VIII. Tire
Tire quyidagi o‘rinlarda ishlatiladi:
1. Ot, son, olmosh va harakat nomi bilan ifodalangan ega bilan kesim orasida. Bundaular orasida -dir bog‘lamasi bo‘lmaydi:
Yoshlar tarbiyasi, bu – o‘ta qiyin vamas’uliyatli ish.
Toshkentning, haqiqatan ham, ajoyib o‘tmishi bor. U – yer yuzidagi eng qadimiy shaharlardan biri. Uningtarixi – jahon tarixiningbirqismi.
Yurgan – daryo, o‘tirgan – bo‘yra.
Ikki o‘nbesh – bir o‘ttiz.
Yuksakma’naviyat – yengilmaskuch.
Ma’naviyatga tahdid – o‘zligimiz va kelajagimizga tahdid.
Chunki bu hol har bir xalq uchun eng qimmatli narsaga – kelajakka bolta uradi.
O‘zbekiston – ko‘p millatli respublika.
Ona tili – millatning ruhi.
2. So‘zlar yoki sodda gaplar bir-biriga tenglashtirilganda,
o‘xshatilganda, izohlashyo‘li bilan qiyoslanganda:
Mazkur qonun Prezident – Davlat boshlig‘i bilan qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat tarmoqlari o‘rtasida yanada mutanosib konstitutsiyaviy vakolatlar taqsimotini ta’minlashga qaratilgandir.
Ayrimvakolatlar Prezidentdan Senatga – Parlamentimizningyuqori palatasiga vamamlakatimiz VazirlarMahkamasiga berilgan.
Respublikada oliy malakali mutaxassislar – fan doktorlari juda-juda yetishmayotganligisezilmoqda.
Suv keldi – nurkeldi.
3. Uyushiqbo‘laklardan keyin kelganumumlashtiruvchi so‘zdan oldin:
Paxta, g‘alla, pilla – bularmehnatkash xalqimizning peshana teri bilan bunyod bo‘ladi.
4. Dialog tipidagi ko‘chirma gaplarda:
– Qushlar qayoqqa ketishayapti?
– Qish bo‘lmaydigan taraflarga.
IX. Qo‘shtirnoq
Qo‘shtirnoq quyidagi o‘rinlarda qo‘yiladi:
1. Madaniy-maishiy va savdo korxonalariga, adabiyot va san’at asarlariga, sanoat va oziq-ovqat mahsulotlariga, shuningdek, transport
vositalari, sport inshootlariga qo‘yilgan nomlar bosh harf bilan
qo‘shtirnoq ichidayoziladi:
«Tong» (mehmonxona), «Saodat» (firma), «Navro‘z» (xayriya jamg‘armasi), «Kamalak» (matbaa birlashmasi), «G‘uncha» (bog‘cha), «Botanika» (sanatoriy), «Paxtakor» (stadion), «Qutlug‘ qon» (roman), «Dilorom» (opera), «Tanovar» (kuy), «Ozodlik» (haykal), «Jasorat» (yodgorlik), «Sino» (sovutgich) kabi.
2. Ko‘chirma gaplarni ajratib ko‘rsatish uchun:
“O‘rtoq Ahmedov, – dedi O‘rmonjon, – ertaga bayramoldi majlisimiz bo‘ladi”. (A.Q.)
Ayrim so‘z va birikmalar ham qo‘shtirnoqqa olinishi mumkin. Qo‘shtirnoqqa olinga bu xil so‘zlar ko‘chma ma’noda yoki kinoya tarzida qo‘llanishi, shartlinomyoki taxallusbo‘lishimumkin:
Biz o‘shanda chetdagi «maslahatchi»larning «dono kengashlari»dan emas, balki xalqimizning xohish-irodasi, yurtimizdagi haqiqiy vaziyatdan kelib chiqqan holda og‘ir-vazminlik bilan, har tomonlama chuqur o‘ylabsiyosatolib bordik.
Ko‘pchiligimiz Amir Temur qiyofasinisho‘rolardavrida antropolog – haykaltarosh M. Gerasimov «yaratgan» qo‘rqinchli byust orqali bilardik, xolos.
Afsuski, hukmron mafkuraning sobiq SSSR hududidagi barcha xalqlar madaniyatini «yagona sovet madaniyati» degan sun’iy g‘oya ostida birlashtirishga qaratilgan siyosati tufayli bu ijobiy tajriba nihoyasigayetmasdan qolib ketdi.(I.Karimov)
X. Qavs
1. Ifodalanayotgan fikrga yoki uning biror bo‘lagiga qo‘shimcha izoh beruvchi so‘z va iboralar qavsga olinadi.
Liberalizm (lot. Liberalis – erkin) yaqin paytlargachako‘proqsalbiy mazmunga ega edi va ortiqcha toqatlilik, haddan tashqari muruvvatlilik, zararli beparvolik, murosachiliksifatida talqin qilinaredi.
«Siyosiy madaniyat» atamasi nemis faylasuf-ma’rifatparvari I. G. Gerder (1744-1803) tomonidan ilmiy muomalaga kiritilgan.
Yaponiyada esa xodimning xizmat doirasida ko‘tarilishi yonlama (gorizontal) xususiyatga ega.
2. Ifodalanayotgan fikr yoki uning biror bo‘lagiga aniqlik kirituvchi so‘z va iboralar,raqamlar qavsga olinadi.
Shular qatorida 2011-yilda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining ayrim moddalariga (78, 80, 93, 96, 98- moddalar) o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish sohasidagi g‘oyat muhim qadam bo‘ldi.
NAZORAT SAVOLLARI:
1. Jadid ma’rifatparvarlaridan kimlar o‘z asarlarida tinish belgilari
haqidama’lumot bergan?
2. Punktuatsiya bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib borgan hozirgi o‘zbek
tilshunoslaridan kimlarni bilasiz?
«Hozirgi o‘zbek adabiy tili» kursining qaysi bo‘limida tinish
belgilarining qo‘llanish qoidalari o‘rganiladi?
3. Vergulva nuqtalivergul qaysi holatlarda qo‘yiladi?
4. Gapda tire qaysi holatlarda qo‘yiladi?
5. Qaysi holatlardatinish belgilari qo‘sha qo‘llanadi?
6. Qaysi tilshunos olimlar o‘zbek punktuatsiyasining shakllanishiga
hissa qo‘shdilar?
7. Gapda qanday holatlarda qavs ichida so‘roq belgisi (?) qo‘yiladi?
8. Qo‘shtirnoq belgisi qaysi holatlarda qo‘yiladi?
9. Gapda qanday holatlarda ko‘p nuqta qo‘yiladi?
10. Qavs qaysi o‘rinlarda qo‘yiladi?
11. Gapda qanday holatlarda qavs ichida undov belgisi (!) qo‘yiladi?
AMALIY MASHG‘ULOTLAR MATNI
1-МAVZU
ARAB GRAFIKASIDAGI O‘ZBEK YOZUVINI ISLOH
QILISH MUNOSABATI BILAN BO‘LIB O‘TGAN ALIFBO-IMLO BAHSLARIGA OID MATERIALLAR USTIDA ISHLASH
Amaliy mashg‘ulot mazmuni: O‘rganilayotgan davr alifbo-imlo bahslariga oid materiallar mazmunini o‘rganish, buning yuzasidan topshiriqlarni bajarish. “Chig‘atoy gurungi”ning unli tovushlar uchun belgilagan harflarni ajratish, ularning imlo qoidalaridagi yangiliklarni aniqlash.
Mashg‘ulot rejasi:
1. Mavzuga doirnazariybilimlarni tekshirish.
2. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘inibajarish.
3. Amaliy mashg‘ulot topshirig‘initekshirish va baholash.
1. MAVZUGA DOIR NAZARIY BILIMLARNI TEKSHIRISH UCHUN NAZORAT SAVOLLARI:
1. “Chig‘atoy gurungi” tashkilotihaqidama’lumot bering.
2. “Chig‘atoy gurungi”ning alifbo va imlo islohotlari nimalardan
iborat?
3. Yangi imlochilar taklif etgan o‘zbek alifbosida nechta unli va undosh harfbor?
4. Eskiva oʻrta imlochilarnegayangi imloga qarshi bo‘ldilar?
5. O‘tgan asrning 20-yillari boshida alifbo va imloga doir o‘tkazilgan qurultoy vakonferensiyalar haqidama’lumot bering.
6.Jadid ziyolilari nega arab yozuvi asosidagi alifbova imloning islohi uchunkurashdilar? Bu sohada qandaynatijalarga erishildi?
7. Milliy ziyolilar arab yozuvining islohi masalasida nega birlikka erisha olmadilar?
8. Bu davrda alifbo va imloning islohi bilan jiddiy shug‘ullangan qaysi jadid ma’rifatparvarlarini bilasiz? Ularning amalga oshirgan ishlarini aytib bering.
9. Bu davrda qaysi mualliflarning o‘zbek alifbosi va imlosiga doir qo‘llanmayoki darsliklarimavjud?
10. Turkiston o‘lkasida alifbo va imlo islohoti zaruriyatini keltirib chiqargan omillar nimalardan iborat?
11. O‘tgan asrning 20-yillar boshida yozma nutqda qanday tinish belgilari ishlatilgan?
12. “Eski imlochilar”, “o‘rta imlochilar” va “yangi imlochilar” tushunchalarini izohlang.
2. AMALIY MASHG‘ULOT TOPSHIRIQLARI:
1 - TOPSHIRIQ
|
1. Berilgan matnni o‘qing. Tilshunoslikka oid terminlarni ajrating, ularni izohlang.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |