Bo‘linma ishining sifatini oshirish. Iste’molchilarning didi, talabi doimiy o‘zgarib, takomillashib turadi. SHu sababli, korxona faoliyatining erishilgan sifat darajasi bilan cheklanib qolish yaramaydi. Korxona xodimlari iste’molchilarning kutishlarini hisobga olgan holda mehnatining sifatini uzluksiz oshirib borishi zarur.
Axborotning bo‘linmaga etkazilishi natijasida butun tashkilot uchun ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatga alohida bo‘linmalar jalb qilinadi hamda bo‘linmalar faoliyatining sifati va samaradorligini oshirishga rag‘batlantiradi.
Har bir ish kuni va smenasining boshida bo‘linma rahbarlari va ishchilarining qisqa yig‘ilishini o‘tkazish lozim. Bunday yig‘ilishda rahbar bajarilishi kerak bo‘lgan ishni va sifat muammolarini tahlil qiladi. Bo‘linmaning ishchilari tashkilotdagi va uning tashqarisidagi o‘zlarini qiziqtirgan yoki ularga taalluqli bo‘lgan ma’lumotlarni bilib oladilar.
Boshqaruv tizimi o‘zgarganda yoki yangi turdagi mahsulotni ishlab chiqarishga o‘tilganda ishning faolligi va iqtisodiy holat strategiyasi masalasida uch oyda bir marta yoki undan ham ko‘proq yig‘ilishlar o‘tkaziladi. Bunday yig‘ilishlar xizmatchilar va ishchilarni tashkilotdagi ishlarning holati va kelajakda uning oldida turadigan vazifalar haqida xabardor qiladi.
Nazorat savollari
Nima uchun tashkilot rahbariyatining ishchilar guruhi faoliyatini yo‘naltirib turishi talab qilinadi?
Guruh yig‘ilishlarini o‘tkazish qoidalarini tavsiflab bering.
Bo‘linma faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha guruhning rivojlanish bosqichlariga ta’rif bering.
Tasavvuringizdagi bo‘linmangiz misolida BFT ning namuna sifatida keltirilgan savollariga javob bering.
Nazorat raqamlarini yangilash - asosiy maqsadga erishish vositasi.
Bo‘linmalar faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha guruhlarning afzalliklari va kamchiliklari nimadan iborat?
Sifat to‘garaklarining muvofiqlashtiruvchilarining zimmasiga qanday vazifalar yuklanadi?
Muammolarning tahlili va echimiga bag‘ishlangan yig‘ilishlar uchun berilgan savollar yordamida sifat to‘garagingizning yig‘ilishida kun tartibiga qo‘yilgan masalani muhokama qiing.
Guruhlarning a’zolarini o‘qitishga qanday masalalar kiritilishini taklif qilgan bo‘lardingiz?
Muammolarning salbiy oqibatlari va ularni bartaraf qilish yo‘llari haqida nimalarni bilasiz?
Iste’molchilarning talablarini qondirish va bo‘linma ishining sifatini oshirish yo‘lida olib boriladigan izlanishlarning farqi nimada?