ko’chirib chikarish uchun asos bula olmaydi, basharti bu uy-joy ular uchun doimiy yashashga yarokli birdan-bir bino bo’lsa.
Agar xususiylashtirilgan kvartira birinchi marta sotilayotgan bo’lsa, bunday kvartiralarda Davlat mulki kumitasidan ma’lumotnoma bo’lishi kerak.
O’tgan yillar mobaynida ba’zi fuqarolar mamlakatdan tashqariga chikib ketgan va uzlarining roziligi talab kilinishini bilmagan bo’lishlari mumkin. Birok, bunday rozilik hozir, ko’chmas mulkni olish-sotish chogida zarur bo’ladi.
Agar xususiylashtirilgan kvartira birinchi marta sotilayotgan bo’lsa, bunday kvartiralarda Davlat mulki qo’mitasidan ma’lumotnoma bo’lishi kerak.
Fuqarolarga kredit ajratish shartlari:
murojaat qilgan kunida 18 yoshga to’lgan, qishloq joyda yashaydigan, kreditga layoqatli fuqarolarga;
namunaviy loyiha bo’yicha uy-joy qiymatining 25% dan kam bo’lmagan miqdorda boshlang’ich badalini to’plagan fuqarolarga;
eng kam ish haqining 1000 barobarigacha, shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining 75 foizidan oshmagan miqdorda;
imtiyozli foiz stavkasida;
asosiy qarzni qaytarish bo’yicha 3 yil muddatga imtiyozli davr bilan;
15 yil muddatgacha kredit ajratiladi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab-quvvatlash to’g’risida» 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-son Farmonini bajarish yuzasidan, shuningdek mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko’rsatayotgan yosh oilalarga uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berish yo’li bilan ularning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida yosh oilalar uchun uy-joylar qurish O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 — 2021 yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo’yicha arzon uy-joylar qurish dasturi to’g’risida» 2016 yil 21 oktyabrdagi PQ-2639-son hamda «2017 — 2020 yillarda shaharlarda arzon ko’p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruktsiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to’g’risida» 2016 yil 22 noyabrdagi PQ-2660-son qarorlarida (keyingi o’rinlarda dasturlar deb ataladi) nazarda tutilgan tartibda va mablag’lar hisobidan amalga oshirilmoqda.
Vazirlar Mahkamasining 23.09.2017 yildagi 753-son «Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etayotgan yosh oilalarni uy-joy bilan ta’minlashda qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi qarori imzolandiIqtisodiy islohotlarni va Respublika hukumati qarorlarini hayotga tatbiq etuvchi O’zbekiston Milliy banki "Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi Davlat dasturiga muvofiq yosh oilalarga quyidagi maqsadlar uchun imtiyozli kreditlar bermoqda:
-yakka tartibdagi uy-joy yoki kvartirani qurish, sotib olish va rekonstruktsiya qilish uchun;
-shuningdek, O’zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlar, amalga oshiriladigan ishlar va xizmatlarni xarid qilish uchun.
O’zbekistonda ipoteka kredit tizimini rivojlantirish ushbu tamoyillarga tayanadi:
- milliy ipoteka kredit tizimini shakllantirish davomida halqaro tajribalar o’rganilib, respublikadagi makroiqtisodiy shart-sharoitlar va huquqiy baza e’tiborga olinishi lozim;
- garov evaziga qarz ajratishning qulayligini ta’minlash zarur. Bunda garov evaziga qarz ajratish siyosatda bozor munosabatlari asosida shakllantirilib, ko’shimcha dotatsiyalar talab ztmasligi, ushbu jarayonning barcha ishtirokchilari uchun birdek tushunarli bo’lishi lozim (shu jumladan, potentsial investorlar uchun ham);
- ipoteka kredit tizimi respublika fuqarolarining, tijorat banklari qarz beruvchilar, investorlarning jalb qilingan mablag’lari asosida rivojlanishi shart; mazkur tizim uz faoliyatining dastlabki qismidagina davlat byudjeti mablag’laridan foydalanishi mumkin bo’ladi;
-ipoteka kredit tizimi tashkiliy jihatdan respublikamizning har qanday hududida barpo etilishi mumkin bo’lishi lozim.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining shu yil 18 maydagi "Yosh oilalarni moddiy va ma’naviy qo’llab-kuvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi Farmoniga asosan yosh oilalarga ipoteka va iste’mol kreditlari ajratish yuli bilan uy-joy sotib olish yoki qurish, uy xo’jaligini yulga qo’yishda ularni xar tomonlama qo’llab-kuvvatlashga katta e’tibor karatildi. Ushbu Farmonni bajarish bo’yicha tijorat banklari tomonidan yosh oilalarga imtiyozli ipoteka kreditlari ajratilishi yulga qo’yildi.
Shuni ham ta’kidlash joizki, mazkur Farmonda tadbik etiladigan yosh oila toifasiga, xar biri 30 yoshdan oshmagan, birinchi marta rasmiy nikoxdan utgan yoshlar kiradi.
Shuningdek, xizmat ko’rsatish sohalarini, qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi va uy-joy qurilishi bilan shug’ullanuvchi korxonalarning, qolaversa, moliyaviy institutlarning ham rivojlanishiga olib keladi.Ammo bugungi kun tajribasi shundan darak beradiki ipoteka kreditlarini chegarasiz berish nafaqat tijorat banklarini balki, boshqa moliyaviy institutlarni ham inqirozga olib kelishi mumkin.
Aholi tomonidan kredit olish sxemasi:
Qishloq qurilish invest injiniring kompaniyasining tegishli filialiga murojaat qilib, namunaviy loyihani tanlaydi va dastlabki shartnoma tuzadi.
Loyiha qiymatining kamida 25% miqdoridagi mablag’ni omonatga qo’yib, kredit olish uchun tegishli hujjatlarni bankka taqdim qiladi.
Dastlabki badal qo’yilgach va bank tomonidan kredit ajratishga ijobiy xulosa berilgandan so’ng Qishloq qurilish invest injiniring kompaniyasi xududiy filiali bilan uy-joy qurilishi uchun asosiy shartnoma imzolanadi.
Qishloq qurilish invest injiniring kompaniyasi bilan tuzilgan shartnoma asosida qurilish bosqichma bosqich moliyalashtiriladi. Bunda avval 25 foiz avans to’lovlari, ular moliyalashtirilgandan so’ng kredit, so’ngra yakuniy to’lov summalari yo’naltiriladi.
Ob’ekt davlat qabul qilish komissiyasi tomonidan qabul qilinadi va uy-joy egasiga topshiriladi.
Kredit muassasasi bilan hamkorlik qiladigan rieltorlik agentligining vazifalari sirasiga ham qarz oluvchining hohish-istaklariga muvofiq, ham bank talablariga muvofiq kvartira yoki boshqa uy-joyni izlash, shuningdek zarur hujjatlarni to’plash kiradi. Rieltor turar joy ob’ekti bo’yicha hujjatlarni bank kredit bulimining xodimiga takdim etadi, bitim parametrlarini (rejalashtirilayotgan notariat sanalarini, ruyxatga olish Hisobidan chikarishni, hisob-kitob qilish tartibi va xokazolarni) aniqlashtiradi.
Respublikamizda ipoteka krediti berish yosh oilalarga uy-joy qurish va rekonstruktsiya qilishga beriladigan iste’mol krediti O’zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va ularning iste’molchilik extiyojlarini qondirishga mo’ljallangan tovarlar, ishlar va xizmatlarni sotib olish uchun jismoniy shaxslarga beriladigan kreditdir.
Iste’mol krediti qarz oluvchi tomonidan, butun kreditlash davrida bankdagi garov depozitiga pul mablag’larini garov ta’minoti sifatida omonatga qo’yish sharti bilan, sotib olinadigan tovar (ishlar, xizmatlar)ning to’liq qiymati miqdorida beriladi.
Kreditning maksimal summasi - eng kam ish haqining 500 miqdoridan oshmaydi; Kreditlash muddati - uzog’i bilan 3 yil; Foiz stavkasi - yiliga 14% dan 17% gacha (yosh oilalarga 11%dan 14 %gacha).
Kredit ta’minoti bo’lib uchinchi shaxslar kafolati, mulk (shu jumladan kredit hisobidan xarid qilinadigan mulk) garovi hamda pul mablag’larini olish huquqlari garovi va qonunlarda ko’zda tutilgan boshqa usullar hisoblanadi.
Yosh oilalar (har birining yoshi ZOdan oshmagan, birinchi marotaba nikohdan o’tgan er-xotinlar) uchun iste’mol kreditlari bo’yicha olti oylik imtiyozli davr belgilangan bo’lib, bu davr mobaynida kredit bo’yicha asosiy qarzni so’ndirish muddati cho’ziladi.
Kredit olish uchun qarz oluvchi Bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) kredit berilishi to’g’risida ariza;
b) qarz oluvchining shaxsini va yashash joyini tasdiqlovchi pasport yoki boshqa hujjat;
v) qarz oluvchining daromadini belgilangan tartibda tasdiqlovchi ish joyidan ma’lumotnoma, yoxud qarz oluvchining ko’radigan daromadini yoki uning mavjud bo’lgan mablag’larini hujjatli ravishda tasdiqlovchi boshqa hujjat.
Yosh oilalarga beriladigan ipoteka uy-joy kreditlari - bu O’zbekiston Respublikasi fuqarolariga sotib olinadigan ko’chmas mulkni garovga qo’yish sharti bilan beriladigan kreditlardir. Ipoteka kreditlari quyidagi maqsadlarda beriladi:
-Turar joy binosini yoki ko’p qavatli binodagi kvartirani sotib olishuchun;
-Turar joy binosi qurilishi uchun;
-Turar joy binosini rekonstruktsiya qilishuchun.
Ipoteka kreditining maksimal miqdori yakka tartibdagi turar joy binosini rekonstruktsiya qilish yoki ko’p qavatli uyda kvartira sotib olish uchun eng kam ish haqining ko’pi bilan 2500 baravari miqdorida;
- yakka tartibdagi uy-joyni qurish va sotib olish uchun
- eng kam ishhaqining, ko’pibilan, 3000 baravari miqdorida belgilangan.
Kredit yosh oila toifasidagi qarz oluvchilarga 15 yilgacha va qolgan toifadagi qarz oluvchilarga 10 yilgacha muddatga beriladi.
Foiz stavkasi yiliga 8% dan 18% gacha (yosh oilalarga 9%dan 14%gacha). Kredit sotib olinayotgan (qurilayottan, rekonstruktsiya qilinayotgan) uy-joyning oldi-sotti shartnomasi (qurilish yoki rekonstruktsiya smeta qiymati) bilan belgilangan qiymatidan ko’pi bilan 75% miqdorida beriladi.
Qarz oluvchi ipoteka kreditini olish uchun sotib olinayotgan uy-joy qiymatidan yoki qurilayotgan yoxud rekonstruktsiya qilinayotgan uy-joyning smeta qiymatidan kamida 25 foizi miqdorida o’z mablag’-lariga ega bo’lishi shart. Berilayotgan kreditning ta’minoti kredit summasi-ningkamida 125%ini tashkil etishi lozim.
Yosh oilalar uchun uch yillik imtiyozli davr belgilanadi. Uy-joy binosini (ko’p qavatli uydan kvartirani) sotib olishga kredit olish uchun qarz oluvchi quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |