2. Lizing turlari
Lizing amaliyotida uning xilma-xil turlari mavjud bo`lib, ko`pgina hollarda uning quyidagi ikki turidan keng foydalaniladi:
Operativ lizing. Lizingning ushbu turi ijaraga berilayotgan texnika uskunalarining ijara muddati ularning xizmat kilish muddatiga qaraganda qisqa bo`lishi bilan tavsiflanadi. Mulk egasi tomonidan (lizing beruvchi) ijaraga berish maksadida sotib olingan zarur asbob-uskunalar hamda ularga ketgan sarf-harajatlar qisman qoplanadi.
Moliyaviy lizing. Ushbu lizing turi asosida tomonlar o`zaro imzolangan shartnomaga binoan, shartnoma muddati tugagandan so`ng ijarachi lizingga olingan uskunalarni koldik kiymati buyicha sotib olishi mumkin. Bu xolda lizingga berilgan mashina va uskunalarga egalik kilish huquqi bevosita ijarachiga utadi.
Operativ lizing kuyidagi o`ziga xos xususiyatlarga ega:
texnik uskunalar va jixozlarni ijaraga beruvchi lizing kompaniyasi xech mahal
―barcha sarf-harajatlarimni yakka-yu yagona mijozim evaziga koplayman‖ kabilida hisob-kitoblarga tayanmaslik;
ijaraga berilgan texnika, asbob-uskunalarning nosoz holga kelishi yoki yo`qolishi, shuningdek, tabiiy ofatlar, zilzila, yong`in va sel ketish oqibatida ko`riladigan moddiy zararlar, asosan lizing beruvchi kompaniya hisobiga qoplanishini nazarda tutish;
ijara muddati mavjud asbob-uskuna va jihozlarning jismonan butunlay ishdan chiqish muddatini qoplamasligi darajasida belgilamaslik;
kelishilgan muddat tugagandan so`ng, ijaraga olingan barcha uskunalar egasiga, ya‘ni lizing beruvchiga qaytarib beriladi.
Operativ lizingning renting va xayring kabi turlari ham mavjud. Renting deganda mulkni bir kundan to bir yilgacha bulgan kiska muddatga ijaraga berish nazarda tutilsa, xayring deganda esa mulkni 1 yildan 3 yilgacha muddatga ijaraga berish tushuniladi. Odatda, bu muddat o`rta muddat hisoblanadi.
Moliyaviy lizingda kelishilgan muddat tugagandan so`ng ijarachi tomonidan ijaraga olingan uskunalar kiymatini to`lashi muhim ahamiyat kasb etadi. Ijaraga
berilgan mashina va uskunalar, ularni ishlab chiqargan korxona tomonidan belgilangan iqtisodiy foydalanish muddati (amortizatsiya davri)ni o`tashi, shubhasiz, lizing kompaniyalari kutgan va oldindan belgilagan foydani keltiradi. Moliyaviy lizing ham o`z navbatida quyidagi turlarga bo`linadi:
ba‘zi xizmat turlarini qamrab oluvchi lizing;
leveridj-lizing;
―paketdagi‖ lizing.
Ba‘zi xizmat turlarini kamrab oluvchi lizingda lizing kompaniyasi ijaraga berilgan uskunalarni o`rnatish, sozlash, mutaxassislar tayyorlash kabi bir kator majburiyatlarni o`z zimmasiga oladi.
Leveridj-lizingda ijaraga berilayotgan uskuna va jihozlar narxining katta miqdori uchinchi tomondan, ya‘ni investordan qarzga olinadi.
―Paketdagi‖ lizingda mavjud ishlab chikarish inshootlari va binolar kreditga berilib, zarur bo`lgan mashina va uskunalar esa ijarachiga ijara shartnomasi asosida beriladi.
Lizing xizmati ob‘ektga egalik kilish manbalari nuqtai-nazaridan ikkiga: bevosita va qaytariladigan lizing turlariga bo`linadi.
Bevosita lizing. Bunda lizing kompaniyasi mijoz uchun uning buyurtmasi asosida mashina va uskunalarni ularni ishlab chiqarayotgan korxonalardan sotib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |