Xulosalarni ifodalash - bu natijalarni ifodalashdir. Bundan tashqari xulosalar
bu asosiy qismga taqqoslagan holdagi natijalarni tavsiflashdagi yangi nuqtai nazardir. Ular bir-birlari bilan o'zaro taosirda umumlashtirilib anglaniladi.
bundan tashqari fanda olingan boshqa natijalar bilan ham taqqoslanadi. Bu xulosalarni ifodalashda asosiy qismda taqdim etilmagan yangi material birdaniga paydo bo'lib qoladi degani emas. aksincha, xulosalar mazkur tadqiqotda mazkur muallif tomonidan topilgan barcha yangiliklar mujassamlashgan holda aks
etadi va bu mujassamlikda ilmiy tadqiqot ishining zaruriy tuzilmaviy komponenti sifatidagi xulosalarning mohiyati mavjuddir. Natijalardan tashqari xulosada mazkur ishda erishilgan yutuqlar tufayli keyingi tadqiqotlarning aspekt va yo'nalishlari ko'rsatilgan bo'lishi mumkin. Ya’ni amalga oshirilgan
tadqiqotlarning istiqbollari aniqlanishi, olingan natijalarni qo'llanish sohasi tavsiflanishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |