Мавзу: ипотека фондлари: жахон амалиёти ва уни узбекистон шароитида кулланиши


-jadval Mamlakatda yosh oilalarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida berilayotgan imtiyozli ipoteka kreditlari



Download 246,5 Kb.
bet5/11
Sana17.07.2021
Hajmi246,5 Kb.
#121721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ипотека кредити. 25.02.19.

1-jadval

Mamlakatda yosh oilalarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash maqsadida berilayotgan imtiyozli ipoteka kreditlari11

Turar joyning turi va joylashuvi

Ipoteka krediti muddati

Dastlabki to’lov

Imtiyozli davr

Foizlar

Shaharlarda ko’p kvartirali arzon uy-joylar qurish va rekonstruktsiya qilish

20 yil (imtiyozli davr bilan birga)

kvartira qiymatining 25% i

3 yil

dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7% miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda MBning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida  

Qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo’yicha arzon uy-joylar qurish va rekonstruktsiya qilish

15 yil (imtiyozli davr bilan birga)

15% – ikki, uch qavatli ko’p kvartirali (2 va 3 xonali) uylar va 2, 3 xonali bir qavatli uylar uchun;   25% – ikki qavatli 4 xonali birlashtirilgan uylar uchun  

3 yil

dastlabki 5 yil mobaynida yillik 7% miqdoridagi foiz stavkasi bilan va keyingi davrda MBning qayta moliyalashtirish stavkasi miqdorida

-uy-joy binosi yoki kvartira oldi-sotdisi to’g’risidagi dastlabki shartnomani, unga ilova qilib uy-joy binosi yoki kvartiraga egalik qilish huquqini tasdiqlovchi hujjat;

- xususiyilashtirish dalolatnomasi, agar uy yoki kvartira oldin ham sotilgan bo’lsa, uning notariusda tasdiqlangan dalolatnomasi va oldi-sotdi shartnomasi, idoraga qarashli uy-joy egasining uy-joyni xususiylashtirishga ijozat berganligi to’g’risidagi hujjatning nusxasi;

-pul mablag’larining qarz oluvchi (birgalikda qarz oluvchi) nomiga ochilgan omonat qo’yilma hisobvarag’iga joylashtirilgani to’g’risidagi Bank ma’lumotnomasi;

-ariza beruvchining va u bilan birga yashovchi oila a’zolarining (agar ular qarzni birgalikda oladigan bo’lsalar) daromadlari to’g’risida doimiy ish joyidan oxirgi 12 oy uchun berilgan ma’lumotnoma;

-oila tarkibi to’g’risida turar joydan ma’lumotnoma;

-ariza beruvchi va birgalikda qarz oluvchining pasporti. Ularning balog’atga etgan va balog’atga etmagan barcha oila a’zolari shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar.

Mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko’rsatayotgan yosh oilalarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yanada yaxshilash maqsadida banklar quyidagi shartlarda uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari beradi:

Bundan tashqari, qaror yangi tartib joriy etilishini ko’zda tutadiki, unga muvofiq, mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib, alohida namuna ko’rsatayotgan yosh oilalar uchun ipoteka kreditlari bo’yicha quyidagi shakldagi to’lovlar nazarda tutilgan qo’shimcha imtiyozlar beriladi:

• ipoteka kreditlarini olgan yosh oilalarning kreditni to’lash muddati davomida keyinchalik uni qaytarish sharti bilan O’zbekiston yoshlar ittifoqi mablag’lari hisobidan uy-joy sotib olish uchun dastlabki badallarni to’lash;

• ipoteka krediti bo’yicha birinchi 5 yil nihoyasiga etgandan keyingi butun muddat uchun hisoblanadigan foizlarning O’zbekiston yoshlar ittifoqi mablag’lari hisobidan MBning qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida to’lash.

Shuni ta’kidlash kerakki, 2012 yildan boshlab mamlakatimizda namunaviy uy-joy qurilishiga Osiyo Taraqqiyot Banki jalb kilindi va shu munosabat bilan bir nechta normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Jumladan Osiyo Taraqqiyot Banki bilan hamkorlikda qishloq joylarda uy-joy qurilish ishlari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 11 yanvardagi PQ-1683-sonli "Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida "Qishloq joylarda uy-joy qurilishini rivojlantirish" loyihasini ko’p martalik transh bo’yicha moliyalashtirish dasturini amalga oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risida" gi qarori;

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 14 yanvardagi PQ-1687-sonli “2012 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylarni qurish dasturi to’g’risida”gi qarori; O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 4 yanvardagi PQ-1902-sonli “2013 yilda qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha individual uy-joy qurilishi bo’yicha dastur to’g’risida” gi qarori hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 15 noyabrdagi PQ-2068-sonli “Qishloq joylarda namunaviy loyihalar bo’yicha yakka tartibdagi uy-joylar qurilishining 2014 yil dasturi to’g’risida” gi qarorlari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshirilishi belgilab berildi.

Bugungi kunda ipoteka kreditlariga bo’lgan talabni o’rganish maqsadida respublika hududidagi viloyat markazi, tumanlar, kichik shaharlar va qishloq joylarida uy-joy qurilishiga ajratilgan va ajratilishi rejalashtirilayotgan er maydonlari hajmi hisoblangan. Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasidan respublika aholisi soni, mehnatga layoqatli va ish bilan band bo’lgan aholi hamda ularning uy-joyga bo’lgan ehtiyoji to’g’risidagi ma’lumotlar olinib, tahlil qilib chiqilgan.

Ipoteka kreditlari tijorat banklari tomonidan kelishilgan yakka tartibdagi va namunaviy loyixa asosida, qurilishning belgilangan normalari va koidalariga rioya kilib yakka tartibda uy-joy qurish va rekonstruktsiya qilish hamda yakka tartibdagi uy-joyni yoki ko’p kvartirali uydagi kvartirani sotib olish maqsadlari uchun beriladi.

O’zbekiston Respublikasida fuqarolarga ipoteka krediti murojaat qilgan kunida 18 yoshga to’lgan qishloq joyda yashaydigan kreditga layoqatli va namunaviy loyiha bo’yicha uy - joy qiymatining 25% dan kam bo’lmagan miqdorda boshlang’ich badalini to’plagan fuqarolarga eng kam ish haqining 1000 barobarigacha, shuningdek qurilayotgan uy-joy smeta qiymatining 75 foizidan oshmagan miqdorda imtiyozli foizli stavka bilan asosiy qarzni qaytarish bo’yicha bir yil muddatga imtiyozli davr bilan 15 yil muddatgacha ajratiladi. (Bugungi kunda eng kam ish haqi miqdori 96 105 so’mni tashkil qiladi). Bunga qo’shimcha ravishda aytib o’tish joizki bitta qishloq oilasiga bitta namunaviy uy-joyga kredit berilishi mumkin.

Bularga qo’shimcha qarz oluvchining ko’chmas mulki mavjudligi, ya’ni qimmatbaho mulki to’g’risidagi ma’lumotlar, depozit hisobvarag’idan ko’chirmalar taqdim etiladi. Bular hammasi qarz oluvchining to’lovga qanchalik layoqatliligini ko’rsatadi.

Ipoteka kreditlari asosan, uzoq muddatga mo’ljallangan. Avvalo, boshlang’ich badal mablag’ining miqdori sotib olinadigan uy-joy umumiy qiymatining kamida 30 foiziga muvofiq kelishi lozim. Kredit sotib olinadigan uy-joy qiymatining 70 foizi miqdorigacha beriladi. qarz oluvchi tomonidan boshlang’ich badalga kiritilgan pul mablag’lari miqdoridan kelib chiqib, kreditdan foydalanganlik uchun to’lovlar miqdorining belgilanishi quyidagicha bo’ladi.

Kreditdan foydalanganlik uchun foizlarni kamaytirish yoki oshirish, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasi yoki bankning foiz siyosati o’zgargan holda, yangi beriladigan kreditlar uchun foizlar tegishli ravishda qayta ko’rib chiqilishi mumkin.

Ma’lumki, avval berilgan kreditlar, ya’ni sertifikatli uylar vaqtinchalik egalik huquqi bilan berilgan va qachonki, uy egasi hamma qarzlardan qutulgandan so’nggina, u uy egasi nomiga to’liq rasmiylashtirilgan. Ipoteka kreditlarida esa egalik huquqi uy sotib olgan shaxs nomiga birdaniga beriladi va uy egasi 10 yil davomida sekin-asta qarzlardan qutulib boradi.

Tijorat banklari tomonidan ipoteka krediti berishni qo’llab-kuvvatlash jamg’armasi imtiyozli kredit liniyalari hisobidan beriladigan kredit miqdori yakka tartibda uy-joy qurilishi va sotib olish uchun eng kam oylik ish haqining 3000 baravarigacha bo’lsa, yakka tartibdagi kurilgan uy-joyni rekonstruktsiya qilish va kvartira sotib olish uchun eng kam oylik ish haqining 2500 baravarigacha bo’lgan summani tashkil etadi.

Hozirgi kunda ipoteka krediti olish uchun xar bir ariza beruvi kuriladigan, sotib olinadigan uy-joy qiymatining kamida 25 foizi miqdoridagi uz mablag’iga ega bo’lishi kerak. (2-jadval).




Download 246,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish