Qishloq xoʻjaligi — I. iqtisodiyotining yetakchi tarmogʻi. Mehnatga yarokli aholining yarmidan koʻprogʻi q. x. da mashgʻul. Indoneziya tabiiy kauchuk (yiliga 1 mln. tonnadan ortiq) va palma yogʻi (yiliga 2 mln. tonna moyli palma mahsulotlari) i. ch. boʻyicha dunyoda 1-oʻrinda turadi, tropik daraxt yogʻochidan yasalgan buyumlar, tamaki, kofe (yiliga 400 ming t), choy (250 ming t), ziravordorivorlar, shuningdek, baliq (yiliga 3 mln. tonna ovlanadi) va dengiz mahsulotlari yetkazib beruvchi eng katta davlatdir. Asosiy donli ekin — sholi, makkajoʻxori. Ayrim ekinlardan 2-marta hosil olinadi. Chorvachiligida qoramol (jumladan, buyvol), choʻchqa, echki, qoʻy, yilqi, parranda boqiladi. Indoneziya hududining 65% oʻrmon bilan qoplangan boʻlib, qimmatbaho yogʻoch tayyorlanadi.
Sanoati. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi oʻrtacha 20% ni tashkil etadi. Konchilik sanoati byudjet tushmalarining anchagina qismini taʼminlaydi. Yiliga oʻrtacha 576 mln. barrel neft qazib olinadi. Neft konlari, asosan, Sumatra o. da, shuningdek, Yava dengizi va Makasar boʻgʻozida. Indoneziya suyultirilgan tabiiy gazni chetga chiqarishda dunyoda l-oʻrinda (yiliga 90 mlrd. m3 dan koʻproq gaz qazib olinadi), qalay qazib olishda 2-oʻrinda (30 ming t dan ziyod), nikel qazib olishda 4 – oʻrinda (2 mln. tonnadan koʻp) turadi. Kumir, mis, uran rudasining katta zaxiralari mavjud. Oltin, ku-mush, olmos xam qazib olinadi. Mahsulot i. ch. sanoatining asosini isteʼ-mol mollari: gazlama, tayyor kiyim-kechak, poyabzal, charm buyumlar, roʻzgʻorbop kimyoviy mahsulotlar, oziqovqat tashkil etadi. Sholi okdash, tamaki, qand-shakar, choy, yogʻ, ip gazlama, trikotaj, jut, qurilish materi-allari, farmatsevtika va poligrafiya, konditer korxonalari, mineral oʻgʻit va shina z-dlari bor. Hunarmandchilik rivoj topgan. Ilmfan yutuklari va yuksak texnologiyaga asoslangan tarmoqlar: kemasozlik, samolyotsozlik, kimyo, neft kimyosi, avtomobil yigʻish, radioelektronika uzluksiz rivojlanmoqda. Energetika sohasida issiklik va gidroelektrstyalar soni koʻpayib, quvvati oshmoqda. Mintaqada quvvati 200 mVt ga ega boʻlgan birinchi geoter-mal (Yer qaʼridagi issiklikni elektr energiyaga aylantiruvchi) elektr st-ya ishga tushirilgan. Yiliga oʻrtacha 44,3 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.
Hukumat mamlakat iqtisodiyotida muhim axamiyatga ega boʻlgan xorijiy sarmoyani keng jalb etish siyosatini oʻtkazmoqda. 1967—95 y. larda maʼqullangan investitsiyalarning umumiy hajmi 131,4 mlrd. dollarni tashkil etdi, shundan 30 mlrd. dollardan or-tigʻi neft va gaz qazib olishga ishlatildi. Sarmoya, asosan, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Gonkong, AQSH, Singapur, Tayvan, Niderlandiya, Jan. Koreyadan olindi. 1995-y. dan milliy taraqqiyotning yangi 25 y. lik bosqichini amalga oshirishga kirishildi. Bu tadbir Indoneziyani Osiyo-Tinch okean mintaqasidagi yangi sanoatlashgan mamlakatlar darajasiga koʻtarishi moʻljallangan.
Indoneziyada dengiz transporti yetakchi oʻrinda, Portlari: Tanjungpriok (Jakar-ta porti), Surabaya, Palembang, Balik-papan, Ujungpan. Dengiz savdo flotida 3130 ming t dedveyt tonnajga ega boʻlgan 2 mingdan ortiq kema bor. T. y. ning uz. 6,6 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 266 ming km. Gʻarbiy Yevropadan Avstraliyaga boriladigan havo yoʻli Jakarta orqali oʻtadi. Eng katta neft quvurlari: Tanjung — Balikpapan va Tempino — Plaju.
Indoneziya chetga gaz, neft, kauchuk va kauchuk mahsulotlari, qalay, kofe va h. k. chiqaradi. Chetdan isteʼmol mollari, sanoat xom ashyosi, chala tayyor mahsulotlar, mashina va asbob-uskunalar keltiradi. Tashqi savdodagi mijozlari: Yaponiya, AQSH, Singapur, Germaniya. Pul birligi — Indoneziya rupiyasi.
ADABIYOT
Avdeyev A.D., Proisxojdeniye teatra, M.— L., 1959; Stan islavski y K. S, Sobr soch., t. 18, M., 1954-61; Xorijiy teatr tarixi (ruschadan S. Tursunboyev tarjimasi), t. 1—2, T., 1997, 1999; Rahmonov M ., Hamza (oʻzbek davlat akademik drama teatri) tarixi, T., 2000; Qodirov M ., Oʻzbek teatri anʼanalari, T., 1976; Oʻzbek teatri tarixi, T., 2003.
Do'stlaringiz bilan baham: |