mavzu: investitsiya faoliyatida kapital qurilish – mavzu: Kapital qurilish va kapital qo‘yilmalar. Reja


 – mavzu: Xalqaro moliyaviy lizingning iqtisodiyotni



Download 3,81 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/148
Sana09.07.2021
Hajmi3,81 Mb.
#113868
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   148
Bog'liq
9.1-мавзу

15.2 – mavzu: Xalqaro moliyaviy lizingning iqtisodiyotni 
modernizatsiyalashdagi o‘rni 
Reja: 
       1.  Xalqaro  moliyaviy  lizingning  iqtisodiyotni  modernizatsiyalashdagi 
o‘rni 
       2.  Lizing to‘lovlari summasini aniqlash 
 
1.  Xalqaro moliyaviy lizingning iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi o‘rni 
Xalqaro lizing biznesi ichki lizingga nisbatan ancha kech rivojlana boshlagan. 
Xalqaro lizing operatsiyalrini rivojlanishiga quyidagi omillar ta’sir etgan: ko‘pchilik 
mamlakatlarda  kredit  olish  shartlarining  og‘irligi,  banklar  tomonidan  foiz 
stavkalarining  oshirilishi,  moliyaviy  inqirozlar,  ba’zi  mamlakatlar  soliq  tizimining 
beqarorligi  va  boshqalar.  Xalqaro  lizing  operatsiyalarini  amalga  oshirishdagi 
qiyinchiliklar  shundan  iboratki,  ular  hamkor  mamlakat  hukumatining  valyuta, 
bojxona  va  boshqa  tartibga  solish  qoidalari  ta’siri  ostida  bo‘ladi.  Xalqaro  lizing 
taraqqiyoti  oldidagi  to‘siqlarni  yo‘q  qilish,  undan  foydalanish  imkoniyatlarini 
kengaytirish  maqsadida  turli  mamlakat  va  xalqaro  tashkilotlar  mutaxassislari 
tomonidan  ishlab  chiqilgan  Xalqaro  moliyaviy  lizing  bo‘yicha  Ottava  Konvensiyasi 
1988  yilning  may  oyida  qabul  qilingan.    Jahon  amaliyotida  lizingning  taraqqiyoti 
ko‘p  jihatdan  davlatlarning  qonunchiligida  mavjud  to‘siqlar  va  shart-sharoitlar 
asosida  shakllanib  kelmoqda.  Bugungi  kunda  yirik  xalqaro  lizing  tashkilotlaridan 
“Xalqaro  moliya  va  lizing  assotsiatsiyasi”  va  milliy  lizing  assotsiatsiyalarining 
Yevropa federatsiyasi (Leaseurope)ni alohida ajratib ko‘rsatish mumkin.   
Xalqaro lizing tashkilotlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:  
a) a’zo mamlakatlar milliy qonunchiligini o‘rganish va taqqoslash; 
b) barcha xuquqiy, soliq va moliyaviy masalalarni hal etishda ko‘maklashish;   
c) lizing bitimlarining shartlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish;  
d) lizing firmalarini tashkil etish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganish.  
80-yillar  oxirlariga  kelib  jahonning  60  ta  mamlakatiga  tegishli  lizing 
kompaniyalar  150  dan  ortiq  mamlakatda  faoliyat  yuritgan.  1965  yilda  “Xalqaro 


moliya  va  lizing  assotsiatsiyasi”  (IFLA)  tashkil  topgan  bo‘lib  keyinchalik  uning 
tarkibiga  ko‘plab  moliya  va  lizing  tashkilotlari  birikishni  boshlashgan.  Bugungi 
kunda  uning  a’zolari  soni  25  ta
1
  lizing  tashkilotlaridan  iborat  bo‘lib,  har  bir  davlat 
faqat  bitta  lizing  tashkiloti  bilan  a’zolikka  qabul  qilinishi  mumkin.  IFLA  a’zolari 
muhim bo‘lgan xalqaro kredit institutlari bilan uzviy aloqalarga ham ega bo‘lishadi. 
“Xalqaro  moliya  va  lizing  assotsiatsiyasi”  (IFLA)ga  a’zo  bo‘lish  uchun  quyidagi 
talablarni bajarishi lozim:  
-  lizing  tashkiloti  kredit  va  lizing  asosida  moliyalashtirishga  yo‘naltirilgan 
bo‘lishlari lozim;  
- barqaror moliyaviy tizimga ega bo‘lishi;  
-  lizing  tashkilotlari  o‘z  faoliyati,  kuch  g‘ayrati  bilan  assotsiatsiya  faoliyatini 
rivojlantirishga ko‘maklashishi talab qilinadi.  
“Xalqaro  moliya  va  lizing  assotsiatsiyasi”  (IFLA)  o‘zining  asosiy  maqsadi 
sifatida,  a’zolari  o‘rtasida  forumlar  tashkil  etish  va  bu  bilan  ular  o‘rtasida  o‘zaro 
g‘oyalar, bilimlar, malaka va ma’lumotlar almashinuviga zamin yaratishga qaratgan. 
Bunday o‘zaro  almashinuvlar tomonlar  manfaatlariga xizmat  qilishga  yo‘naltirilgan. 
Assotsiatsiya  o‘z  faoliyati  doirasida  a’zolari  faoliyat  doirasi,  ularning  moliyaviy 
natijalari va shu kabi boshqa ma’lumotlarni o‘rganib boradi va o‘z a’zolari faoliyatini 
qiyosiy  baxolaydi.  Bugungi  kunda  yirik  lizing  markazlaridan  yana  biri  bu  Yevropa 
lizing  bozori  bo‘lib  uning  78  foizi  8  ta  (Germaniya,  Fransiya,  Buyuk  Britaniya, 
Italiya, Ispaniya, Niderlandiya, Polsha va Shvesiya) mamlakat ulushiga to‘g‘ri keladi, 
bundan  tashqari  bu  mamlakatlar  Yevropa  ittifoqi  xududida  ishlab  chiqarish 
sohasining  78  foizlik  ulishiga  ega  hisoblanadilar.    Yevropa  ittifoqi  (YEI)  xududida 
faoliyat  yuritayotgan  firmalarni  doimiy  kuzatuv  tahlil  jarayoni  bilan  Yevropa 
markaziy banki (YEMB) shug‘ullanib boradi.  
 
1
 Immorent Aktiengesellschaft, Австрия. KBC Lease Group, Бельгия. Китай Лизинг Бизнес Ассоциации Китайской 
ассоциации  предприятий  с  иностранными  инвестициями  Предприятия,  Китай.  CSOB  Лизинг  как,  Чешская 
Республика. Nordania лизинга, Дания. Piraeus Египет лизинговая компания, Египет. Nordea Finance Финляндии 
Limited, Финляндия. Ergo, Исландия. Сундарам Finance Limited, Индия. Промышленность и шахты лизинговая 
компания, Иран. Iccrea Bancalmpresa, Италия. ABN AMRO NV аренды, Нидерланды. DNB Bank ASA, Финанс, 
Норвегия.  Europejski  Fundusz  Leasingowy  SA,  Польша.  Caixa  Лизинг  электронной  факторинг,  Португалия. 
Лизинговая  компания  УРАЛСИБ,  Россия.  BCR  Лизинг  IFN  SA,  Румыния.  Swedbank  Финанс  AB,  Швеция. 
Tunisie  лизинга,  Тунис.  Турецкие  Финансовая  Лизинговая  Ассоциация,  Турция.  УФНА  Американская 
ассоциация  финансовых  услуг,  Соединенные  Штаты  Америки.  HSBC  Bank,  Великобритания.  Лизинг 
оборудования и финансам ассоциации (ELFA), Соединенные Штаты Америки. 


Bugungi kunda Yevropa lizing bozorining yirik ishtirokchisi bu “Leaseurope” 
bo‘lib  unga  1972  yilda  asos  solingan.  “Leaseurope”  hozirgi  kunda  Yevropa 
davlatlarining 44 ta assotsiatsiyalarini o‘zida birlashtirgan federatsiya hisoblanadi va 
Yevropa lizing bozorini 93 foizini egallagan. Bugungi kunda “Leaseurope” Yevropa 
davlatlaridan  tashqari  AQSH,  Kanada,  Avstraliya  va  Yaponiya  kabi  davlatlarining 
lizing  assotsiatsiyalari  bilan  hamkorlik  munosabatlarini  o‘rnatgan.  Yevropa 
mamlakatlarida 2015 yilda lizing portfelining hajmi 15.1-rasmda keltirilgan.  

Download 3,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish