2. AMALIY MASHG‘ULOT TOPSHIRIQLARI:
1 - TOPSHIRIQ
|
Berilgan matnni o‘qing. Tilshunoslikka oid terminlarni ajrating, ularni izohlang.
Yangi imlochilar tomonidan qabul qilingan unli harflarni joriy alifbomizdagi unlilar bilan qiyoslang.
“Chig‘atoy gurungi” a’zolarining alifbo va imloga kiritgan tuzatish va yangiliklarini ko‘rsating.
|
Elbek
Imlo masalasi
(Ishtirokiyun, 1920-yil 19-sentabr, 193-son)
Qoldi emdi cho‘zg‘i masalasi. Bu masala yangichilar bilan eskichilar orasida tortishilg‘on hamza (ﺌ), alif ( ا ) masalalaridan ham kerak bo‘lg‘onlig‘i uchun bu nuqtada har bir kimsaning uzoq o‘ylab, ishka kirishuvi kerak bo‘ladir. Bundan bir necha yil burunlar shul imlo to‘g‘risida bir necha topqir tortishqon Tatariston imlochilari bu kunda yeti cho‘zg‘ini qovul etib, shuning bilan yozmoqdalar.
Yeti cho‘zgi degan narsamiz: و , ﯘ , ﺎ , ﮫ , ى , ي , ى cho‘zg‘ilari bo‘lub, bulardan «و » qolin o‘tru, «ﯘ » ingichka o‘tru ataladur; bularning har birlarining ishlari bir harfning so‘ngig‘a kelib, oni olg‘a cho‘zmoqdur: قول (qo‘l), قول (qul) so‘zlari kabi.
2 nchi ust cho‘zgilar bo‘lub, bulardan « ﮫ » bir harfni ustiga qisqa, « ﺎ » cho‘zg‘isi esa qolin cho‘zadir. Shuning uchun bularni «ust cho‘zg‘ilari» deb yurutiladur: بار (bor), كة ل (gal) kabi.
nchi ost cho‘zgilar bo‘lib, bular harfning ostiga qarab cho‘zilmog‘iga sabab bo‘lg‘onlari uchun ost cho‘zg‘ilari otaladurlar.
Biroq, ost cho‘zg‘ilar harflarning cho‘zuluvidag‘i tovushlarga qarab 3 ga bo‘linadurlar. Qolin ost cho‘zg‘i (ى), ingichka (ى), qisqa ost cho‘zg‘i (ى). كيل (kel), ى يازد (yozdi), سيللة (sila) kabi. Mana, shul yeti turli cho‘zg‘ilarning qisqa ost cho‘zg‘isidan bo‘lagi Chig‘atoy gurungi tomonidan qovul etilgan bo‘lub, hozirda ham ul olti cho‘zg‘i bilan kelmakdalar. Qisqa cho‘zg‘ini qovul qiluv, qilmov ishi oyrucha bir masala bo‘lg‘onlikdan bu hozir shunday holda qolib turadur.
Chig‘atoy imlosin ichkari Rusiya imlosidan oyiraturg‘on bir yo‘l bo‘lsa, ulda olarning eshitilgancha yozib, bularning esa bir negiz (qoida) ostiga kirib yozishlaridur.
Bu to‘g‘rida Chig‘atoy gurungining tuzgan qoidasi juda o‘rinli topiladur. Zero, har bir ish uchun bir yo‘l, bir negiz bo‘lurg‘a tegishdur. Negizsiz yozilg‘on narsalardan buyuk kamchiliklar topmoq mumkindur. Biroq, shunisida borkim bu yerdagi tuzilgan imlo qoidasi yolg‘uz turkcha so‘zlar uchun bo‘lub, arabcha, forsiycha so‘zlar mundan tashqari aytilmishdur. Yaxshisi, bu qoidanida yalpi (umumiy) qilmoq kerak edi. Chunki bolalar shul qoidani o‘rgangach, albatta shul yo‘lda yoza boshlarlar. Bu vaqt olarning qorshularig‘a qanday so‘z kelsa kelsun, «tonimag‘onni siylamas» deb bir turli muomila qilmoqlari aniqdur. Bu holni ko‘zda tutqoch shul qoidani qattiq o‘rnashtiruv uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri oni yot so‘zlarg‘a ham yurutuv kerak bo‘ladi. Yo‘qsa turkcha uchun tuzilgan qoidanida buzub, totorlar kabi eshitilgancha yozuvdan o‘zga chora qolmaydur. Ish shu yerga yetib kelgach: man yana ilgarigi fikrimga qaytib, yot so‘zlar turkcha harflar bilan yozilsun deganim kabi, yot so‘zlarg‘ada turkcha qoida qo‘yulsun, ya’ni olarnida shul turkcha uchun tuzilgan qoida ostig‘a kirgizilsun deyman. Zero, bir tilning jilolanuvi va oning ochunda borlig‘in ko‘rsatuvi boshqalarni o‘zig‘a bo‘ysundurub, olarnida o‘z yo‘lig‘a yurguzmak bilan boshlanur. Mundan bir necha yuz yil burun yozilib qoldirilg‘on odat qoidalari bu kungacha bizning oramizda ro‘l o‘ynab kelgan ekan, mundan so‘ng bizning qoida ham boshqalarning orasida ro‘l o‘ynasun. Nega kim: bu zamon ezilganlarning zamonidur.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |