Ilmiy tadqiqotlar strukturasi. Ilmiy izlanishlar (tadqiqotlar) – obyektiv
borliqni, qonuniyatlar va real dunyo voqeliklari orasida bog‘liqlikni anglab
yetish – bilish jarayonidir.
Ilmiy tadqiqotlarning asosiy turlari – fan va
ishlab chiqarishning o‘zaro bog‘liqlik sxemasi
Ilmiy muammo – hal qilinishi talab etilayotgan nazariy va amaliy
masala bo‘lib, usiz ilmiy tadqiqot ishlarini bajarib bo‘lmaydi.
Texnika yo‘nalishida ilmiy muammolar, ishlab chiqarish texnik vositalari
va jarayonlarini u yoki bu jihatdan ma’lum talablarga javob bermayotganidan
energiya va boshqa resurslarni sarflarining yuqoriligi tufayli yuzaga keladigan
va yechimi jamiyat taraqqiyotida zarur bo‘lgan masalalardan iboratdir.
Ilmiy muammolar fanda oldingi erishilgan natijalar orasidan o‘sib chiqadi.
Masalan. Elektr motorlarni yaratilishi ko‘plab fundamental, amaliy va ishlanmalar
natijalari bilan bog‘liq bo‘lib, undan foydalanish jarayonida turli xil faktorlar
ta’sirida ularni buzilmasdan ishlash muddati balgilangan muddatdan ancha
past bo‘lib kelayotgani ularni ekspluatatsion ishonchliligini oshirish
5
muammosini keltirib chiqaradi. Yuzaga kelgan ilmiy muammolarni
yechimini topishda yangi bilimlar kerak bo‘ladi va bunga esa ilmiy izlanishlar
natijasida erishiladi. Har qanday ilmiy muammo ikkita uzviy bog‘langan
elementni o‘zida mujassam qiladi: birinchisi, biz nimanidir bilishimiz
(voqelik, jarayon, energetik qurilma va h.k.lar) ular haqida obyektiv bilimga
ega bo‘lishimiz, ikkinchisi, yangi qonuniyatlar yoki oldingi olingan bilimlarni amalda qo‘llashni prinsipial yangi usulini yaratish imkoniyati haqida farazga ega bo‘lishimizkerak.
Ilmiy muammoni qo‘yish – muammoni izlash, muammoni qo‘yish va
rivojlantirish (kengaytirish) bosqichlarini o‘z ichiga oladi.
Muammoni izlash – ilmiy muammoni yuzaga kelishi ijtimoiy, iqtisodiy
va texnik asoslar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ijtimoiy asosga ega bo‘lgan
energetik muammo sifatida ekologik toza energiya ishlab chiqarish, muhitni
ifloslantirmaydigan ichki yonuv dvigatelini yaratish bilan bog‘liq muammoni
misol qilib olishimiz mumkin. Ayrim muammolar unchalik ravshan
bo‘lmasada, shubhasiz bo‘lib, yirik ilmiy texnik muammolar sirasiga kiradi.
Masalan, o‘ta yuqori o‘tkazuvchanlikka ega elektr energiyasini uzatish
tarmog‘ini yaratish yoki bo‘lmasa quyosh energiyasidan elektr energiyasi
olish samarasini oshirish va h.k.lar. Ushbu yirik ilmiy texnik muammolar
tarkibiga ko‘plab mayda muammolar kirib ketadi. Amaldagi natijalar kutilgan
ko‘rsatkichlardan keskin farq qilishi natijasida muammolar yuzaga kelishi
6
ko‘p uchraydigan holdir. Masalan, nazariy va amaliy bilimlar asosida aniq
va mukammal bajarilgan hisoblar bo‘yicha yaratilgan elektrotexnik qurilma
yoki uskuna, ulardan muayyan bir sharoitda foydalanish davomida teztez ishdan chiqib turishi, qurilma yoki uskuna pasporti belgilangan energetik ko‘rsatkichlarni amaldagidan farq qilishi va h.k.lar. Elektrotexnik uskunalarning texnik ishonchliligini, ekspluatatsion samaradorligini o‘rganish bilanbog‘liq, zaruriyat elektrotexnik uskunalar va elektrotexnik qurilmalarning ekspluatatsion ishonchliligini oshirish muammosini yuzaga keltiradi. Ilmiy muammolarni izlash va shakllantirishda ularni yechish uchun o‘ylab qo‘yilgan tadqiqotlardan kutilayotgan natijalarni amaliyot ehtiyojlari (talablari) bilan o‘zaro munosabati quyidagi uchta prinsipga mos kelishi muhimdir:
– belgilab olingan yo‘nalishda, ushbu muammoni yechimisiz texnikani
kelajak rivojlanish imkoni bormi?
ko‘zda tutilgan tadqiqotlar natijasi texnika sohasiga aniq nima beradi?
– belgilangan ilmiy muammo bo‘yicha olib boriladigan tadqiqotlar
natijasida olinishi ko‘zda tutilayotgan bilimlar yangi qonuniyatlar, yangi
usul, texnologiya va texnik qurilmalar bugungi kundagi fan va texnikadagi
mavjudlariga qaraganda (nisbatan) katta amaliy ahamiyatga egami?
Do'stlaringiz bilan baham: |