Mavzu: Ilmiy-texnikaviy axborotni yig`ish va ajratib olish. Qidiruv tizimlari



Download 159,53 Kb.
bet3/5
Sana07.11.2022
Hajmi159,53 Kb.
#861571
1   2   3   4   5
Bog'liq
12-ma\'ruza

Atmosfera yog‘ingarchiligi uzoq muddat va ko‘p miqdorda bo‘lsa suv omborlarini to‘ldirib, toshishiga, natijada to‘g‘onni yuvilishiga olib kelishi mumkin. 1968 yil 27-28 apreldagi yog‘ingarchilik va sel Toshkent suv omborini to‘ldirib yuborgan, xavfni oldini olish maqsadida favqulodda suv tashlamadan 300 m3/s suv tashlangan, bu suv yo‘ldagi yog‘ingarchilik va sel suvlari bilan bilan qo‘shilib 500 m3/s miqdorida Oqqo‘rg‘on gidrouzeli oldida to‘plangan, so‘ng himoya dambalarini yuvib ketgan.
Ko‘p miqdordagi yomg‘ir to‘g‘onlarni pastki qiyaligini egat shaklida yuvib ketishi, buzushi, yomg‘irni yig‘ib tushirib yuboridigan novlarni buzushi mumkin.
Manfiy haroratda qor bilan yomg‘ir inshootlarni muzlatib, ishlatishni qiyinlashtiradi.
Shamol va to‘zonlar ba’zi holatlarda, respublikamiz sharoitida inshootlarni qum bostirmoqda, yuk ko‘targich jihozlarni ishdan chiqarmoqda. Bunday qum bosish holatlari Qarshi magistral kanali nasos stansiyalari kaskadida, Xorazm viloyati Divanko‘l kollektorida, Buxoro viloyatining GVST kollektorlarida kuzatilgan.
To‘zonlar zatvorlarini ko‘targichlari moyini qotirib, ko‘targichlarni ishlashishini cheklab qo‘ygan holatlar ko‘p o‘chraydi.
Gidrotexnika inshootlarini texnik holatini nazorat qilish (kuzatish) ishlari nazorat – o‘lchov asbob (NO‘A)larini tayyorlash va ularni shahodatlash, kuzatish jurnallarini tutish hamda bevosita kuzatishlarni olib borishdan iboratdir, u ko‘z bilan, NO‘A yordamida va maxsus kuzatishlarni o‘z ichiga oladi.
Ko‘z bilan kuzatish muntazam (doimiy) va davriy bulib har kunlik va loyihada belgilangandek davriy ravishda gidrotexnika inshootlarini texnik holatidagi o‘zgarish va buzulishlarni tavsiloti hamda tasvirini chizib ko‘rib chiqishdan iborat bo‘ladi.
Gidrotexnika inshootlari va ulardagi gidromexanik uskuna hamda qurilmalarning texnik holatidagi o‘zgarishlar, buzulishlar, shuningdek tozalash va ta’mirlash ishlari hajmi, gidravlik elementlarini o‘lchash, NO‘A yordamida, ekspluatatsiyaning dastlabki, birinchi yillarida, deyarli har kuni yoki loyihada belgilangandek, keyingi yillarida esa ishning turiga qarab har 5 – 10 kunda yoki yoki umuman loyihada belgilangan muddatlarda, jurnallarga yozilib, olib boriladi.
Yil boshida kuzatish ishlarini yillik kalendar grafigi (rejasi) tuzilishi lozim, unda har bir gidrotexnika inshooti (gidrouzel)ni texnik holatini kuzatish ishlari turlari ko‘rsatilgan, ularni olib borish muddatlari belgilangan bo‘lishi kerak.
Avariya holatlarida, kuzatish ishlarining yillik grafigidan tashqari, vaziyatdan kelib chiqib, muntazam ravishda, avariya holati bartaraf qilinguncha kuzatish ishlari olib boriladi.
Kuzatish ishlarini natijalari bo‘yicha byeflardagi suv sathlarini o‘zgarish grafigi, inshootlardagi balandlik markalarini vaqt bo‘yicha cho‘kish grafiklari, harakterli stvor (kesim)larni cho‘kish profillari, depressiya egri chizig‘ini o‘zgarish grafigi, mahalliy yuvilishlarni (geologiyasini ko‘rsatib) bo‘ylama va ko‘ndalang profillari, yuvilish va loyqa cho‘kishini gorizontallar orqali ko‘rsatilgan plani (rejasi), suv omborida loyqa cho‘kishini bir birini ustiga tushirilgan profillari, vaqt bo‘yicha suv sarfini o‘zgarishi grafigi, suvni uyurma(vodovorot)si planlari, tranzit oqimlarni planlari, harakterli stvorlardagi tezliklar epyuralari, (vaqt bo‘yicha) choklarni ochilishi grafiklari va loyiha bo‘yicha boshqa shularga o‘xshash grafiklar chiziladi.
Inshootlarni mo‘tadil ishlatish nuqtai nazaridan kelib chiqib barcha o‘lchamlarni loyihaga nisbatan o‘zgarishi tahlil qilinadi, inshootlarni ishonchli ishlashi (otsenka nadyojnosti) baholanadi, ta’mirlash – tiklash, qayta qurish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar beriladi;
Kuzatish ishlari natijalari bo‘yicha hisobot tuziladi, u yillik ekspluatatsion tadbirlar hisobotiga kiritiladi va unga barcha grafiklar va tahlillar, taklif va tavsiyalar ilova qilinadi
Kuzatish ishlarini o‘tkazishni tavsiya qilinadigan davriyligi (muddatlari)
1-jadval


Download 159,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish