2.O’zbekiston Respublikasida ipotekaviy kreditlash tartibi
Hozir O’zbekistonda aholiga ipoteka kreditlari berish sxemasini amaliyotga joriy etayotgan kredit tashkilotlarining soni kundan-kunga ko’payib bormokda. Odatda, uy-joyni tanlash uchun vaqt cheklangan bo’ladi. Shunday ekan, qarz oluvchi bank ipoteka krediti berish chogida k.anday talablarni qo’yishini oldindan aniqlab oladi. Umuman olganda, ipoteka krediti olish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni to’plash va rasmiylashtirishning to’rt bosqichini ajratib ko’rsatish mumkin.
Birinchi bosqich - bankka takdim etish uchun zarur bo’lgan hujjatlarni to’plash bosqichi bo’lib, bu hujjatlar: qarz oluvchining pasporti; jamg’arib boriladigan pensiya daftarchasi; oilasining tarkibi haqida, yashash joyidan ma’lumotnoma; barcha voyaga etgan va etmagan oila a’zolarining shaxsini tasdiqlaydigan hujjatlar; qarz oluvchining mehnat daftarchasi; hozirgi ish joyidan olingan mehnat kontrakti (ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan nusxasi); asosiy ish joyidan oxirgi 12 oyda olingan daromadlar va ushlab kolingan pullar miqdori haqidagi bank belgilagan shakldagi ma’lumotnoma; qo’shimcha daromadlar bo’lgan taqdirda - qarz oluvchining yashash joyi bo’yicha oxirgi bir yildagi daromad to’g’risida soliq organlari tomonidan tasdiqdangan deklaratsiya nusxasi (ish joyidan ma’lumotnoma bo’lmagan taqdirda); sotib olinayotgan uy-joyning bahosi to’g’risida mustaqil baholovchining hisobotidan iborat.
Ikkinchi bosqich-ariza to’ldirish, hujjatlarni kredit xodimlarining o’rganib chiqishi, kredit komissiyasining qaror qabul qilishi; ipoteka krediti olish uchun bank belgilagan shakldagi ariza; qarz oluvchini dastlabki tarzda malakalash bo’yicha bank belgilagan shakldagi, qarz oluvchi tomonidan imzolangan anketa; garovga qo’yilgan uy-joy bahosini bank bilan kelishish bosqichi.
Uchinchi bosqich - kredit shartnomasi tuzish, kvartirani rasmiylashtirish (kredit komissiyasi ijobiy qaror qabul kilgan taqdirda): sotuvchidan yoki kuruvchidan bank krediti hisobidan sotib olinayotgan va qarz oluvchi nomiga rasmiylashtirilgan uy-joyni olish-sotish shartnomasi; er (xotin)ning va boshqa voyaga etgan oila a’zolarining, shuningdek vasiylik va xomiylik organlarining voyaga etmagan oila a’zolarini kuzlab kredit hisobidan sotib olingan uy-joyni garovga qo’yishga, shuningdek, undirish uy-joyga karatilgan taqdirda, uy-joyni bushatib berishga notarial tasdiqlangan roziligi; bank muassasasida birlamchi omonat pul mavjudligini tasdiqlaydigan hujjatlar; sotib olinayotgan uy-joyni sugurtalash shartnomasi; qarz oluvchining xayotini va mehnat qobiliyatini cyg’yptalash shartnomasi; kredit hisobidan sotib olinayotgan uy-joyni garovga qo’yish (ipoteka) haqida davlat ruyxatidan o’tkazilganligini bildiruvchi belgi qo’yilgan shartnoma. To’rtinchi bosqich - pul mablag’larini sotuvchi hisobvaragiga o’tkazish va sotuvchining pulni olishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |