Mavzu: Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning xorij tajribalari


-jadval Investitsiya loyihalarining moliyalashtirish manbalari tarkibi8



Download 158,26 Kb.
bet8/10
Sana14.06.2022
Hajmi158,26 Kb.
#669758
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BMI Ashurova Dilobar

2-jadval Investitsiya loyihalarining moliyalashtirish manbalari tarkibi8

Yuqorida ko’rib o’tgan belgilar tasnifi bo’yicha turkumlangan investilarni moliyalashtirish manbalarini amaliy holatini tahlil qilib, investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishda ishtiroki yuqori bo’lishi mumkin bo’lgan manba va maliyalashtirish qatnashuvchisini baholashimiz mumkin.


O’ylaymanki, investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari tarkibiy tuzilishini o’zgartirishning bosh yo’nalishi byudjet mablag’larini bu faoliyatga jalb etishning kamaytirilishi va korxonalarning o’z mablag’lari, xususiy investitsiyalar va qarzga olingan mablag’lar ulushining ortishidir.



    1. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishning huquqiy asoslari

Mamlakatmizda investitsiyalarni boshqarish, nazorat qilish, moliyalashtrish va jalb qilish O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosatida aks etadi. O’zbekiston Respublikasida investitsiyalarini moliyalashtirishni tartibga solish 2020- yil 27 yanvarda qabul qilingan “Investitsiyalar va investitsiyalar faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni yordamida davlat tomonidan tartibga solinadi. Qonun 12 ta bob, 69 moddadan tashkil topgan. Ushbu qonun Investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining investitsiyalar va investitsiya faoliyati to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. “Investitsiyalar va investitsiyalar faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining maqsadi chet ellik hamda mahalliy investorlar tomonidan amalga oshiriladigan investitsiyalar va investitsiya faoliyati sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Ushbu Qonun markazlashtirilgan investitsiyalar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solmaydi. Konsessiya faoliyati, mahsulot taqsimotiga oid bitimlar tuzish, ularni bajarish va bekor qilish, investitsiya, pay va venchur fondlari, kapital bozorini, shu jumladan qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish, davlat-xususiy sheriklik, maxsus iqtisodiy zonalar sohasidagi huquqiy munosabatlar alohida qonunlar bilan tartibga solinadi.
O'zbekistonda olib borilayotgan investitsiya siyosatining natijasi mamlakaldagi investitsiya faoliyatining rivojlanish holati bilan belgilanadi. Investitsiya siyosati — O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida va uning alohida tarmoqlarida investitsiyalarning zarur darajasini va tuzilmasini ta’minlashga, investitsiya faoliyati subyektlarining investitsiya manbalarini topishga va ulardan foydalanishning ustuvor tarmoqlarini aniqlashga yo‘naltirilgan investitsiyaviy faolligini oshirishga doir o‘zaro bog‘liq tadbirlar majmui. Hozirgi kunda mamlakatimiz iqtisodiyotiga chet el investitsiyalarini jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmiarini joriy etish va investitsion muhitni yanada yaxshilash iqtisodiy rivojlanish sohasidagi eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish, mana shu asosda mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari orasida yetakchi hisoblanadi.
Sohaning muhim me’yoriy hujjatlari:

  • «Chet ellik investorlаr huquqlаrining kаfolаtlаri vа ulаrni himoya qilish chorаlаri to`g`risidа» O`zbekiston Respublikаsining Qonuni

  • «Erkin iqtisodiy zonаlаr to`g`risidа» O`zbekiston Respublikаsining Qonuni

  • “Xorijiy investorlаr vа xorijiy investitsiyalаr ishtirokidаgi korxonаlаr tomonidаn o`z ishlаb chiqаrish ehtiyojlаri uchun olib kelinаyotgаn mol-mulkni аniqlаsh tаrtibi to`g`risidа” Nizom

Qabul qilinayotgan sohaga oid hujjatlar quyidagilarni ham o’z ichiga oladi:
- yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirishga to’g’ridan-to’g’ri qo‘yilmalar kiritayotgan xorijiy investorlar uchun maksimal darajada qulay investitsiya muhitini yaratish;
- ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash bo’yicha loyihalarni amalga oshirish uchun xorijiy investitsiyalar jalb etilishini rag’batlantirish;
- xorijiy investorlar bilan ishlashdagi turli byurokratik g’ovlar va to’siqlarni bartaraf etish;
- xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar faoliyatiga davlat va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarga yo’l qo’ymaslik.
Chet ellik investorlar O‘zbekiston Respublikasi hududida investitsiyalarni quyidagi yo‘llar bilan amalga oshirishlari mumkin:
- O‘zbekiston Respublikasining yuridik va (yoki) jismoniy shaxslari bilan birgalikda tashkil etilgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarning ustav jamg‘armalarida va boshqa mol-mulkida ulush qo‘shib qatnashish;
- chet ellik investorlarga to‘liq qarashli bo‘lgan xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarini, banklar, sug‘urta tashkilotlari va boshqa korxonalarni barpo etish va rivojlantirish;
- mol-mulk, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish;
- intellektual mulkka, shu jumladan mualliflik huquqlari, patentlar, tovar belgilari, foydali modellar, sanoat namunalari, firma nomlari va nou-xauga, shuningdek ishchanlik nufuziga (gudvillga) huquqlar kiritish;
- konsessiyalar, shu jumladan tabiiy resurslarni qidirish, ishlab chiqish, qazib olish yoki ulardan foydalanishga bo‘lgan konsessiyalar olish;
- savdo va xizmat ko‘rsatish sohalari ob’ektlariga, turar joy binolariga ular joylashgan yer uchastkalari bilan birgalikda mulk huquqini, shuningdek yerga egalik qilish va undan foydalanish (shu jumladan ijara asosida foydalanish) hamda tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqlarini sotib olish;
- mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq yer qa’ri uchastkalarida konlarni aniqlash, qidirish hamda foydali qazilmalarni kavlab olish huquqini olish orqali.
Bugungi kunda salohiyatli xorijiy investorlar investitsiya kiritishning quyidagi turli shakllarini taklif qilmoqdalar:
- Hamkorlikda qo‘shma korxona tashkil etish;
- 100 % xorijiy kapital asosida korxona tashkil etish;
- Xususiylashtirilayotgan korxonalar aksiya paketlarini bir qismi yoki yarmini sotib olish.
Xorijiy investitsiya asosida tashkil etiladigan korxonalarga quyidagi shartlar qo‘yiladi:
- Ustav fondida eng kamida 150 ming AQSh dollariga teng mablag‘ning bo‘lishi;
- Korxona tashkilotchilaridan biri xorijiy yuridik shaxs bo‘lishi lozim;
- Korxona ustav fondidagi mablag‘ning eng kamida 30 %i xorijiy investitsiya ulushi bo‘lishi lozim. 9
Bundan tashqari, O’zbekiston investitsiya faoliyatini takomillashtirish uchun “Investitsiya siyosati strategiyasi” ishlab chiqilgan. “O‘zbekiston Respublikasining 2025 yilgacha investitsiya siyosati strategiyasi” O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi tomonidan xalqaro tajriba, respublika iqtisodiyoti, uning tarmoqlari va hududlari investitsiya jarayonlari rivojlanishidagi tendensiyalar va muammolar tahlili asosida tayyorlangan. 2025 yilgacha investitsiya siyosatining maqsadi iqtisodiyotning raqobatbardoshligi va muvozanatini oshirish, ishlab chiqarish va eksport salohiyatini rivojlantirish, hududlarni rivojlantirish va aholi farovonligini oshirish hisoblanadi.



  1. Download 158,26 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish