Egallangan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlash
Tahlilning aniq texnologiyalari va uslublarini qo‘llash sohasida xususiy bilimni shakllantirish juda muhim. Tahlilning qay darajada batafsil va ishonchli tavsiflanishidan, qay darajada tushunarli, mahorat bilan bayon etilishidan qat'iy nazar, ilmiy tahlil, avvalo, ko‘nikma, malaka va mahoratni talab qiladi. ular ilmiy ishda amaliy ishtirok bilangina shakllanadi. bunday amaliy ishtirok maxfiy ifodalanmaydigan bilimni shakllantiradi, u bilimning eksplitsit shakllarini idrok etish va o‘zlashtirish uchun fond bo‘ladi. Implitsit bilimning mavjudligi bilimdon, ekspertlarning mavjudligi bilan tasdiqlanadi. Bu odamlar darslik, ma'lumotnoma, yo‘riqnoma, maqola, monografiya va hokazolarda qayd etilgan eksplesit bilimlardan tashqari hech kim bilmagandek va qila olmagandek biladilar va qila oladilar. Bu bilim ham boshqaga berilishi mumkin, lekin bevosita namunaga rioya qilish natijasida va bevosita qo‘shma ilmiy faoliyatdagi shaxsiy kontakt asosida vujudga keladi. Shuning uchun ham ilm-fanda ilmiy maktab shu darajada yuqori baholanadi.
Ilmiy maktab so‘z birikmasi ikkita uzviy ma'noga ega. Birinchi ma'nosi ilmiy yo‘nalish; ikkinchi ma'nosi bir qator tadqiqotchilar (ba'zida esa tadqiqotchilarning bir nechta avlodi)ning norasmiy birlashmasi, ular ma'lum ilmiy yo‘nalishni yaratib rivojlantiradilar. Ilmiy maktab odatda original va mahsuldor g‘oyalarni to‘plashga qobiliyatli etakchi atrofida shakllanadi.
Biroq ilmiy maktabning etakchisiga mashhur ko‘zga ko‘ringan olim bo‘lish etarli emas. u ajoyib pedagog, tashkilotchi, o‘z hamkasaba va shogirdlarining tadqiqot faoliyatini birlashtirish va yo‘naltirish, ilmiy dasturlar strategiya va taktikasini ishlab chiqarish qobiliyatiga ega bo‘lishi lozim. Aynan ilmiy maktab doirasida shogird va ustozning hamkorona ilmiy faoliyati amalga oshiriladi. Bu jarayonda shogird nafaqat eksplitsit, balki implitsit bilimga ham ega bo‘ladi. U nafaqat o‘qiydi, balki hozirgi paytda yaratilayotgan ilm-fan, jonli bilim muhitida ishtirok etadi.
Tadqiqotchini ma'lum maktabga mansubligi odatda bu tadqiqotchiga fanning eng qiyin sohasi bo‘lgan ilmiy tahlil uslublariga ega bo‘lish borasida, kengroq aytganda esa, ilmiy tafakkur metodologiyasiga ega bo‘lishda tez va muvaffaqiyatli komillikka erishadi.
Ma'lumki, ijtimoiy-gumanitar va tabiiy fanlarning tadqiq metodlari o‘ziga xos bo‘lib, xususan, filologiya sohasida nazariy-tavsifiy, qiyosiy-solishtirma metodlardan, tillarni o‘qitish sohasida esa umumiy pedagogik, xususiy metodik, eksperimental-tadqiqiy metodlardan foydalaniladi. Pedagogika va metodika yo‘nalishlarida tadqiqotchi avval mavzu doirasidagi ilmiy-nazariy qarashlarni o‘rganib chiqadi, ta'lim jarayonidagi mavjud muammolarni aniqlaydi, so‘ng ularni bartaraf etishga qaratilgan mashq va topshiriqlarni ishlab chiqadi, metod va usullarni tavsiya etadi. tadqiqotchi tomonidan ishlab chiqilgan mashq va topshiriqlar, metod va usullar tajriba-sinovdan o‘tkazilishi va natijalar samaradorligi aniqlanishi kerak bo‘ladi.
Eksperiment–olg‘a surilgan taxminlarning haqiqiyligini, maqsadga yo‘naltirilganligini tekshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi ta'lim oluvchilarda shakllantirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni aniqlashdan iborat. Har bir tadqiqotchi eksperimental tadqiqotni o‘tkazishda mavzuning dolzarbligini va farazidan kelib chiqib, o‘z oldiga qo‘ygan ingliz tilidagi nutqiy kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishga jiddiy e'tibor qaratila boshlandi. bu sohasida ulkan yutuqlarga erishilgan bo‘lsada, unda hanuzgacha qator bahsli hamda o‘z echimini topmagan muammolar mavjud. Bunday muammolardan biri til o‘rganuvchilarni, xususan pedagogik ta'lim yo‘nalishida ingliz tilini o‘qitishda talabalarning ijtimoiy-madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali texnologiyasini ishlab chiqishdan iboratdir.
Eksperimental tajribalarni o‘tkazish maxsus dastur asosida tashkil etiladi. Buning uchun, avvalo, tajriba-sinov dasturi ishlab chiqiladi, tajriba-sinov hududlari va bosqichlari aniqlanadi. Tajriba-sinov dasturida har bir bosqichda o‘tkaziladigan tajriba ishlari belgilab olinadi. Quyida tajriba-sinov dasturi namunasini ko‘rib chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |