II bobga doir qisqacha xulosa.
Mustaqillik yillarida milliy merosimizning ilmiy, axloqiy, tarixiy, milliy va umumbashariy ahamiyati oshib bormoqda. Shu bilan bir qatorda, Imom G'azzoliy ilmiy merosining ham ta'sir kuchi, ta'lim-tarbiyani samarali tashkil qilishning o'ziga xos shaklan va mazmunan bir-biriga mos ravishda ixcham usullarda o'z ifodasini topgan.
Buyuk siymolar singari Imom G'azzoliyning ham ijtimoiy qarashlarini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Uning ilmiy merosida oila, farzand tarbiyasi, ota- ona vazifalari, qo'shnichilik odoblari kabi bir qator dolzarb mavzular o'z yechimini topgan hamda qimmatli axloqiy qoidalar tizimi ishlab chiqilgan. Ulardan bugungi kun ta'lim-tarbiya tizimida foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, milliy merosimiz an'analarini davom ettirib, yurtboshimiz qarashlarida oilaviy munosabatlar o'ta muhim, jamiyat va xalq kelajagi sifatida qaraladi. Buning dalili sifatida I.A.Karimov rahnamoligida ishlab chiqilgan O'zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining XIV bobi oilaga bag'ishlangan. Unda oilaning jamiyat asosi ekanligi, uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy maqomlari, ota-onaning farzandlari oldidagi burch va vazifalari, farzandning ota-ona oldidagi ma'suliyati qonuniy mustahkamlangan. Shuning uchun ham G‘azzoliyning oila borasidagi sotsial ta‘limotlarini o‘rganish bugungi kunda oila mustahkamligi uchun o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi.
48
III BOB. Imom G‟azzoliyning “Ihyou ulumiddin” kitobining empirik tahlili
Muammoning nazariy asosi:
I.A. Karimov o‘zining ―Yuksak ma‘naviyat yengilmas kuch‖1 asarlarida sharq buyuk mutafakkirlar va allomalarning islom madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan betakror xissalari to‘g‘risida so‘z yuritganliklari hammamizga ma‘lum. Shunday sharq mutafakkirlaridan biri Islom olamida ―Hujjatul Islom‖ taxallusi bilan ataladigan Abu Homid Al-G‘azzoliydir. O‘rta asrning mutafakkir ulamolari ilm olish va ta‘lim berishda, ilmlarni tushunishda diniy ilmlar bilan bir qatorda dunyoviy bilimlarni ham zaruriy deb hisoblaganlar. Shuning uhun ham o‘rta asrlarda sharqning ham ma‘naviy, ham madaniy hayotida taraqqiyot g‘arbning taraqqiyotidan ustun turgan. Shuningdek ma‘lumki G‘azzoliy ham diniy, ham dunyoviy bilimlar bilan shug‘ullanganlar. O‘z zamonasida Imom G‘azzoliy tajribiy ilmlarning kelib chiqishi, rivojlanishiga turtki bo‘lgan fikr sohibi sifatida dunyo ilmiy tarixida munosib joy olgan ulkan aql sohibi bo‘lgan musulmon shaxs sifatida mashhur bo‘ldilar. Imom G‘azoliyning ijtimoiy- falsafiy fikrlari g‘arb faylasuflarining qarashlariga ham ta‘sir qilganligini g‘arb sharqshunoslarining G‘azzoliyning ilmiy merosini o‘rganish ustida o‘tkazgan tadqiqotlaridan bilish mumkin.
Hozirgi zamonda globallashuv jarayonida yoshlarni har qanday g‘oyaviy xuruj, mafkuraviy tazyiq, axborot hujumlaridan asray olish bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir. Ushbu maqsad Resnublikamiz Prezidenti aytganidek, "Yurtdoshlarimizni muqaddas islom dini va falsafasi, aziz avliyolarimizning ibratli hayoti, qutlug' qadamjolarga, boshqa diniy konfessiyalarga nisbatan hurmat-ehtirom va bag'rikenglik ruhida tarbiyalash, jamiyatda sog‘lom turmush tarzi, millatlararo
1 I. A. Karimov. ―Yuksak ma‘naviyat-yengilmas kuch‖.- T:2009-yil.(kitob.uz—Php betdan olindi.)
totuvlik, o'zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlaydi".1 Shuning uchun buyuk ajdodlarimizning tarixiy-falsafiy va ijtimoiy-axloqiy merosini o'rganishga Respublikamizda katta ahamiyat berilmoqda. Mustaqillik sharofati bilan tarixiy- madaniy va ijtimoiy-ma'naviy merosimizga bo'lgan ijobiy munosabat natijasida G'azzoliyga oid yangi manbalar chop etildi.
Tarjima bo'lgan asarlarni o'qib sotsiologik tahlil etish, mavzuga oid mavjud yangi manbalarni aniqlab, ilmiy jamoatchilikka tavsiya etish muammosi hozirgi kunda dolzarb bo'lib turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |