5. Lizing tO`lovlari summasini aniqlash
Lizing to`lovlari xajmini hisoblash lizingning turi, to`lov usuli va to`lov shakllari kabi omillarga qarab turli usullarda amalga oshirilishi mumkin. Maxsus adabiyotlarda lizing to`lovlarini hisoblashning bir qator usullari takdim etilgan108. MDH mamlakatlari moliyaviy soha mutaxassislari o`rtasida ma‘lum bo`lgan lizing to`lovlarini hisoblashning keng tarqalgan usullari bo`yicha Ye.N. Chekmareva va
L.N. Prilutskiylar takliflari diqqatga sazovordir. Xususan, Sh.U. Xaydarov, X.A. Ortikov va X.A. Tuxsanov hammuallifliklarida chop etilgan ―Lizing: tan olish, baholash va uning hisobi‖ kitobida Ye. Chekmareva o`zining ―Lizing biznesi‖ nomli asarida sobiq ittifoq tugatilgandan keyingi bozor munosabatlari sharoitida lizing to`lovlarini hisoblash uslubiyatini birinchilardan bo`lib 1993 yilda chop etgan. Ushbu uslubiyat lizing to`lovlarining umumiy so`mmasini hisoblashni amalga oshirish va ular to`lovi jadvalini tuzish uchun mo`ljallangan. Risolada, shuningdek, lizing to`lovlari amortizatsiya ajratmalari, foydalaniladigan zaxiralar uchun to`lov, komission to`lovlar va lizingga beruvchining qo`shimcha xizmatlari uchun to`lovlardan iborat bo`ladi109, deb ta‘kidlangan.
E. Chekmaryova tomonidan taklif etilgan ushbu uslubiyatni moliyaviy lizing bilan birgalikda tezkor lizing uchun ham qo`llash mumkin deb hisoblangan. Lizing muddati tugagandan keyin lizing mol-mulki qoldiq qiymati va moliyaviy lizing
107 Рынок лизинга по итогам 2018 года: новый рекорд. Аналитические материалы. Москва. 20 март 2019 год.
108 Шабашев В.А.. и др. Лизинг: основы теории и практики: учебное пособие. – 3-е изд., перераб. И доп. – М.: КНОРУС, 2007. – 191с., Джуха В.М. Лизинг. Серия «Учебники, учебные пособия». Рсотов н/Д: «Феникс», 1999.
– 320с.
109 Ҳайдаров Ш.У., Ортиқов Ҳ.А.,.Тухсанов Х.А. Лизинг: тан олиш, баҳолаш ва унинг ҳисоби. – Т.: ―NORMA‖ МЧЖ, 2006. – 248 б.
bitimi muddatdan oldin yopilishini hisoblashning o`ziga xos varianti keltirilgan. Moliyaviy lizing bitimi muddatdan oldin yopilishi so`mmasiga qo`yidagi 3 ta tarkibiy qism kiritilgan:
lizing kelishuvi bo`yicha lizing to`lovlarining barcha to`lanmagan so`mmasi;
lizing muddati tugaydigan paytdagi mol-mulkning qoldik qiymati;
lizing kelishuvining amal qilishi tugagandan paytdan boshlab to mol-mulk to`liq amortizatsiyalanguncha qadar davr bo`yicha mol-mulkning o`rtacha yillik qiymati tarzida hisoblangan neustoykaning foizlarda ifodalangan kredit zaxiralaridan foydalanganligi uchun stavka so`mmasiga va komission haqi stavka so`mmasiga ko`paytirilganligi.
So`nggi yildagi Ye.Chekmarevaning uslubiyati o`z dolzarbligini birmuncha yo`qotganligining sababi u ijaraga oluvchi va lizing kompaniyasi o`rtasidagi o`zaro bozor munosabatlarini aks ettirmaydi. Boshqacha aytganda, Ye. Chekmareva uslubiyatida ijaraga oluvchining manfaatlari inobatga olinmaydi. Uslubiyat faqatgina lizingni tashkil etish va o`tkazish bo`yicha lizing kompaniyasining harajatlarini jamlash va uning ustama haqi (marja)ni nazarda tutadi. Lizing to`lovlari tarkibiga lizing beruvchi tomonidan lizing shartnomasi shartlariga muvofiq, lizing ob‘ektini sug`urtalashga to`langan sug`urta to`lovlari ham kiritilishi yoki uni quyidagi formula bilan izohlash mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |