II Bob: Imiy tadqiqot xususiyatlari.
1. Ilmiy tadqiqot ishlarining tuzilmaviy xususiyatlari
Ilmiy ishning tuzilmaviy xususiyatlari fikrning mantig‘i
bilan belgilanadi va matnning tuzilmaviy unsurlari, kompozitsiya
va rubrikasiyasini belgilab beradi. Ilmiy tadqiqot, izlanish
jarayonini quyidagi tartibda borishini ko‘rsatib o‘tish mumkin:
Talqiqot mavzusi va sarlavhasini aniqlash;
Tadqiqotning dolzarbligi, yangiligi, ob'ekti, predmeti;
va uslubini asoslab berish;
Tadqiqot jarayonini tasvirlash;
Xulosalar chiqarish va umumlashtirish;
Bularning barchasi ilmiy ishlarning kompozitsiya va
rubrikasini belgilab beradi. Biroq ular fan sohasi, janriga va
muallif uslubiga ko‘ra o‘zgarishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |