MUSTAQIL ISH
Mavzu: Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishi.
Bajardi: Abduraimov Davlatyor
Inventarizatsiya - bu kompaniyaning aktivlari, qiymatlari, majburiyatlarini qayta ko'rib chiqish va buxgalteriya ma'lumotlari bilan taqqoslash tartibi. Inventarizatsiya natijalari buxgalteriya ma'lumotlari va soliq majburiyatlarini o'zgartirishga imkon beradi. Inventarizatsiya natijalarini aniqlash bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Dastlab, tashkilot rahbari korxonada inventarizatsiya boshlanganligini e'lon qiladi va inventarizatsiya komissiyasini tasdiqlaydi. Komissiya tarkibiga quyidagilar kirishi mumkin:
ma'muriyat a'zolari, tashkilot rahbariyati vakillari;
bosh buxgalter, uning o'rinbosari, korxonadagi muayyan sayt uchun hisobchi;
tashkilotning boshqa sohalarda ishlaydigan mutaxassislari (masalan, advokat, moliya bo'limining xodimi va boshqalar).
Komissiya moliyaviy javobgar shaxslarni o'z ichiga olmaydi, ammo ular audit davomida ishtirok etadilar. Inventarizatsiya komissiyasi kamida ikki kishidan iborat bo'lishi kerak. Inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish majburiyati yuklatiladi.Tekshirishdan oldin komissiya daromadlar va xarajatlar to'g'risidagi so'nggi hujjatlarga ega bo'lishi kerak. Ular sizga inventarizatsiya boshlanishidan oldin balanslarni tuzatishga imkon beradi. Moliyaviy javobgar shaxslarning kvitansiyalari buxgalteriya bo'limiga barcha xarajatlar va kvitantsiya hujjatlarining etkazib berilishini yozib qo'yadi va ular javobgar bo'lgan qiymatlar kapitallashtirilganligini va foydalanishni rad etganlar hisobdan chiqarilishini anglatadi.Komissiya o'z faoliyati davomida rahbar tomonidan ko'rsatilgan mulk va majburiyatlarni ko'rib chiqadi.
Korxona aktivlarini va moliyaviy majburiyatlarini haqiqiy holatini, saqlanishini va butligini nazorat qilish maqsadida. ular qayta ro‘yxatga olinadi.Qayta ro‘yxatga olish, buxgalteriya hisobi usullaridan biri bo‘lib, uning yordamida korxona aktivlari, passivlari va majburiyatlarning haqiqiy miqdori qayta o‘lchash, sanash, tortish va solishtirish yo‘li bilan aniqlanadi. Korxonalar mol-mulkini hamda moliyaviy majburiyatlarini qayta ro‘yxatga olish va uning natijalarini rasmiylashtirish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 19 oktyabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan va 1999 yil 2 noyabrda 833-son bilan Adliya Vazirligida ro‘yxatga olingan. Hisobot yilida qayta ro‘yhatga olish soni, uni o‘tkazish sanasi, mulk va moliyaviy majburiyatlar ro‘yxati ushbu andozaning 1,5 va 1,6 bandlarida ko‘zda tutilgan holatlardan tashqari, korxona rahbari tomonidan belgilanadi.
Quyidagilar, qayta ro‘yxatga olishning asosiy maqsadlari bo‘lib hisoblanadi:
Mavjud mol-mulkning haqiqiy miqdorlarini aniqlash;
1. Haqiqatda mavjud mol-mulk miqdorlarini buxgalteriya hisobi
2. Ma’lumotlari bilan solishtirish;
3. Majburiyatlarning buxgalteriya hisobida to‘g‘ri aks ettirilganligini tekshirish.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning joylashgan yeri va moliyaviy majburiyatlaridan qatiy nazar, ularning tassarufidagi barcha mol-mulklar qayta ro‘yxatga olinadi. Shuningdek, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan vaqtincha saqlashga, ijaraga, qayta ishlash uchun olingan va biron-bir sababga ko‘ra ilgari hisobga olinmay qolgan barcha mol-mulklar ham yo‘qlama qilinishi kerak.
Qayta ro‘yxatga olish, o‘tkazish xarakteriga, korxonalar mulkini qamrab olishiga va o’tkazish muddatlariga ko‘ra tavsiflanadi.
O‘tkazish harakteriga ko‘ra qayta ro‘yxatga olish rejali va tasodifiy bo‘lishi mumkin. Rejali qayta ro‘yxatga olish xo‘jalik mablag‘larini ma’lum bir belgilangan vaqtda hisobga olish bilan izohlanadi. Buning uchun, har hisobot yilining boshiga, korxona hisob siyosatini ishlab chiqishda bosh buxgalter tomonidan aktivlarni, passivlarni va majburiyatlarni qayta ro‘yxatga olish rejasi ishlab chiqiladi va korxona rahbari tomonidan tasdiqlanadi. Qayta ro‘yxatga olishni to‘g‘ri va sifatli bo‘lishini ta’minlash uchun, uni to‘satdan o‘tkazish kerak. Shuning uchun qayta ro‘yxatga olish rejasini ma’lumotlari moddiy javobgar shaxslardan sir saqlanadi.
Tasodifiy qayta ro‘yxatga olish ma’lum bir sabablarga ko‘ra o‘tkaziladi. Masalan, moddiy javobgar shaxslar almashganda yoki tashqi nazorat idoralari (soliq idorasi, soliq departamenti, prokuratura hamda bo‘lak nazorat idoralari) talabiga ko‘ra. Tekshiruvlar ularning bevositi ishtirokida va nazoratida o‘tkaziladi.
Korxonalar mulkini qamrab olish darajasiga ko‘ra qayta ro‘yxatga olish yoppasiga va qismani bo‘ladi. Yoppasiga ro‘yxatga olishda qaytda ro‘yxatga olish joyidagi hamma mol-mulkar, qisman ro‘yxatga olishda esa, saralab olingan mol-mulklargina xatlovdan o‘tkaziladi.
Inventarizatsiyani sifatli tashkillash va o’tkazish maqsadida hisobot yilining boshida korxona rahbarining buyrug‘iga binoan korxona rahbari yoki uning o‘rinbosari, bosh buxgalter, mutaxassislar (muxandis, iqtisodchi va boshqalar) va ichki audit vakillaridan iborat tarkibda doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi tuziladi.
Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari quyidagi vazifalarni bajaradilar:
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomat, ortiqcha va da’vo qilish muddatning o‘tkazib yuborilgan debetor qarzlari natijasida ko‘rilgan zarar summalari bo‘yicha mas’ul shaxslardan yozma tushuntirish xatlari oladilar;
Inventarizatsiya natijasida aniqlangan kamomat, nobudgarchilik, qiymatliklarning buzilishi va ortiqcha chiqishlarning sabablarini o‘rganadilar;
Inventarizatsiya natijasida topilgan tafovutlar (kamomat va ortiqcha chiqishlar) bo‘yicha o‘zining xulosasini va takliflarini protokol bilan rasmiylashtiradilar. Bu protokol keyinchalik kamomad va ortiqcha chiqqan summalarni buxgalteriya hisobida aks ettirishga asos bo‘ladi.
Inventarizatsiya rejasiga muvofiq qayta ro‘yxatga olish joyi bo‘yicha korxona rahbarining buyrug‘i tayyorlanadi. Buyruqda quyidagilar keltiriladi:
Inventarizatsiyaning maqsadi;
Inventarizatsiya joyi;
Inventarizatsiyani boshlash va tugatish vaqti;
Inventarizatsiya ishchi komissiyasi tarkibi.
Doimiy harakatdagi inventarizatsiya komissiyasi a’zolari tarkibidan qayta ro‘yxatga olish ishchi komissiyasi shakllantiriladi. Uning tarkibiga, mutaxasislar (buxgalteriya, moliya, iqtisod yoki texnika bo‘limi xodimi) va ichki audit vakili kiritiladi.
Inventarizatsiya ishchi komissiyasi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi:
1. Moddiy javobgar shaxsni korxona rahbarining qayt ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi buyrug‘i bilan tanishtirish;
2. Moddiy javobgar shaxsdan, uning moddiy javobgarligidagi qiymatliklarning butligi haqida tilxat olish;
3. Inventarizatsiya joyini obdan ko‘zdan kechirish va qo‘shimcha kirib-chiqish yo‘llarni muhrlab qo‘yish;
4. Xatlovni bevosita javobgar shaxs ishtirokida o‘tkazish;
5. Barcha o‘lchov asboblarini sozligini tekshirish;
Tovar-moddiy boyliklarning xaqiqatda mavjudligini tekshirishga kirishishdan oldin inventarizatsiya ishchi komissiyasi, yordamchi binolar, yerto‘lalar va boyliklar saqdanadigan omborlarning alohida kirish-chiqish eshiklari plombalaydi; og‘irlikni o‘lchaydigan barcha asboblar sozlanganini tekshiradi, zaruriyat bo‘lganda davlat standart organlari tekshiruvidan o‘tkazadi.
Inventarizatsiya, qiymatliklarning joylashgan o‘rnida va moddiy javobgar shaxslarning bevosita ishtirokida o‘tkaziladi. Bir moddiy javobgar shaxs tasarufidagi moddiy qiymatliklarni qayta ro‘yxatga olish uchun bir kishini birin - ketin ikki marta inventarizatsiya komissiyasiga rais qilib tayinlash mumkin emas.
Inventarizatsiya jarayonida ishchi komissiya a’zolari moddiy qiymatliklarni qayta sanash, o’lchash, tortish yo‘li bilan ularning haqiqiy miqdorlarini aniqlaydilar va 19-sonli milliy andozada ko‘rsatilgan namunadagi inventarizatsiya ro‘yxatini (opis) tuzadilar (2-ilovaga qarang). Ro‘yxatning har bir betini oxirida shu betda necha nomdagi moddiy qiymatlikdan qancha miqdorda borligi so‘z bilan yozilib komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomondan imzolanadi.
Shuningdek, ishchi poda va ma’suldor xayvonlar, parranda va asalari oilalari, ko‘p yillik o‘simliklar, ko‘chatzorlar yo‘qlama qilinayotganda O‘zbekistan Respublikasi Qishlok va suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan qishloq xo‘jalik korxonalari uchun tasdiqlangan inventarizatsiya ro‘yxatini (opis) tuzadilar.
Inventarizatsiya yakunlangandan keyin Inventarizatsiya ro‘yxatining oxirgi varag‘ida komissiya a’zolari shu ro‘yxatda necha nomdagi moddiy qiymatlikdan qancha miqdorda borligi so‘z bilan yozilib komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs tomondan imzolanadi. So‘ng moddiy javobgar shaxs “ ... ushbu qayta ro‘yxatga olish dalolatnomasida ko‘rsatilgan moddiy qiymatliklar mening bevosita ishtirokimda hisoblab chiqilganligini tasdiqlayman va shu moddiy qiymatliklarni o‘z shaxsiy javobgarligimga qabul qildim, qayta ro‘yxatga olish komissiyasiga mening hech qanday davoim yo‘q.. (agar, davosi bo‘lsa, e’tirozini yozadi)” degan mazmundagi tilxatga imzo chekadi. To‘liq rasmiylashtirilgan qayta ro‘yxatga olish ro‘yxati (opis) komissiya raisi tomonidan korxona buxgalteriyasiga topshiriladi.
Korxona rahbariyati inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat qilish maqsadida, inventarizatsiya o‘tkazilgan ombor yoki boshqa obyekt ochilgunga qadar nazorat tekshiruvlari o‘tkazadilar.Nazorat tekshiruvi natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Dalolatnoma tekshirishlarni hisobga olish daftarida ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
Korxona mulkining bir qismini saralab ro‘yxatga olish uchun korxonalarda tekshirish va saralab qayta ro‘yxatga olish komissiyasi tuziladi. Bu komissiya inventarizatsiya davrlari o‘rtasida moddiy qiymatliklarning butligi, ularni saqlash qoidalarining va o‘rnatilgan boshlang’ich hisob yuritish tartibining bajarilishi ustidan nazorat olib boradi. Inventarizatsiya moddiy javobgar shaxslar almashayotganda o’tkazilayotgan bo‘lsa, ro‘yxatga olish ro‘yxatida moddiy qiymatliklarni qabul qilayotgan shaxslar, ularni o‘zining javobgarligiga olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi xususida imzo chekadilar.
Korxonaga tegishli bo‘lmagan, biroq vaqtincha saqlash uchun olingan moddiy qiymatliklarga aloxida inventarizatsiya ro‘yxatlari tuziladi.Inventarizatsiya ro‘yxatlari texnik vositalarda yoki qo‘lda to‘ldirilishi mumkin.Qo‘lda tuziladigan inventarizatsiya ro‘yxatlari chiroyli husnixat bilan, aniq-ravshan qilib to‘ldiriladi. Hech qanday o‘chirish va tuzatib yozishlarga yo‘l qo‘yilmaydi. Qayta ro‘yxatga olish ro‘yxatlarida to‘ldirilmagan satrlar ustiga chizib qo‘yiladi.
Inventarizatsiya tugagandan keyin komissiya a’zolari va moddiy javobgar shaxs ro‘yxatning oxirigi varag‘iga shu ro‘yxatda nechta moddiy qiymatlikdan qancha miqdorda borligini yozib imzo chekadilar. Moddiy javobgar shaxslardan «…hayat a’zolari boyliklarni uning xozirligida tekshirganini, hayat a’zolariga nisbatan xech qanday da’vosi yo‘qligi va ro‘yxatda sanalgan boyliklar masuliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga…» oladilar va ro‘yxatni buxgalteriyaga topshiradilar.
Korxona buxgalteriyasida inventarizatsiya ma’lumotlari mantiqan va arifmetik usul bilan tekshirib ko‘riladi. Baholarda, summalarni chiqarishda yo‘l qo‘yilgan arifmetik xatoliklar to‘g‘rilanadi va bu haqda komissiyaning hamma a’zolari va moddiy javobgar shaxs imzo chekadi. Inventarizatsiya ro‘yxatining oxirgi betida baholar va summalarning to‘g‘riligi tekshirgan buxgalteriya xodimi bu haqidagi yozuvni amalga oshirib imzo chekadi. Shundan keyin inventarizatsiya natijalarini aniqlash uchun taqqoslash vedomosti tuziladi. Unda hisob ma’lumotlari bilan qayta ro‘yxatga olish ro‘yxati ma’lumotlari o‘rtasida aniqlangan farqlar qayd qilinadi.
Inventarlash va boshqa tekshirishlar paytida aniqlangan boyliklarning haqiqatda mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan farqlari quyidagicha tartibga solinadi:
1. Ortiqcha chiqqan asosiy vositalar, moddiy boyliklar, pul mablag’lari va boshqa mol-mulk kirim qilinishi va tegishlicha o’jalik yurituvchi sub’ektning moliyaviy natijalariga yo’naltiriladi va keyinchalik ortiqcha chiqish sabablari va aybdor shaxslar aniqlanadi; D-t – 1000 - “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 - “Tayyor mahsulotlar” va boshqa qiymatliklarir hisobga olinadigan schyotlar K-t – 9710 - “Favqulodda foydalar” schyoti;
2. Belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo’qolishi xo’jalik yurituvchi sub’ektlar rahbarlarining farmoyishiga ko’ra ishlab chiqarish va muomala chiqimlari hisobdan o’chiriladi (yo’qolish me’yorlari haqiqatda kamomad aniqlangan taqdirdagina qo’llani). Bunda belgilangan me’yorlar doirasida boyliklarning yo’qolishi boyliklar kamomadi qayta navlarga ajratishdagi ortiqcha mol bilan hisobga olgach belgilanishiga e’tibor beriladi. Agar belgilangan tartibda o’tkazilgan qayta navlarga ajratish bo’yicha hisobga olingandan keyin ham boyliklar kamomadi mavjud bo’lsa, tabiiy yo’qolish me’yorlari kamomad aniqlangan boyliklar nomi bo’yicha qo’llaniladi. Tasdiqlangan me’yorlar bo’lmagan taqdirda yo’qolish me’yorlardan ortiqcha kamomad sifatida qaraladi: D-t - 9400 “Davr xarajatlari” K-t – 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor mahsulotlar”;
3. Yo’qolish me’yorlaridan ortiqcha boyliklar kamomadi, shuningdek, boyliklar buzilishidan ko’rilgan talafotlar aybdor shaxslarga yuklanadi: D-t - 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha qarzlari” K-t - 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor mahsulotlar”;
4. Boyliklarning yo’qolish va boyliklar buzilishi tufayli talafotlar me’yorlaridan ortiqcha kamomadi, kamomad va buzilishlarning aniq aybdorlari aniqlanmagan hollarda, mahsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi to’g’risidagi nizomga muvofiq xo’jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan ishlab chiqarish va muomala chiqimlariga hisobdan chiqarilishi yoki byudjet tashkilotida moliyalashni (fondlarni) kamaytirishga qayd etiladi: D-t - 9400 “Davr xarajatlari” K-t – 1000 “Materiallar hisobga olinadigan schyotlar“, 2800 “Tayyor mahsulotlar”;
5. Kamomatlar undirib olinganda: D-t – 5000 - “Kassadagi pul mablag‘lari” schyoti K-t – 4730 - “Xodimlarni moddiy zararlarni qoplashi bo‘yicha qarzlari” schyoti.
Qayta navlarga ajratish natijasida ortiqcha chiqish va kamomadlarning o’zaro hisobga olinishiga birgina tekshirilayotgan davr uchun, birgina tekshirilayotgan shaxsda, birgina nomdagi tovar-moddiy boyliklarga nisbatan va ishonchli shaxs ruxsatiga ko’ra aynan bir xil miqdorlarda istisno tarzida yo’l qo’yiladi. Bunda yo’l qo’yilgan qayta navlarga ajratish to’g’risida moddiy javobgar shaxslar ishonchli shaxsga batafsil tushuntirish taqdim etadilar. Moddiy javobgar shaxslar aybi bo’lmagan holda qayta navlarga ajratishda hosil bo’lgan qiymatdagi kamomad farqiga inventarlash bayonnomalarida bunday farq aybdor shaxslarga kiritilmasligi xususida komissiya mufassal tushuntirish berilishi kerak.
Inventarizatsiya natijalari qanday rasmiylashtiriladi?
-Tugallanmagan ishlab chiqarish inventarizatsiyasi davornida
inventarizatsiya yorliqlari yoki varaqalarida faqat buyumlaming haqiqiy
soni, rider ko'rsatilibgina qolmay, balki ulaming tayyorlik darajasi
ham qayd etiladi. Bu, o'z navbatida, tugallanmagan ishlab chiqarishni
tayyorlik darajasiga ko'ra baholashni yengillashtiradi. Inventarizatsiya
natijasida aniqlangan tugallanmagan ishlab chiqarish qoldig'i tayyor
mahsulotni kalkulyatsiya qilishda qo'llaniladigan kalkulyatsiyalash
moddalari bo'yicha haqiqiy tannarxda baholanadi. Brak hisobiga
nobudgarchilik, maxsus asbob-uskunalar va moslamalar qiymatini
qoplash, ishlab chiqarishni o'zlashtirish, tayyorlash xarajatlari hamda
ishlab chiqarishdan tashqari sarflar bundan mustasno. Bu xarajat
moddalari faqat tayyor mahsulot tannarxiga qo'shiladi.
registlariga ham (kirim qoldiqlarini o'zgartirish yo'li bilan) kiritib qo'yiladi.
Har bir hisobot oyi tugagandan keyin barcha memorial orderlar,
memorial order - Jamlanma qaydnomalar u1arga tegishli hujjatlar bilan birga raqamiga qarab tartib bilan taxlanishi va kitob qilinishi kerak. Hujjatlar uncha ko'p bo'lmagan taqdirda, ularning uch oyligini bitta qilib kitob qilish mumkin. Muqovasiga tashkilotning nomi, kitobning nomi va tartib raqami, hisobot davri - yil va oy, memorial ordeming boshlang'ich va oxirgi raqami, kitobdagi varaqlar soni yozib qo'yiladi. Moddiy qimmatliklar, pul mablag'lari, shuningdek, debitorlar va kreditorIar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar hamda boshqa aktivlar va majburiyatlami inventarizatsiya qilish, shuningdek, inventarizatsiya natijalarini rasmiylashtirish va buxgalteriya hisobida aks ettirish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. TashkilotIar qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda davriy moliyaviy hisobotlami, shuningdek, set, shtat va kontingentlar bo'yicha rejaning bajarilishi to'g'risida choraklik va yillik hisobotlami tuzadilar va topshiradilar.
O'zbekiston Respublikasida tashkilotlar tomonidan buxgalteriya
hisobi milIiy valuta - so'mda yuritiladi.
Inventarizatsiyaning qanday turlari mavjud?
-Inventarizatsiya maqsadi, hajmi va amalga oshirish usuliga ko'ra turlarga bo'linadi.
Uchrashuvga ko'ra, ular rejalashtirilgan, takroriy, rejadan tashqari va nazoratni ajratadilar; hajm bo'yicha - to'liq va qisman; qamrov darajasi bo'yicha - tanlangan va doimiy; majburiy ravishda - majburiy va faol; o'tkazish usuliga ko'ra - tabiiy va hujjatli inventarizatsiya.
Do'stlaringiz bilan baham: |