4 - rasm. Virtual laboratoriya mashg‘uloti strukturasi.
Barcha virtual va elektron o‘quv qo‘llanmalari, fan dasturlarining elektron formasi, nazorat testlari fan o‘qituvchilari tomonidan dasturchilar yordamida mos keladigan dasturiy vositalar asosida tuzib chiqiladi.
O‘quv jarayonining virtual nazorat bloki maxsus dasturlar asosida yaratilgan testlardan iborat bo‘lib, test yakunida talabalar olgan bilimini tahlil qilinadi.
Xulosa qilib, aytganda an’anaviy o‘quv jarayonidan farqli o‘laroq virtual ta’limning afzalligi shundan iboratki, bunda talaba o‘quv jarayonida tasavvur qilish, fikr yuritish, tinglash, yozib olishdan tashqari har bir izohlanayotgan jarayon, voqea va hodisalar, ko‘z bilan ko‘rish mumkin bo‘lmagan, tassavvur qilish qiyin bo‘lgan hodisa va jarayonlarni virtuallashtirilgan kompyuter modelida kuzatib turadi. Bundan tashqari har bir sxema, grafik, jadval, formula va murakkab so‘zlar mutaxasislik fanlari bo‘yicha ishlab chiqilgan virtual o‘quv majmualarida aniq namoyon ettiriladi. Talabalar olgan bilimni virtual nazorat orqali tekshirish natijasida vaqt tejaladi. Darsni o‘zlashtira olmagan yoki bilimini yanada mustahkamlash maqsadida talaba mustaqil ravishda virtual o‘quv qo‘llanmalaridan foydalanish imkonyati mavjud.
“SWOT-TAHLIL” METODI
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi.
XULOSALASH (REZYUME, VEYER) METODI
Metodning maqsadi: Bu metod murakkab, ko‘ptarmoqli, mumkin qadar, muammoli xarakteridagi mavzularni o‘rganishga qaratilgan. Metodning mohiyati shundan iboratki, bunda mavzuning turli tarmoqlari bo‘yicha bir xil axborot beriladi va ayni paytda, ularning har biri alohida aspektlarda muhokama etiladi. Masalan, muammo ijobiy va salbiy tomonlari, afzallik, fazilat va kamchiliklari, foyda va zararlari bo‘yicha o‘rganiladi. Bu interfaol metod tanqidiy, tahliliy, aniq mantiqiy fikrlashni muvaffaqiyatli rivojlantirishga hamda o‘quvchilarning mustaqil g‘oyalari, fikrlarini yozma va og‘zaki shaklda tizimli bayon etish, himoya qilishga imkoniyat yaratadi. “Xulosalash” metodidan ma’ruza mashg‘ulotlarida individual va juftliklardagi ish shaklida, amaliy va seminar mashg‘ulotlarida kichik guruhlardagi ish shaklida mavzu yuzasidan bilimlarni mustahkamlash, tahlili qilish va taqqoslash maqsadida foydalanish mumkin.
“KEYS-STADI” METODI
«Keys-stadi» - inglizcha so‘z bo‘lib, («case» – aniq vaziyat, hodisa, «stadi» – o‘rganmoq, tahlil qilmoq) aniq vaziyatlarni o‘rganish, tahlil qilish asosida o‘qitishni amalga oshirishga qaratilgan metod hisoblanadi. Mazkur metod dastlab 1921 yil Garvard universitetida amaliy vaziyatlardan iqtisodiy boshqaruv fanlarini o‘rganishda foydalanish tartibida qo‘llanilgan. Keysda ochiq axborotlardan yoki aniq voqea-hodisadan vaziyat sifatida tahlil uchun foydalanish mumkin. Keys harakatlari o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: Kim (Who), Qachon (When), Qayerda (Where), Nima uchun (Why), Qanday/ Qanaqa (How), Nima-natija (What).
“Keys metodi” ni amalga oshirish bosqichlari
Do'stlaringiz bilan baham: |