3. Lizing munosabatlarini tashkil etish va amalga oshirish tartibi
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida lizing xizmati korxonalarning ishlab
chiqarish quvvatini modernizatsiya qilish, xususiy tadbirkorlikni kengaytirish va
buning natijasida raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishga investitsiya
kiritishning samarali mexanizmi sifatida tobora rivojlanib bormoqda. O‘zbekiston
Respublikasining “Lizing to‘g‘risida”gi qonuniga asosan iste’mol qilinmaydigan,
tadbirkorlik faoliyati uchun foydalaniladigan har qanday ashyolar lizing ob’ekti
bo‘lishi mumkin, yer uchastkalari va boshqa tabiat ob’ektlari bundan mustasno.
Kelajakda lizing oluvchiga lizing bo‘yicha topshirish maqsadida mol-mulkni o‘ziga
mulk qilib oluvchi shaxs lizing beruvchi deb tan olinadi.
Egalik qilish va foydalanish uchun lizing ob’ektini oladigan shaxs lizing
oluvchi deb hisoblanadi. Lizing beruvchi lizing ob’ektini kimdan olayotgan bo‘lsa,
shu shaxs sotuvchi deb e’tirof etiladi. Lizing beruvchi mol-mulkni bo‘lajak
foydalanuvchidan sotib olgan taqdirda yoxud lizing beruvchi kelajakda mol-mulkni
sotuvchiga lizing bo‘yicha topshirish uchun undan shu mol-mulkni sotib olish
maqsadida uni mablag‘ bilan ta’minlagan taqdirda bir shaxsning o‘zi ham lizing
oluvchi, ham sotuvchi bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Lizing xizmatlari yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarga lizingga beruvchilar tomonidan lizing mol-mulkini sotib olish uchun
moliyalashtirilgan mablag‘larning to‘lanishi muddatliligi ta’minlanganligi va
qaytarilishi shartlarida taqdim etiladi.
Lizingda taraflar roziligiga ko‘ra qonunlarda belgilangan me’yorlarda lizing
ob’ektini jadal amortizatsiya qilinishini qo‘llashga ruhsat etiladi. Lizing
shartnomasiga bog‘liq ravishda sarflangan mablag‘lar qaytarilishining kafolati
sifatida lizingga oluvchidan garov ta’minoti, bank kafolati yoki uchinchi shaxs
kafilligi ko‘rinishidagi ta’minlash berilishini hamda kafilning moliyaviy ahvoli
to‘g‘risidagi moliyaviy hujjatlarni ham taqdim etilishi talab etiladi.
Lizingga oluvchi lizing buyicha olingan (olinayotgan) mol-mulkni yong‘in,
bo‘ron, dovul, jala, portlash, ko‘chki, tuprokni cho‘kishi, yemirilishi, sel, yashin
urishi, zilzila, yo‘l-transport xodisalari, o‘g‘rilik, olib kochish, bosqinchilik, uchinchi
shaxs tomonidan ataylab kilingan xatti-harakat natijasida shikastlanish va yo‘qotish
bilan bog‘liq bo‘lgan tarzdagi har kanday yetkazilishi mumkin bo‘lgan zarardan
lizingga beruvchi foydasiga sug‘urtalashni amalga oshiradi va sug‘urta polisini
lizingga beruvchiga takdim etadi. Lizingni amalga oshirish quyidagi bosqichlarga
bo‘linadi:
- mol-mulkni lizingga olish bo‘yicha lizingga oluvchi tomonidan lizingga
beruvchiga lizing obektining rusumi, soni va sotuvchi (ishlab chiqaruvchi)sini
qursatgan xolda buyurtma xat bilan murojaat qilinishi;
- lizingga oluvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida uning tulov
qobiliyatini o‘rganilishi va lizingning butun muddati uchun lizing tulovlarining
qoplanishi prognozini ko‘rsatuvchi biznes-reja, loyihasini ekspertizadan o‘tkazilishi
hamda natijasi buyicha Ekspert xulosasining chiqarilishi;
- chiqarilgan Ekspert hulosasining ko‘rib chiqilishi va mol-mulkni lizingga
berish, berishni rad etish masalasida yakuniy qaror qabul qilinishi;
- Ekspert kengashi yig‘lishida mol-mulkni lizingga berishni rad etish to‘g‘risida
qaror qabul qilingan taqdirda, bu xaqda Buyurtma bergan xo‘jalikka sababi
qo‘rsatilgan holda xabarnoma yuborilishi;
- Eqspert kengashi yig‘ilishida ijobiy qaror qabul qilingan taqdirda, lizingga
oluvchi va lizingga beruvchi o‘rtasida lizing shartnomasini tuzilishi;
- lizing ob’ekti uchun lizingga beruvchi va sotuvchi o‘rtasida oldi-sotdi
shartnomasini tuzilishi;
- lizingga oluvchi tomonidan lizing ob’ektini sug‘urtalashni amalga oshirilishi va
sug‘urta polisini lizingga beruvchiga taqdim etilishi;
- lizingga oluvchi tomonidan lizingga beruvchiga ta’minot (garov, bank qafolati
yoki uchinchi shaxs qafilligi shartnomasi) taqdim etilishi;
- lizing shartnomasida belgilangan miqdordagi avans to‘lovlarini lizingga
oluvchi tomonidan to‘lab berilishi;
- lizingga beruvchi tomonidan qarz (yoki qredit) mablag‘larini shartnoma
asosida lizing loyihasiga jalb etilishi;
- oldi-sotdi va lizing shartnomalarida nazarda tutilgan muddatlarda, lizing
ob’ektini o‘rnatilgan tartibda sotuvchidan lizingga beruvchiga va lizingga
beruvchidan lizingga oluvchiga rasmiylashtirib berilishi;
- lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizingga oluvchi tomonidan
lizing ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tqazilishi hamda yagona nomer belgisi, texnik
pasport va texnik talonni olinishi;
- lizingga beruvchi va sotuvchi ortasida oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha yaruniy
hisob-kitoblarni amalga oshirilishi;
- lizingga oluvchi tomonidan lizing shartnomasida belgilangan muddatlarda va
miqdorlarda lizing to‘lovlarini to‘lanishi;
- lizing shartnomasida nazarda tutilgan tartibda lizingga beruvchi tomonidan
lizingga oluvchining lizing ob’ektidan qanday sharoitlarda va maqsadli
foydalanilayotganligini texnik monitoringdan o‘tkazilishi;
- lizingga oluvchi tomonidan barcha lizing to‘lovlari (va lizingga beruvchining
lizing shartnomasi bo‘yicha qilgan harajatlari)ni to‘liq to‘lab lizing ob’ektini sotib
olinishi va lizing ob’ektiga bo‘lgan mulq xuquqining tomonlar o‘rtasida
rasmiypashtirilgan “Dalolatnoma” asosida lizingga beruvchidan lizingga oluvchiga
o‘tishi.
Taraflar o‘rtasida lizing shartnomasi tuzilgandan so‘ng, lizingga oluvchi
tomonidan sug‘urta tashkiloti bilan lizingga olinayotgan ob’ektni sug‘urtalash
bo‘yicha sug‘urta shartnomasi tuzilib, ichida lizingni butun muddati uchun lizing
shartnomasida belgilangan muddatda (masalan, 10 kunlik) sug‘urta polisi olib
lizingga beruvchiga takdim etiladi. Lizingga beruvchi tomonidan sotuvchidan lizing
ob’ekti mulk kilib sotib olinadi va lizing shartnomasida belgilangan shartlarda haq
evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizingga oluvchiga o‘rnatilgan tartibda
rasmiylashtirilib berilganidan keyin lizing operatsiyasi amalga oshirilgan hisoblanadi.
Lizingga beruvchi tomonidan har bir lizingga oluvchi nomiga alohida hujjatlar
yig‘ma jildi tuziladi va unda lizingga oluvchining quyidagi hujjatlari jamlanadi:
- Lizingga oluvchining Buyurtma xati;
- Yuridik shaxsning davlat statistika organlaridan ruyxatdan o‘tganligi haqidagi
guvohnomasi nusxasi;
- Oxirigi hisobot sanasiga hududiy soliq inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan
buxgalteriya balansi (balansdagi 2-shakl, byudjetga to‘lovlar, debitorlik va kreditorlik
qarzlari haqidagi ma’lumotnoma bilan birga);
- Lizingning butun muddati uchun lizing to‘lovlarining koplanishi prognozini
ko‘rsatuvchi Biznes-reja;
- Lizingga oluvchining ''Biznes rejasi"da bankdan olingan maksadli kreditlardan
lizing to‘lovlarini to‘lash uchun yo‘naltirilishi mumkinligni nazarda tutilgan bo‘limi
(beti)dan ko‘chirma (lizingga oluvchining imzosi va muxri bilan tasdiklangan xolda).
Lizingga beruvchi lizingga oluvchining lizing ob’ektidan kanday sharoitlarda
foydalanayotganligini va uni belgilangan maqsadga muvofiq ishlatayotganligini
lizing shartnomasi shartlariga hamda qonun hujjatlari talablariga muvofiq nazorat
qilishga haqlidir. Nazorat sifatida lizing ob’ekti, lizingga beruvchining vakolatli
vakili yoki lizingga beruvchi tomonidan berilgan vakolatli shaxslar tomonidan texnik
monitoringdan o‘tkaziladi. Texnik monitoring davomida quyidagilar aniqlanadi:
- lizing ob’ektining texnik holati (butligi, sozligi) va lizingga oluvchi
tomonidan
lizingga
beruvchining
ruxsatisiz
uchinchi
shaxslarga
berib
yuborilmaganligi;
- lizingga oluvchining lizing ob’ektidan uning o‘z belgilangan vazifasiga va
ishlab chiqaruvchi zavod tomonidan belgilab qo‘yilgan texnik talablar me’yorlari
doirasida foydalanilayotganligi;
- belgilangan muddatlarda lizing ob’ektiga texnik servis xizmatlari yoki kapital
ta’mirlash amalga oshirilayotganligi;
- lizing ob’ektining konstruksiyasiga vakolatli organ yoki lizingga
beruvchining ruxsatisiz texnik o‘zgartirishlar kiritilmaganligi;
-
lizing ob’ektidan jadal yemirilishga olib keladigan darajada
foydalanilmayotganligi;
-
lizing
ob’ektidan
moto-hisoblagichni
ataylab
buzgan
holda
foydalanilmayotganligi;
- lizing ob’ektini davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi va yagona nomer belgisini
olinganligi, agar ushbu rusumdagi texnikalar uchun ro‘yxatdan o‘tkazish va yagona
nomer belgisini olish amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan bo‘lsa;
- lizing ob’ektiga texnik servis xizmatlarini ko‘rsatilishi bo‘yicha respublika
qishloq xo‘jaligi mashinasozligi zavodlarining hududiy (yoki boshqa ta’mirlash)
korxonalari bilan tegishlicha shartnomalarning tuzilganligi, agar ularni tuzish
shartligi lizing shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa;
- lizing ob’ektini o‘rnatilgan talablar darajasida saqlanayotganligi, agar u
saqlovga qo‘yilgan bo‘lsa;
- lizingga oluvchi tomonidan lizing ob’ektini tegishlicha boshqarish huquqini
beruvchi guvohnomaga ega bo‘lgan shaxsga boshqaruvga berilganligi;
- lizingga oluvchi tomonidan lizing ob’ekti uchun lizing shartnomasida
belgilangan muddatlarda va miqdorlarda lizing to‘lovlarining to‘lanayotganligi.
Lizing shartnomasida taraflarning kelishuviga muvofik texnik monitoring
predmetining boshka yunalishlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Lizing to‘lovlarining summasi lizingga beruvchining lizing ob’ektini sotib
olish uchun qilgan harajatlarining hammasi, lizingga beruvchining daromadi,
shuningdek, agar lizing shartnomasida nazarda tutilgan bo‘lsa, lizing ob’ektini
yetkazib berish, belgilangan maqsadda foydalanish uchun uni yaroqli holga keltirish,
ro‘yxatdan o‘tkazish, texnik servis ko‘rsatish, ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan
lizingga beruvchining boshqa harajatlaridan iborat bo‘ladi.
Lizing to‘lovlari shartnomaning butun amal qilish muddatiga taqsimlanadi va
bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi. Lizing to‘lovlarining miqdorlari va davriyligi lizing
shartnomasi bilan belgilanadi. Lizing to‘lovlari lizingga oluvchi tomonidan lizing
shartnomasida ko‘rsatilgan to‘lov jadvali asosida to‘lanadi. To‘lov jadvali lizing
shartnomasining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib hisoblanadi. Lizing to‘lovlari lizingga
oluvchining o‘z xohishiga qarab, to‘liq yoki qisman shartnomada belgilangan
muddatlardan oldin ham to‘lanishi mumkin. Lizing to‘lovi pul o‘tkazish yo‘li bilan
amalga oshirilganda lizingga oluvchi lizing to‘lovini amortizatsiya ajratmalari,
foizlar, komission va qo‘shimcha to‘lovlarga alohida ajratib ko‘rsatish orqali
aniqlashtirib beradi.
Lizingga oluvchi tomonidan lizing shartnomasining amal qilish muddati
tugagunga qadar barcha lizing to‘lovlari lizingga beruvchining lizing shartnomasi
muddati tugagunga qadar qolgan davrda oladigan daromadi chegirib tashlangan holda
to‘langan taqdirda, agar lizing shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan
bo‘lmasa, lizing ob’ektiga bo‘lgan mulk huquqi lizingga oluvchiga o‘tadi. Shunday
qilib, lizing O‘zbekistonda iqtisodiy rivojlanishning muhim moliyaviy vositasi
hisoblanar ekan, uning ko‘magida korxonalarning, ayniqsa kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sub’ektlarining investitsiya imkoniyatlari ancha kengayadi va yangi sifat
pog‘onasiga ko‘tariladi. Amaldagi lizing sohasiga oid qonunchilikda, buxgalteriya
hisobotlari, bojxona tadbirlari va me’yoriy hujjatlarda ba’zi noaniqlik va ziddiyatlar
mavjudligiga qaramay, lizing munosabatlarining rivojlanish dinamikasida ijobiy
tendensiyalar kuzatilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |