Tabiati. Indoneziya ekvatorial kengliklarda joylashgan. Qirgʻoqlari kam parchalangan, botkrkliklar, mangra chakalak-zorlari bor. I. yer yuzasining yarmidan koʻprogʻi oʻrtacha baland va pastqam togʻlardan, Yangi Gvineyada qisman baland togʻlardan (eng baland joyi 5029 m), qolgan qismi allyuvial tekisliklardan iborat. Orollarda 400 dan ortiq vulkan bor, shundan 100 tasi harakatdagi vulkan. Tektonik harakatlar tinmagan. Tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi. Neft, koʻmir, temir, marganes, qalay rudalari, boksit, mis, qoʻrgʻo-shin, rux, alyuminiy, nikel va fosfat konlari bor.
Iqlimi Indoneziyaning katta qismida ekvatorial, Yava o. ning sharqi va Kichik Zond o. larida subekvatorial iqlim. Pasttekisliklarda oylik oʻrtacha t-ra 25—27°. Togʻlarda salqinroq, 1500 m dan balandda yer yuzasi baʼzan muzlaydi. Ekvatorial iqlimli joylarda yillik yogʻin 2000—4000 mm, subekvatorial iqlimli joylarda 2000 mm ga yaqin. Daryolari jan.-gʻarbidan boshqa qismida yil davomida sersuv. Eng yiriklari: Kapuas, Barito, Xari, Kampar, Musi, Mamberamo, Digul. Tuproqlari mamlakat hududining 4/5 qismi (asosan, Katta Zond o. lari va Gʻarbiy Irian) da sernam oʻrmonlarga xos qizil-sariq laterit va togʻ laterit tuproqlar; tekisliklarda tropik botqoqli va lateritli gley tuproqlar. Sohilidagi mangra chakalakzorlarining tuprogʻi botkrkli. Jan. sharqidagi tropik oʻrmonlarda qizil laterit, quruq savannalarda qizilqoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Pasttekislikda va 1300—1500 m balandlikdagi togʻ yon ba-gʻirlarida doim yashil sernam ekvatorial oʻrmonlar (fikus, pandaus va non daraxtlari, palma, paporotniklar, bambuk) usadi. 1300—1500 m va 2600 — 3000 m balandlikdagi mintaqa tor-tropik oʻrmonlar (eman, qora qayin, kashtan, qaragʻay), undan yuqorisi butazor va oʻtloqlar bilan qoplangan. Jan. sharada, asosan, barg toʻquvchi tropik oʻrmonlar (tik daraxti, kazuarin) va savannalar (alang-alang oʻti va yovvoyi shaqarqamish) bor. Indoneziyada maymunlar (orangutan, gibbon, makakalar), kar-kidonlar, fil, malay ayigʻi, tapir, banteng buqasi, kaklik, toʻtilar, tim-soxlar (uz. 7 m gacha), kobra va boʻgʻma ilonlar, echkemar va b. bor. Indoneziyaning sharqiy qismida xaltali qayvonlar, koʻrshapalak, jannat qushi, kakadu toʻtisi uchraydi. Hasharotlar I. ning hamma qismida mavjud, baliq koʻp. Noyob hayvonlarni saqlash maqsadida Sumatra, Kalimantan, Yava va b. orollarda qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Gunung-Lyoser, Komodo-PadarRinko, Ujung-Kulon va b. Bir necha dengiz bogʻlari va qoʻriqxonalar bor.
Aholisi. Indoneziyada 150 ga yaqin elat va etnik guruh yashaydi. Mamlakat aholisining 96% tili, madaniyati va urf-odatiga koʻra malayyapolineziya til oilasining indonez guruhiga mansub. Bulardan eng yiriklari: yavaliklar, sundlar, maduralar, malayyalar, jakartaliklar, achelar, bataklar, dayaklar va b. Bulardan tashqari, Indoneziyada melanezlar, papuaslar, xitoylar, arablar, gollandlar, hindlar va b. yashaydi. Davlat tili — indonez tili. Asosiy din — islom dini. Aholining 80% musulmonlar, 10% xristianlar, qolgan qismi hin-duilik, buddaviylik, konfutsiylik va mahalliy anʼanaviy dinlarga eʼtikrd kiladi. Indoneziya aholisining 2/3 qismi mamlakat hududining 7% ini tashkil etgan Yava o. da. Aholining 70% qishloqlarda yashaydi. Yirik gsaharlari: Ja-karta, Surabayya, Bandung, Semarang, Medan.
Tarixi. Indoneziya — hoz. tipdagi inson (pitekantrop, yavantrop) shakllangan markazlardan biri. Mil. av. 2-a. ga oid yodgorliklar saqlangan. Yava, Malayya o. larida Taruma va Kalinga, Sumatrada Malayyu va Shrivijayya davlatlari tashkil topgan. Ularda hinduilik va buddaviylik tarqala boshladi. Mil. 7-a. da bir necha mayda davlatlar birla-shib, Shrivijayya imperiyasiga aylandi. 8-a. 1-yarmidaYavada Mataram davlati paydo boʻldi. 1025-y. Shrivijayya inqirozga uchradi. 11-a. ning 40-y. larida Mataram Kediri (13-a. dan Singasari) va Jangala davlatlariga boʻlinib ketdi. 1120-y. Kediri ilgari Mataramga qarashli barcha yerlarni birlashtir-di, boshqa orollar ustidan nazorat oʻrnatdi. 13-a. oxirida Singasari yemirilib, uning oʻrnida Majapaxit im-periyasi tashkil topdi (1293 — taxm. 1520). Majapaxit imperiyasi oʻrta asrlarda eng yirik umumindonez davlati boʻlgan.
14-a. da Hindiston va Malakkadan Indoneziyaga islom dini kirib keldi. Arxipe-lagning koʻp qismini egallagan Majapaxit imperiyasi musulmon sultonliklariga boʻlinib ketgach (16-a.), I. hudu-diga yevropaliklar (portugallar, gollandlar) kirib kela boshladi. 1602-y. gollandlar Indoneziyada Ost-Indiya kompan-piyasiga asos soldi. Bu kompaniya mamlakatning talay qismini oʻziga tobe qilib oldi. 1811-y. I. ni inglizlar bosib oldi. Birok, 1814-y. gi Angliya-Niderlandiya bitimiga kura, Indoneziya yana Niderlandiya qoʻliga oʻtdi.
Indoneziya xalqi ajnabiy istilochilarga qarshi kurash olib bordi. Diponegoro boshchiligida Yavada (1825—30), Imom Bajon yetakchiligida Sumatrada (1830 — 39), Acheda (1873—1903) koʻtarilgan qoʻzgʻolonlar tarixda mashhur.
20-a. boshida milliy ozodlik xarakati bir muncha kengaydi. 1908-y. Yavada «Budi utomo» («Oliy maqsad») nomli birinchi milliy tashkilot paydo boʻldi. Golland mustamlakachilariga qarshi 1923-y. temiryoʻlchilarning umumiy ish tashlashi boʻlib oʻtdi. 1926-y. indonez xalqi mustamlakachilikka qarshi qoʻzgʻolon koʻtardi, ammo u bostirildi. 1927-y. Axmad Sukarno rahbarligida Milliy partiya tuzildi. Indoneziya mustaqilligini talab qilib, xalq orasida obroʻ krzongan bu parti-yaning faoliyati takikdandi, Sukarno va uning tarafdorlari qamoqqa olindi (1929). 1931-y. dan Milliy partiya Indoneziya partiyasi deb nomlandi. 1937-y. milliy inkilob tarafdorlari Indonez xalqi harakati (Gerindo) tashkilotini tuzdilar.
1942—45 i. larda Indoneziyani Yaponiya bosib oldi. Yaponiya 2-jahon urushida maglubiyatga uchragach, mamlakat mustaqil Indoneziya respublikasi deb eʼlon qilindi (1945-y. 17 avg.). A. Sukarno uning prezidenti qilib saylandi. Respublika konstitutsiyasi qabul qilindi. Biroq 1945-y. 6 sent. da Indoneziyaga ingliz, keyinroq golland qoʻshinlari bostirib kirdi. Indoneziya xalqi bosqinchilarga qarshi 4 y. kurash olib bordi. Nihoyat, Gollandiya I. mustaqilligini tan olishga majbur buldi (1949-y. noyab.). Biroq u I. mustaqilligiga putur yetkazadigan bitim tuzishga erishdi. Indoneziya 16 xududga boʻlibtashlandi; mamlakat «Indoneziya Qoʻshma Shtatlari» nomi bilan yuritila boshladi, Gollandiya Indoneziyaning bir qismi (Gʻarbiy Iri-an) ni oʻz koʻl ostida saqlab qoldi. Indoneziya xalqi oʻz mamlakatini toʻla ozod qilish uchun kurashni davom ettirdi. 1950-y. 6 avg. da Indoneziya unitar (qoʻshma) davlat deb eʼlon qilindi. Hukumat Indoneziya uchun asoratli boʻlgan bitimlarni tan olmaslik haqida qaror qabul qiddi (1956-y. apr.). 1957-y. ning oxirida Indoneziya hukumati mamlakatdagi ajnabiylarga qarashli barcha korxona, plantatsiya va banklarni oʻz nazoratiga oldi. 1957-y. Sukarno davlatning siyosiy va iqti-sodiy apparatini qayta tuzdi. Prezident dekreti bilan 1945-y. gi Konstitutsiya yana kuchga kirdi (1959-y. iyul). Biroq Indoneziya hukumati va milliy vatanparvarlarga qarshi qoʻporuvchilik harakati toʻxtamadi. 1956-y. Sumatra va Sulavesida ayirmachilar qurolli isyon boshladi. Hukumat qoʻshinlari xalq ommasining yordami bilan isyonchilarni tor-mor qildi (1961). Gʻarbiy Irianni Indoneziya tarkibiga qoʻshib olishni tinch yoʻl bilan hal etolmagach, Indoneziya vatanparvarlari golland bosqinchilariga qarshi qurolli kurash boshladi (1962). 1963-y. 1-mayda Gʻarbiy Irian I. Respublikasi tarkibiga qoʻshib olindi. Prezident Sukarno mamlakat mustaqilligini mustahkamlash, iqti-sodiyotni yuksaltirish, dunyodagi barcha mamlakatlar bilan doʻstlik va hamkorlik yoʻlini tutdi. Ammo ichki siyosiy beqarorlik (harbiylar, ayirmachilar va islom aqidaparastlarining isyonlari), soʻl va oʻng kuchlarning oʻzaro kurashi tobora kuchayishi «1965-y. 30-sentyabr» voqealariga olib keldi. Armiya raxbariyatining raqiblari orasidagi ashaddiy murosasiz arboblar kompartiya rahbarlarining madadi bilan davlat toʻntarishi qilishga urindilar. Ularning xattiharakatlari tor-mor etilgach, Sukarno hokimiyatdan chetlashtirildi va «yangi tartib» oʻrnatishga kirishildi. 1966-y. da general Suxarto muvaqqat (1968-y. dan rasmiy) prezident boʻlib qoldi. Harbiylar boshchiligidagi hokimiyat ichki muxolifatni keskin cheklab, bozor xoʻjaligiga oʻtish orqali iqtisodiy oʻsishni taʼminlash vazifasini qoʻydi. Indoneziya faol tashqi siyosat oʻtkazib, milliy taraqqiyot uchun qulay sharoit taʼminlash yoʻlidan bordi. Yalpi mahsulot i. ch. ni koʻpaytirish surʼatlari oshdi, aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan daromad koʻpaydi.
Suxarto 6-muddatga prezident etib saylandi, biroq 1998-y. boshlarida mamlakat moliyaviy inqirozga duchor boʻldi. Xalq ommasi, ayniqsa, talaba yoshlar bu kulfatda prezidentni ayblab, koʻchalarda norozilik namoyishlari oʻtkazishdi. Shunday bir vaziyatda Xalq maslahat kongressi Suxartoni 7-muddatga yana prezident etib sayladi. Bu voqea xalqning gʻazabini yanada oshirdi va tinch namoyishlar gʻalayon tusini ola boshladi. Prezidenta ing isteʼfo beri sh i haqidagi ta-lablar kuchaydi. Nihoyat, Suxarto isteʼfoga chiqishga majbur boʻldi va konstitutsiyaga binoan 1998-y. 21 may kuni vitse-prezident Burhoniddin Yusuf Habibiy prezident lavozimini egalladi. Ammo uning bu lavozimdagi faoliyati uzoqqa bormadi. Oliy tabaqa arboblarining suiisteʼmollaridan norozi boʻlgan xalq ommasining talabi bilan B. Yu. Xabibiy isteʼfoga chiqarildi. 1999-y. okt. dan Vohid Ab-durahmon, 2001-y. iyuldan A. Sukarnoning qizi Megavati Sukarnoputri prezident lavozimiga saylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |