Maylning buzilishi
Maylning buzilishlarni impulsiv xarakterli va instinktlarni buzilishi bо’yicha farqlaydilar.
Impulsiv xarakterdagi maylning buzilishi
Qarshiliksiz realizasiya qilinuvchi va keyinchalik kritik bahosiz, ongli maqsadni rad etishga yо’naltirilgandir. Impulsiv mayl huruj kо’rinishida yuzaga keladi, engilmas, bir necha soat, kun davom etadi, ba‘zida tez-tez takrorlanadi. Huruj vaqtida Bemor odatda mayl bilan egallab olingan bо’ladi, uning ―men‖ idan identifirlanadi. Shaxsiyatning sog’lom qismi mayli tormozlangan, qandaydir uzoq, begona deb eslanadi, agarda umuman eslansa. Kasallik holatidan chiqishda maylni baholash о’zgaradi – endi u begona shaxsiyat kabi qabul qilinadi, qandaydir begona, unga mansubmasdek. Bu erda biz ikkilangan shaxsiyat fenomeni bilan uchrashamiz. Bir individumda ikkita qutb shaxsiyati mavjuddek, ular faqat galma- galdan ta‘sir etadilar. Ular antagonizmi natijasi bu impulsiv mayl xuruji boshidagi sabablar kurashi hisoblanadi.
Impulsiv xarakterdagi maylning buzilishi soniga dipsomaniya, dromomaniya, piromaniya, kleptomaniya, mifomaniya, koprolaliya, giperseksual xurujlar kiritiladi; beriluvchan (―gembling‖) va kompyuter о’yinlari (―ludomaniya‖) ga mayl.
Dipsomaniya – mastlikka impulsiv mayl; vaqti-vaqti bilan va og’ir qaytariluvchi surunkasiga ichish. Surunkasiga ichish boshlanishi kayfiyatning autoxton surilishi bilan bog’liq. Surunkasiga ichishdan chiqishda kо’pincha keng kо’lamda xotirani yо’qoetish bilan namoyon bо’ladi, chunki vaqtning e‘tiborli qismini Bemor chuqur mastlikda о’tkazadi. Ehtimol, amneziya siqib chiqarish xarakat mexanizmiga egadir. Surunkali ichish о’z holicha kupirlanadi. Dipsomaniya epsilon – dipsomanik alkogolizm singari ba‘zi kasalliklar (siklotimiya, Maniakal – depressiyav psixozi, epilepsiya) simptomi sifatida baholanadi (Jellinek, 1962; Korolenko, 1973). Kamdan-kam hollarda uchraydi, bemorning hayoti davomida 1-2 marotaba.
Dromomaniya (poriomaniya, vagobandaj) – vaqti vaqti bilan yuzaga keluvchi о’zini tuta olmaydigan joyni о’zgartirishga, darbadar kezishga, daydilikka mayllik. Ketib qolish va daydilik sindromi kо’pincha aqli zaiflikda, nevrozlarda, shaxsiyatning buzilishida uchraydi.
Dromomaniya soxta va haqiqiy bо’ladi. Soxta dromomaniya kо’pincha bolalar va о’smirlarda uchraydi, yashash joyini о’zgartirish engib bо’lmaydigan impulsiv mayl yо’qligi bilan farqlanadi. Ota-onalari bilan konflikt vaziyatlardan uydan ketib qolish hollarida qat'iy norozilik, qarshilik reaksiyasi kо’rinishida namoyon bо’lishi mumkin, yoki bо’lmasa, ular biror-bir guruh a‘zolaridan biriga qо’shilib olib, birdamlik hissi ostida u bilan birga daydilik qiladi.
Haqiqiy dromomaniya shash joyining о’zgartirishga engib bо’lmaydigan impulsiv mayilning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Kо’rsatilgan sindromning dinamikasida aniq bosqichilik mavjuddir. Birinchi, reactivli bosqich vaziyatga asoslangan uydan ketib qolish bilan ifodalanadi. Ikkinchi bosqich odatiy, qayd etilgan ketib qolish bilan xarakterlanadi; bunday ketib qolishlarning paydo bо’lishi patologik oshgan mayl bilan tushuntiriladi. Uchinchi bosqichda ketib qolish va daydilik engib bо’lmaydigan, impulsiv bо’lib qoladi (Ivanova, 1972).
Do'stlaringiz bilan baham: |