Mavzu: investitsiyalarni moliyalashtirishning lizing mexanizmi


Lizing munosabatlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi



Download 0,95 Mb.
bet4/21
Sana23.05.2023
Hajmi0,95 Mb.
#942885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
3-мавзу-1

3. Lizing munosabatlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi


Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida lizing xizmati korxonalarning ishlab chiqarish quvvatini modernizatsiya qilish, xususiy tadbirkorlikni kengaytirish va buning natijasida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga investitsiya kiritishning samarali mexanizmi sifatida tobora rivojlanib bormoqda. O`zbekiston Respublikasining ―Lizing to`g`risida‖gi qonuniga asosan iste‘mol qilinmaydigan, tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan har qanday ashyolar lizing ob‘ekti bo`lishi mumkin, yer uchastkalari va boshqa tabiat ob‘ektlari bundan mustasno. Kelajakda lizing oluvchiga lizing bo`yicha topshirish maqsadida mol-mulkni o`ziga mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb tan olinadi.
Egalik qilish va foydalanish uchun lizing ob‘ektini oladigan shaxs lizing oluvchi deb hisoblanadi. Lizing beruvchi lizing ob‘ektini kimdan olayotgan bo`lsa, shu shaxs sotuvchi deb e‘tirof etiladi. Lizing beruvchi mol-mulkni bo`lajak foydalanuvchidan sotib olgan taqdirda yoxud lizing beruvchi kelajakda mol-mulkni
sotuvchiga lizing bo`yicha topshirish uchun undan shu mol-mulkni sotib olish maqsadida uni mablag` bilan ta‘minlagan taqdirda bir shaxsning o`zi ham lizing oluvchi, ham sotuvchi bo`lishiga yo`l qo`yiladi.
Lizing xizmatlari yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan xo`jalik yurituvchi sub‘ektlarga lizingga beruvchilar tomonidan lizing mol-mulkini sotib olish uchun moliyalashtirilgan mablag`larning to`lanishi muddatliligi ta‘minlanganligi va qaytarilishi shartlarida taqdim etiladi.
Lizingda taraflar roziligiga ko`ra qonunlarda belgilangan me‘yorlarda lizing ob‘ektini jadal amortizatsiya qilinishini qo`llashga ruhsat etiladi. Lizing shartnomasiga bog`liq ravishda sarflangan mablag`lar qaytarilishining kafolati sifatida lizingga oluvchidan garov ta‘minoti, bank kafolati yoki uchinchi shaxs kafilligi ko`rinishidagi ta‘minlash berilishini hamda kafilning moliyaviy ahvoli to`g`risidagi moliyaviy hujjatlarni ham taqdim etilishi talab etiladi.
Lizingga oluvchi lizing buyicha olingan (olinayotgan) mol-mulkni yong`in, bo`ron, dovul, jala, portlash, ko`chki, tuprokni cho`kishi, yemirilishi, sel, yashin urishi, zilzila, yo`l-transport xodisalari, o`g`rilik, olib kochish, bosqinchilik, uchinchi shaxs tomonidan ataylab kilingan xatti-harakat natijasida shikastlanish va yo`qotish bilan bog`liq bo`lgan tarzdagi har kanday yetkazilishi mumkin bo`lgan zarardan lizingga beruvchi foydasiga sug`urtalashni amalga oshiradi va sug`urta polisini lizingga beruvchiga takdim etadi. Lizingni amalga oshirish quyidagi bosqichlarga bo`linadi:

  • mol-mulkni lizingga olish bo`yicha lizingga oluvchi tomonidan lizingga beruvchiga lizing obektining rusumi, soni va sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)sini qursatgan xolda buyurtma xat bilan murojaat qilinishi;

  • lizingga oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida uning tulov qobiliyatini o`rganilishi va lizingning butun muddati uchun lizing tulovlarining qoplanishi prognozini ko`rsatuvchi biznes-reja, loyihasini ekspertizadan o`tkazilishi hamda natijasi buyicha Ekspert xulosasining chiqarilishi;

  • chiqarilgan Ekspert hulosasining ko`rib chiqilishi va mol-mulkni lizingga berish, berishni rad etish masalasida yakuniy qaror qabul qilinishi;

  • Ekspert kengashi yig`lishida mol-mulkni lizingga berishni rad etish to`g`risida qaror qabul qilingan taqdirda, bu xaqda Buyurtma bergan xo`jalikka sababi qo`rsatilgan holda xabarnoma yuborilishi;

  • Eqspert kengashi yig`ilishida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, lizingga oluvchi va lizingga beruvchi o`rtasida lizing shartnomasini tuzilishi;

  • lizing ob‘ekti uchun lizingga beruvchi va sotuvchi o`rtasida oldi-sotdi shartnomasini tuzilishi;

  • lizingga oluvchi tomonidan lizing ob‘ektini sug`urtalashni amalga oshirilishi va sug`urta polisini lizingga beruvchiga taqdim etilishi;

  • lizingga oluvchi tomonidan lizingga beruvchiga ta‘minot (garov, bank qafolati yoki uchinchi shaxs qafilligi shartnomasi) taqdim etilishi;

  • lizing shartnomasida belgilangan miqdordagi avans to`lovlarini lizingga oluvchi tomonidan to`lab berilishi;

  • lizingga beruvchi tomonidan qarz (yoki qredit) mablag`larini shartnoma asosida lizing loyihasiga jalb etilishi;

  • oldi-sotdi va lizing shartnomalarida nazarda tutilgan muddatlarda, lizing ob‘ektini o`rnatilgan tartibda sotuvchidan lizingga beruvchiga va lizingga beruvchidan lizingga oluvchiga rasmiylashtirib berilishi;

  • lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizingga oluvchi tomonidan lizing ob‘ektini davlat ro`yxatidan o`tqazilishi hamda yagona nomer belgisi, texnik pasport va texnik talonni olinishi;

  • lizingga beruvchi va sotuvchi ortasida oldi-sotdi shartnomasi bo`yicha yaruniy hisob-kitoblarni amalga oshirilishi;

  • lizingga oluvchi tomonidan lizing shartnomasida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing to`lovlarini to`lanishi;

  • lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizingga beruvchi tomonidan lizingga oluvchining lizing ob‘ektidan qanday sharoitlarda va maqsadli foydalanilayotganligini texnik monitoringdan o`tkazilishi;

  • lizingga oluvchi tomonidan barcha lizing to`lovlari (va lizingga beruvchining lizing shartnomasi bo`yicha qilgan harajatlari)ni to`liq to`lab lizing ob‘ektini sotib

olinishi va lizing ob‘ektiga bo`lgan mulq xuquqining tomonlar o`rtasida rasmiypashtirilgan ―Dalolatnoma‖ asosida lizingga beruvchidan lizingga oluvchiga o`tishi.
Taraflar o`rtasida lizing shartnomasi tuzilgandan so`ng, lizingga oluvchi tomonidan sug`urta tashkiloti bilan lizingga olinayotgan ob‘ektni sug`urtalash bo`yicha sug`urta shartnomasi tuzilib, ichida lizingni butun muddati uchun lizing shartnomasida belgilangan muddatda (masalan, 10 kunlik) sug`urta polisi olib lizingga beruvchiga takdim etiladi. Lizingga beruvchi tomonidan sotuvchidan lizing ob‘ekti mulk kilib sotib olinadi va lizing shartnomasida belgilangan shartlarda haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizingga oluvchiga o`rnatilgan tartibda rasmiylashtirilib berilganidan keyin lizing operatsiyasi amalga oshirilgan hisoblanadi.
Lizingga beruvchi tomonidan har bir lizingga oluvchi nomiga alohida hujjatlar yig`ma jildi tuziladi va unda lizingga oluvchining quyidagi hujjatlari jamlanadi:

  • Lizingga oluvchining Buyurtma xati;

  • Yuridik shaxsning davlat statistika organlaridan ruyxatdan o`tganligi haqidagi guvohnomasi nusxasi;

  • Oxirigi hisobot sanasiga hududiy soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan buxgalteriya balansi (balansdagi 2-shakl, byudjetga to`lovlar, debitorlik va kreditorlik qarzlari haqidagi ma‘lumotnoma bilan birga);

  • Lizingning butun muddati uchun lizing to`lovlarining koplanishi prognozini ko`rsatuvchi Biznes-reja;

  • Lizingga oluvchining ''Biznes rejasi"da bankdan olingan maksadli kreditlardan lizing to`lovlarini to`lash uchun yo`naltirilishi mumkinligni nazarda tutilgan bo`limi (beti)dan ko`chirma (lizingga oluvchining imzosi va muxri bilan tasdiklangan xolda). Lizingga beruvchi lizingga oluvchining lizing ob‘ektidan kanday sharoitlarda foydalanayotganligini va uni belgilangan maqsadga muvofiq ishlatayotganligini lizing shartnomasi shartlariga hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiq nazorat qilishga haqlidir. Nazorat sifatida lizing ob‘ekti, lizingga beruvchining vakolatli vakili yoki lizingga beruvchi tomonidan berilgan vakolatli shaxslar tomonidan texnik

monitoringdan o`tkaziladi. Texnik monitoring davomida quyidagilar aniqlanadi:

    • lizing ob‘ektining texnik holati (butligi, sozligi) va lizingga oluvchi tomonidan lizingga beruvchining ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berib yuborilmaganligi;

    • lizingga oluvchining lizing ob‘ektidan uning o`z belgilangan vazifasiga va ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilab qo`yilgan texnik talablar me‘yorlari doirasida foydalanilayotganligi;

    • belgilangan muddatlarda lizing ob‘ektiga texnik servis xizmatlari yoki kapital ta‘mirlash amalga oshirilayotganligi;

    • lizing ob‘ektining konstruksiyasiga vakolatli organ yoki lizingga beruvchining ruxsatisiz texnik o`zgartirishlar kiritilmaganligi;

    • lizing ob‘ektidan jadal yemirilishga olib keladigan darajada foydalanilmayotganligi;

    • lizing ob‘ektidan moto-hisoblagichni ataylab buzgan holda foydalanilmayotganligi;

    • lizing ob‘ektini davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi va yagona nomer belgisini olinganligi, agar ushbu rusumdagi texnikalar uchun ro`yxatdan o`tkazish va yagona nomer belgisini olish amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan bo`lsa;

    • lizing ob‘ektiga texnik servis xizmatlarini ko`rsatilishi bo`yicha respublika qishloq xo`jaligi mashinasozligi zavodlarining hududiy (yoki boshqa ta‘mirlash) korxonalari bilan tegishlicha shartnomalarning tuzilganligi, agar ularni tuzish shartligi lizing shartnomasida nazarda tutilgan bo`lsa;

    • lizing ob‘ektini o`rnatilgan talablar darajasida saqlanayotganligi, agar u saqlovga qo`yilgan bo`lsa;

    • lizingga oluvchi tomonidan lizing ob‘ektini tegishlicha boshqarish huquqini beruvchi guvohnomaga ega bo`lgan shaxsga boshqaruvga berilganligi;

    • lizingga oluvchi tomonidan lizing ob‘ekti uchun lizing shartnomasida belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing to`lovlarining to`lanayotganligi.

Lizing shartnomasida taraflarning kelishuviga muvofik texnik monitoring predmetining boshka yunalishlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Lizing to`lovlarining summasi lizingga beruvchining lizing ob‘ektini sotib olish uchun qilgan harajatlarining hammasi, lizingga beruvchining daromadi, shuningdek, agar lizing shartnomasida nazarda tutilgan bo`lsa, lizing ob‘ektini yetkazib berish, belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish, ro`yxatdan o`tkazish, texnik servis ko`rsatish, ta‘mirlash bilan bog`liq bo`lgan lizingga beruvchining boshqa harajatlaridan iborat bo`ladi.
Lizing to`lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va bo`lib-bo`lib to`lanadi. Lizing to`lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing shartnomasi bilan belgilanadi. Lizing to`lovlari lizingga oluvchi tomonidan lizing shartnomasida ko`rsatilgan to`lov jadvali asosida to`lanadi. To`lov jadvali lizing shartnomasining ajralmas tarkibiy qismi bo`lib hisoblanadi. Lizing to`lovlari lizingga oluvchining o`z xohishiga qarab, to`liq yoki qisman shartnomada belgilangan muddatlardan oldin ham to`lanishi mumkin. Lizing to`lovi pul o`tkazish yo`li bilan amalga oshirilganda lizingga oluvchi lizing to`lovini amortizatsiya ajratmalari, foizlar, komission va qo`shimcha to`lovlarga alohida ajratib ko`rsatish orqali aniqlashtirib beradi.
Lizingga oluvchi tomonidan lizing shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar barcha lizing to`lovlari lizingga beruvchining lizing shartnomasi muddati tugagunga qadar qolgan davrda oladigan daromadi chegirib tashlangan holda to`langan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo`lmasa, lizing ob‘ektiga bo`lgan mulk huquqi lizingga oluvchiga o`tadi. Shunday qilib, lizing O`zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning muhim moliyaviy vositasi hisoblanar ekan, uning ko`magida korxonalarning, ayniqsa kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarining investitsiya imkoniyatlari ancha kengayadi va yangi sifat pog`onasiga ko`tariladi. Amaldagi lizing sohasiga oid qonunchilikda, buxgalteriya hisobotlari, bojxona tadbirlari va me‘yoriy hujjatlarda ba‘zi noaniqlik va ziddiyatlar mavjudligiga qaramay, lizing munosabatlarining rivojlanish dinamikasida ijobiy tendensiyalar kuzatilmoqda.

Download 0,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish