2. Punktuatsiya (tinish belgilari) tushunchasi, ularning turlari (shakllari)
PUNKTUATSIYA (lot. punctum – nuqta; kichkina dog‘): 1) alifbodan tashqari bo‘lgan grafik belgilar (tinish belgilari) tizimi bo‘lib, grafika va orfografiya (imlo) bilan birgalikda yozma tilning asosiy vositalarini tashkil etadi. Punktuatsiyaning asosiy vazifasi yozma (bosma) matnni qismlarga ajratish, grafik jihatdan shakllantirishdir; 2) yozma matnni punktuatsion rasmiylashtirishni tartibga soluvchi, har bir til uchun tarixan shakllangan qoidalar, me’yorlar; 3) punktuatsiya tizimi qonuniyatlarini, shuningdek, tinish belgilarining qo‘llanish me’yorlarini o‘rganadigan tilshunoslikbo‘limi.
Muayyan milliy til grafikasi (yozuvi) 2 xil vositadan: harflar (alifbo) va tinish belgilari (punktuatsiya) tizimidan iborat. Punktuatsiya tarixi, punktuatsion tizimning paydo bo‘lishi, tinish belgilarining soni turli tillarda turlicha namoyon bo‘ladi. Masalan, punktuatsion tizim hozirgi ma’no va ko‘rinishda G‘arbiy Yevropa tillari yozuvlarida 15– 16- asrlarda, rus yozuvida 18-asrda, o‘zbek yozuvida esa 19 asrning 2- yarmida paydo bo‘lgan. Punktuatsiyaning qo‘llanishida ham tillararo tafovut bo‘lishimumkin.
Tinish belgilari gap va nutqning mazmun-mundarijasini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydigan fonetik-fonologik vositalarni (ko‘tariluvchi ohang, pasayuvchi ohang, to‘lqinli ohang, to‘lqinli ohang, sanash ohangi, pauza-to‘xtam kabi supersegment birliklarni) yozuvda ifodalashuchun qo‘llanadi. Bunday belgilar quyidagi vazifalarni bajarish uchun ishlatiladi:
a) ijtimoiy aloqani (fikrlashuv jarayonini) yozuvda to‘g‘ri ifodalash uchun;
b) maqsad, mazmun, ma’noni, uning o‘zigan xos “rang” va “tus”lariniyozuvda aniq aks ettirish uchun;
d) gapning tarkibini hamda shu tarkib elementlari (komponentlari) o‘rtasidagi grammatik-semantikmunosabatlarni ifodalashuchun;
e) yozma nutqning ixcham varavonliginita’minlashuchun;
f) yozma nutqdagi murakkab fikriy munosabatlarni ifodalash uchun22.
O‘zbek tilshunosligida tinish belgilarining quyidagi o‘nta turi grafikaning markaziy tizimigakiradi:
Nuqta........................................................................................ ( . )
So‘roq.............................................................. ........................ ( ? )
Undov belgisi.......................................................................... ( ! )
Nuqtalivergul ........................................................................ ( ; )
Ko‘p nuqta (uch nuqta)............................................................ ( ... )
Vergul.......................................................................... ............. ( , )
Ikkinuqta (bayon belgisi) ........................................................ ( : )
Tire ............................................................................................ ( – )
Qavs ........................................................................................... ( )
Qo‘shtirnoq................................................................................ ( “ ”)
Ushbu tinish belgilarining misra balandligiga nisbatan joylashishi har xil: nuqta, vergul, ko‘p nuqta misraning pastki chizig‘i bo‘yicha qo‘yib boriladi; qolgan belgilar, masalan, nuqtali vergul, undov belgisi, so‘roq belgisi, ikki nuqta, qo‘shtirnoq misraning ustki chizig‘idan ostki chizig‘igacha bo‘lgan masofa hajmida yoziladi. Qo‘shtirnoqning asosan qo‘lyozmada qo‘llanadigan turi so‘z yoki gap boshida misraning ostki chizig‘i bo‘ylab, shu so‘z yoki gap oxirida esa misraning ustki chizig‘i bo‘ylab joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |