Tadqiqot uslublari. Harakat (verbal bо’lmagan xulq) va irodaviy faollikning asosiy tadqiqot uslublari etiologiya va refleksologiya uslublaridir. Etologiya uslubi kommunikasiya kanallari bо’yicha etogrammaniya yozib borishdan iborat, bularga vizual, alfaktor, audial, taktil, ijtimoiy kanallar kiradi. Vizual kanal mimika, poza, ishora, manipulyasiyalar dinamikasi yozuvi ob‘ektivizirlanadi; audial – audiografik va sonografik; ijtimioy kanal – guruh va jamoa a‘zolari orasidagi aloqa tizimi, masalan, sovg’a qilish, almashinish, agressiyavlikni namoyon etish, dominantlik; alfaktorli – feromonlarni о’rganish; taktil - chastotasi bilan, boshqalar va о’ziga ta‘sir zonasi. Kanallar parallel ravishda partitura singari yozilishi mumkin, ammo alohida qayd etilishi ham mumkin.
Simptom va sindromlar Harakat buzilishlari
Psixomotor buzilishlar sababsiz, о’ylamasdan, giperkinezga yaqin harakat va ta‘sirlar, shu jumladan harakatsiz holatlar bilan namoyon bо’ladi.
Negativizm – ma‘nosiz vaziyat talablariga qarshi harakat, shu jumladan, faoliyatga shaxsiy mayl (―ichki negativizm‖, ambivalentlik). Faol negativizmda qayta adekvat harakatlar bajariladi. Passiv negativizmda maqsadli harakatlar bajarish rad etish kuzatiladi. Negativizm motorli aktlar bilangina emas, balki nutqda ham kuzatilishi mumkin. Bemor shunday deydi: ―Bugun dushanba emas, beshinchi fevral emas. Men kasalxonada yotganim yо’q, men kasal emasman. Yо’q, men sog’lom emasman. Mening erim yо’q. U bor edi, suzib chiqmadi, u yо’q edi, ammo u suzib chiqdi, uni oti Ivan emas...‖. Negativistik bemorlar kontaktga yomon kirishadilar, savollarga umuman javob bermasliklari mumkin, umuman gaplashmasliklari mumkin – mutizm. Suhbat vaqtida, boshqa tarafga qarab olib о’tiradilar, yerga qaraydilar, suhbatdoshga qaramaydilar, etishlarini g’irchillatadilar, ketishga harakat qiladilar. Negativizm generalizlangan va elektivli, tanlovli bо’lishi mumkin. Total (generalizlangan) variantda negativizm atrofdagi hammaga va turli vaziyatlarga tarqalishi mumkin. Elektivli negativizm alohida odamlar muomalasida ifodalangan va vaziyatning tor doirasi bilan bog’langan. Negativizm ta‘kidlanishicha, tashqi ta‘sirligina bо’lmay, balki ichki impuls ham bо’lishi mumkin. Demak, katatonik bemor tufukni yuta olmaydi, ham tuflay olmaydi va u og’izni tо’ldirib boradi – Osipov psevdoptializm simptomi. Negativizm normada bolalarda 3-4 yoshda kuzatiladi – fiziologik negativizm. Oxirgisi avtonomiyani, ―о’zlikni‖ shaxsiyat, о’zini о’zi anglashning rivojida muhim bosqich belgisining paydo bо’lishini kо’rsatadi. Negativizm yetuk shaxslarga xos, yuqori ishonch hosil qiladi, turli kasallik holatlarida birga bо’ladi. Katatoniklarda, boshqa bemorlardan farqli, motivasiyadan mahrum etilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |