II. O’tilgan mavzuni so’rash: Tezkor savol-javob o’tkazish orqali o’tilgan mavzuni takrorlash.
III. Yangi mavzu bayoni:
O`tilganlar og`zaki so'rov va oddiy masalalarni yechish orqali takrorlanadi.
Mavzuni bayon qilishga kirishishdan oldin, darslikning 8-bobida kirishda ko'rsatilganidek, saqlanish qonunlarining umumiy ahamiyatini ta'kidlash kerak. Shu bilan birga muhim fizik tushuncha - jismning impulsi va kuch impulsi tushunchasini kiritish zarurligi ochib boriladi (36-§). Jismning impulsi tushunchasini kiritish uchun Nyutonning ikkinchi qonuni formulasidan foydalanamiz . Tezlanish formulasi . Bundan yoki . - kattalikni impuls, deb yuritiladi. Buni tushuntirishda quyidagi fikriy misolni keltirish foydalidir. No`xatdek keladigan toshchani olib deraza oynasiga tomon chertib yuborsak undan faqat ovoz chiqib sinmaydi. Endi shu toshchani rogatkaga solib otsak, oynani sindiradi. Demak, jismning ta'siri uning tezligiga bog`liq.
Agar katta toshni deraza oynasiga sekingina otsak, oyna sinib ketadi.
Xulosa qilib aytganda, jismning ta'siri uning tezligi ga va massasi (m) ga bog`liq bo`lar ekan. Ikkalasining ko`paytmasi impuls bo`ladi.
Shundan so`ng darslikda keltirilgan suvli stakan va tagiga qo`yilgan varaq misolini qaraymiz. Bundan suvli stakanga bo`ladigan ta'sir kuch (F) kattaligidan tashqari, kuch ta'sir etib turgan vaqt (t) ga ham bog`liq bo`lishi kelib chiqadi.
- kattalik kuch impulsi deyiladi.
Yuqorida chiqarilgan formulani quyidagicha o`qish mumkin. Jism impulsining o`zgarishi kuch impulsiga teng.
Agar kuch o`zgarmas bo`lmasa, u holda formulani faqat kuch kattaligi jihatdan ham, yo`nalishi jihatdan ham sezilarli darajada o`zgarib ulgurmaydigan qisqa vaqt oraliqlari uchungina tatbiq qilish mumkin.
Darslikda keltirilgan qiya novdan dumalab tushayotgan sharchalarning taxtachaga urilishini ko`rsatib, jismning impulsi tushunchasini yaxshigina ko`rgazmali qilib namoyish qilish mumkin.
Yangi tushunchalarni mustahkamlash uchun masalalar yechiladi.
Masalalar:
Massasi 300 g bo`lgan koptok 10 m/s tezlik bilan polga uriladi va xuddi shunday tezlik bilan yuqoriga sapchiydi. Koptok impulsining o`zgarishini toping.
Berilgan:
|
Formulasi:
|
Yechilishi:
|
m = 300 g
= 10 m/s
|
|
|
Topish kerak:
- ?
|
Javob: 6kg × m/s
|
2. Massasi 2,5 t bo`lgan avtomobil o`z tezligini 54 km/soat dan 90 km/soat ga oshiradi. Avtomobil impulsining o`zgarishini toping?
«Impuls» lotincha impulsus so’zidan kеlib chiqqan bo’lib, lug’aviy ma`nosi «turtki» dеmakdir. Mеxanikada bu atama bilan ikkita kattalik bеlgilanadi: kuch impulsi va jism impulsi.
Do'stlaringiz bilan baham: |