Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши



Download 1,63 Mb.
bet66/72
Sana14.12.2022
Hajmi1,63 Mb.
#885776
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72
Bog'liq
Ozbek tilining imlo muammolari НАШР 01.12

SINGARMUNIZM TO‘G‘RISIDA
Singarmunizm turk-totor tilining tabiiy tiligidur. Lekin zomonning o‘tishi, jo‘g‘rofi(y) ahvollarning o‘zgarishi, bir qavmning boshqalar bilan aralashishi va ularning tillarining ta’siri orqasida bu xususiyat turk lahjalarining bir xillarida yo‘qola borg‘on (ozorbayjon, anqara turklarida).
Bu xususiyatni saqlab qolg‘onlar: qozoq, qirg‘iz, nug‘oy, boshqirt, totor, turkman va o‘zbaklardur.
Bizda sigarmunizm yuz foiz bo‘lg‘usidir. Tilimizga aralashg‘on ajnabiy so‘zlarni ham o‘z qoidamiz (singarmunizm)g‘a buyin sundiramiz. Bundan bo‘yin tovlaydurg‘onlari o‘rnig‘a o‘z tilimizdan so‘zlar topishg‘a harakat qilamiz.


g‘ijjak, g‘altak, g‘ildirak, pildiroq, yolak (bu so‘zlarning «yo‘lak»dan boshqasi o‘zbekcha bilan forsiycha o‘rtasida o‘rtoq so‘zlar bo‘lib, «yo‘lak» vaularningham oxirlaridag‘i «ak», «oq» qo‘shimchalari tom forsiychadur. Bularni singarmunizmga tobe qilsaq, «g‘ijjaq, g‘altaq, pildirak, g‘ildiroq, yo‘loq» bo‘lib xalq onglamaydurg‘on nusxag‘a kirib ketish ehtimoli bor. Shuning uchun bundoqlarni mustasno qilamiz. Bundoq mustasno bo‘lg‘uchilar tilimizda ko‘pchilikni tashkil etmaydirlar) singari o‘zlashgan forsiy so‘zlari (yoki forsiycha qo‘shimcha qo‘shilgan so‘zlar)ni o‘zgartmasdan singarmunizm qoidasidan mustasno qilamiz.
Singarmunizm masalasini biz shu ravishdahal qilamiz.


BOSH HARFLAR TO‘G‘RISIDA
Bosh harf masalasi o‘stida bir oz to‘xtab o‘tishgato‘g‘rikeladir.
Ittifoqimizda yangi alifbe qabul qilingan jumhuriyatlarning ko‘pchiligi bosh harf qabul qilg‘on holda, Qirg‘iziston bilan bizning qabul qilmasligimiz yangi alifbeda birlik usulini buzishdur. Shuning uchun bu masalanihal qilishimizjudazarur.
Yangi alifbe qo‘mitasining bo‘lib o‘tgan yoppa yig‘ilishlarida bu to‘g‘rida ancha muzokaralar bo‘ldi. Ko‘pchilik shung‘a tarafdor bo‘lg‘oni holda, bizning O‘zbekiston bilan Qirg‘iziston qarshi turdi. Bunda so‘zlangan so‘zlar bilan tanish bo‘la turib, biz bosh harfni olding‘a suramiz.
Eski arab alifbesida bosh harfning yo‘qlig‘i - husni, yaxshilig‘i emas, balkiuning kamchiligi edi.
Bu kun butun Ovro‘po yozuvida bosh harf ishlatiladi. Sharq ellaridan arab alifbesi mang‘ulcha, tibetcha, xitoycha, yapunchada ishlatilmaydi, xolos.
Bizda qabul qilinmaslig‘ig‘a keltirilg‘on dalillarning eng zo‘ri: alifbe o‘rganish va o‘rgatishda ortiqcha qiyinliq tug‘diradi ham bosmaxona harfterguchilarigamashaqqat bo‘ladi,- emish!


Bung‘a biz: «Ovro‘poliklarg‘a qiyinliq keltirmagan, bizga keltirarmi edi?» - deb o‘turmasdan, ishning amaliy tomonini aytib, so‘ngra ung‘a javobberamiz.
Bosh harf ishlatiladurg‘on o‘rinlar: 1) jumla boshi; 2) maxsus ismlar; 3) jug‘rofiy o‘rinlar ismi; 4) alohida hurmat ko‘rsatiladurg‘on mazmunlar ham sog‘liqni saqlash, kimyo va riyoziyot fanlarining fo‘rmulalarida.
Jumla boshida qo‘yilishining ahamiyati: a) mutolaa vaqtida nuqtadan boshqa harflarning oxiri aniq ko‘rinib turadur; b) harf terilgan vaqtda, ehtimol, nuqta terilmay qolar yoki terilgan bo‘lsa ham ezilgan nuqta qo‘yilgan bo‘lib, yozilg‘onda chiqmay qolar. Bosh harf bo‘lsa, mana shundoq hollarbo‘lg‘onda ham jumlaning tamombo‘lg‘oni bilinib turar. Agar bosh harf bo‘lmasa, shundoq holda, ikki-uch jumlaning (bosma mayizdak) bir-biriga qo‘shilib ketish ehtimolibor.
Maxsus ismlarga qo‘shilishning ahamiyati: a) ko‘b joy, qishloq va kishilarning oti oddiy so‘zlardan bo‘lur. Masalan: «Yangi qishloq ahli arzga keldi» desak, yangi bino qiling‘on qishloq ahlimi yoki «Yangi qishloq» degan qishloq ahlimi? Bosh harf ishlatilganda, bundoq shubhaga hech yo‘l qolmaydur. b) «Bozor keldi» deyilsa, «bozor kuni ham keldi» degani bo‘ladimi yoki «Bozor» degan odam edi, o‘sha keldimi? Ma’lum emas. Bosh harf ishlatilsa, bundoqlarg‘a ishtiboh qolmaydur.
Yana kishi mutolaa qilgan narsasida, keyin ko‘rmakchi bo‘lg‘on jumla yoki kishi bo‘lsa, bosh harf bo‘lg‘onda darrov topadur. Paypaslanib o‘tirmaydur.
Bundan boshqa o‘rinlar juda ko‘p.
Jug‘rofiy o‘rin ismlari, kimyo ham boshqalarning formalalarida bosh harf ishlatishning ahamiyati yuqoridag‘ilardan kam emas. Ular uchun dalil keltirishnimaqola uzaymasunuchun lozim ko‘rmadim.
Bosh harf oling‘onda harf kassasining xonasi ko‘payishi, o‘qish va o‘qitishuchun qiyin bo‘lishi to‘g‘risida manabuni aytamiz:

Bosh harf oling‘onda ham kassa xonasi 80 dan oshmaydur. 80 xonaliq kassa juda ixcham, hamma xona murattibining burni ostida, qo‘li ortiq cho‘zilmaydurg‘on darajada bo‘ladur.


Demak, hech bir qiyinliq yo‘k. Ovro‘palik kassasi ham bundan katta.O‘qish-o‘qitish to‘g‘risig‘a kelganimizda, bosh harfni maktablarda ikkinchi yildava undan keyin o‘rgatsaham mumkin.
Bosh harf-satr harfining katta shakli qilib olinsa, birinchi yildan boshlab o‘rgatilganda ham qiyinlik qilmaydur.
Bosh harfta’lim-tarbiya jihatidan to‘g‘ri kelmaydi emas, balki bosh harfva bosh harflikitoblar bolalarni o‘zigajalb qiladi.
Ilmiy konferensiyadan qilinadurg‘on tilaklar bayon qiling‘on har qaysi bob oxirida va ichida aytilib o‘tdi. Masalaning ikir-chikirlari konferensiyadahal bo‘lur.
“Qizil O‘zbekiston”, 1929-yil 31-mart, 73-son

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish