Illyustrasiyalar – matndagi tasvir, rasmlar. ularning jadval, diagramma, grafik, sxema, fotosurat, chizma, xarita shaklidagi izoh turlari mavjud bo‘lib, ilmiy ishning mazmunini tushuntirib berishga xizmat qiladi. ular ketma-ketlikda raqamlab beriladi. raqamli belgilar ilmiy axborotda raqam, so‘z raqam,
algebraik shakllarda berilishi mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati (bibliografiya) – ilmiy ishda yoki o‘quv adabiyotida foydalanilgan asarlar ro‘yxatini, shuningdek, ushbu fan bo‘yicha o‘rganishga tavsiya etilgan asarlar, tadqiqot ishlari ro‘yxatini o‘z ichiga olgan bo‘limdir. adabiyotlar asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar qismlariga bo‘linadi va ishning oxirida maxsus ro‘yxatko‘rinishida beriladi. qo‘shimcha adabiyotlar fan mazmuni va o‘quvchilar yoshini hisobga olgan holda tanlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |