Bo‘linmalar faoliyatini takomillashtirish ko‘rsatkichlari. BFT asosida bo‘linma faoliyatining sifatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar ro‘yxati tuziladi. Guruh "takomillashtirish ko‘rsatkichlari" deb nomlanuvchi 3 - 5 ta asosiy ko‘rsatkichlarni tanlab olishi zarur. Ularga ko‘ra grafiklar tuzilib, har bir bo‘linmaga osib qo‘yiladi. Har bir grafikda kamida yarim yillik ma’lumotlar va ish sifatining rejalashtirilgan darajasi ko‘rsatilishi kerak. Uch oy davomida o‘rnatilgan nazorat raqamlarga erishilgandan so‘ng, nazorat raqamlari yangilanadi. SHu tarzda bo‘linmalar faoliyati uzluksiz takomillashtiriladi.
Ikki turdagi normativlar o‘rnatilishi mumkin - iste’molchilarning kutishlariga muvofiq keluvchi ishlar sifatining darajasi va nazoratning kelajakdagi maqsadlar bilan bog‘langan me’yoriy hujjatlari. Bunday chizma takomillashtirish bo‘yicha faoliyatni to‘xtatish g‘oyasiga qarshilik qiladi. Ko‘rsatkichlar guruhning yig‘ilishlarida yangilanishi va qayta ko‘rib chiqilishi kerak. SHu tarzda, oraliq maqsadga bosqichma - bosqich erishish hisobiga pirovard maqsadlarga yaqinlashib boriladi.
Muammolarni hal qilish va qarorlarni qabul qilish bosqichi.Bo‘linmalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha guruh kelajakdagi maqsadlarni belgilaydi. Bu maqsadlarga bo‘linma ishining sifat ko‘rsatkichlari majmui sifatida qaraladi. So‘ng muammolarni hal qilish usullari yordamida guruh bo‘linmaning bu maqsadlarga erishish rejasini ishlab chiqadi; takomillashtirishning yangi maqsadlarini belgilaydi va shundan so‘ng yangissikl boshlanadi.
Har safar muammoni hal qilishda guruh sifatning oshishi va harajatlarning kamayishini baholashi kerak. Faoliyatni yaxshilash bo‘yicha boshqaruv kengashiga baholash natijalari to‘g‘risida hisobot beriladi.
Bo‘linmalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha guruhlarning vazifalari.
Bunday guruhlar bo‘linma ishchilari va rahbarlariningyaxshilash jarayoniga qiziqishini oshiradi. Har bir ijrochi faoliyatining natijalariga jamoa sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bo‘linmaning ishchilari sifat va mehnat unumdorligining oshishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shgan a’zolarini qo‘llab - quvvatlaydi. Bu yo‘lda mazkur guruhning rahnamoligi ostida jamoaning norasmiy liderlari rahbariyatga ishlab chiqarish vazifalari, me’yorlarini belgilash va ishlarni rejalashtirish masalalarida murojaat qiladilar. Rahbariyat ishni yaxshilash jarayoniga norasmiy liderni jalb qilib, ba’zi hollarda u orqali bo‘linma ishchilariga sezilarli ta’sir o‘tkazadi.