MUNDARIJA
KIRISh
|
3
|
1.
|
Iqtisodiyotda ipoteka kreditining ahamiyati va uning zarurligi
|
5
|
2.
|
O’zbekiston Respublikasida ipotekaviy kreditlash tartibi
|
10
|
3.
|
Tijorat banklarida ipoteka kreditini berish holati va uni monitoringi
|
22
|
4.
|
O’zbekiston Respublikasida ipoteka kreditlarini berishni takomillashtirish yo’llari
|
26
|
XULOSA
|
31
|
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
|
34
| Kirish.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimi bank kreditlaridan makbul tarzda foydalanish imkoniyatini yaratuvchi barqaror moliyaviy tizim sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Bunday moliyaviy tizimga ega mamlakatlar iqtisodiy xatarlarga bardoshli bo’lib, iqtisodiy taraqqiyotga oson va tezrok erishadilar.
So’nggi yillarda aholini har tomonlama shinam va qulay uy-joylar bilan ta’minlash, uy-joy massivlari atrofidagi infratuzilmalarni obod qilish yuzasidan olib borilayotgan ulkan ishlar odamlarning kayfiyati va dunyoqarashiga, ularning hayot sifatiga kuchli ta’sir ko’rsatmoqda.
Bu borada 2017 yilda tasdiqlangan va bajarilishga o’tilgan 2017 yil 7 fevraldagi “2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to’g’risida”gi farmoniga binoan 2017 — 2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi ishlab chiqililganini yaqqol misol deb aytish mumkin1.
Bugungi kunda mamlakatimizning urbanizatsiya darajasi 35,5 foizni tashkil etadi va hozirdan boshlab zarur choralar ko’rilmasa, ushbu ko’rsatkich yaqin kelajakda pasayishi mumkin….
Bu borada faqat poytaxt va viloyat markazlari bo’lgan shaharlarni emas, avvalo, hududlarda joylashgan shahar va posyolkalarni kompleks rivojlantirish e’tibor markazida turishi kerak.
Qishloq joylarda namunaviy uy-joylar qurish dasturlaridan bosqichma-bosqich shahar va posyolkalarda ko’p qavatli uylar qurishga o’tishimiz lozim. Muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi ham uy-joylarni qurish dasturlari bilan uzviy bog’liq holda rivojlanishi darkor2.
Lekin, shuni aloxida ta’kidlash lozimki, tijorat banklari tomonidan ipoteka kreditini tashkil qilish bo’yicha, ipoteka krediti bilan bog’liq operatsiyalarni boshqarishda zaif, nuksonli jihatlar, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko’rsatayotgan yosh oilalarni tanlashda, uy-joylarni taqsimlashning shaffofligini ta’minlashda xanuz talaygina o’z echimini kutayotgan muammolar borligini tasdiqlaydi.
So’nggi yillarda aholini har tomonlama shinam va qulay uy-joylar bilan ta’minlash, uy-joy massivlari atrofidagi infratuzilmalarni obod qilish yuzasidan olib borilayotgan ulkan ishlar odamlarning kayfiyati va dunyoqarashiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda.
Ishning maqsadi bo’lib O’zbekiston respublikasida ipoteka fondini tashkil qilish orqali respublikamizda ipotekaviy kreditlashni rivojlantirishdagi mavjud muammolarni aniklash va ularni hal etish yo’llari bo’yicha ayrim takliflar ishlab chiqish.
Do'stlaringiz bilan baham: |