Мавзу: Илк ўзбек алифбосининг вужудга келиши



Download 1,63 Mb.
bet36/72
Sana14.12.2022
Hajmi1,63 Mb.
#885776
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72
Bog'liq
Ozbek tilining imlo muammolari НАШР 01.12

5-MARUZA: O‘ZBEK PUNKTUATSIYASI TARIXI. O‘ZBEK YOZMA NUTQIDA TINISH BELGILARINING QO‘LLANILISHI
(2 soat)
Reja:
1. Jadid ma’rifatparvarlari darslik va qo‘llanmalarida tinish belgilarining izohlanishi.
2. Punktuatsiya (tinish belgilari) tushunchasi, ularning turlari (shakllari).
3. Hozirgi o‘zbek yozma nutqida tinish belgilarining qo‘llanilishi.
Adabiyotlar:
1. Nazarov K. O‘zbek tili punktuatsiyasi. –T.: O‘qituvchi, 1976. –
36-b.
2. Nazarov K. O‘zbek tili punktuatsiyasi. –T.: Universitet, 1996. –
39-b.
3. Nazarov K. Tinish belgilariva yozma nutq. –T.: Fan, 1974. –31-b.
4. Hojiyev A. Lingvistik terminlarning izohli lug‘ati. –T.:
O‘qituvchi, 1985. –B. 81-97.
1. Jadid marifatparvarlari darslikva qo‘llanmalarida tinish belgilarining izohlanishi
Ma’lumki, o‘zbek punktuatsiyasitarixiuzoq o‘tmishgava o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Arab alifbosi asosidagi o‘zbekcha qo‘lyozmalarning eski namunalarida ham, Turkistonda litografik bosmaxonalar paydo bo‘lmasdan oldin turli zamonlarda, turli joylarda nashr qilingan o‘zbekcha bosma matnlarda ham tinish belgilari qo‘llanib kelingan. Ular ko‘p hollarda shakli va vazifasijihatdan hozirgi tinish belgilaridan farq
qilgan. Bu masalalar o‘zbek punktuatsiyasi tarixiga bag‘ishlangan asarlardao‘zaksini topgan16.
O‘zbekcha bosma matnlarda tinish belgilarining mukammallasha borishida XIX asr oxiri XX asr boshlarida ziyolilarimizning qardosh va qo‘shni xalqlar bilan madaniy-adabiy aloqalarining orta borishi katta ta’sir ko‘rsatgan. Rossiya ichkarisida bo‘lgan bir muncha mutaraqqiy turkiy xalqlar: Qrim, Qozon, boshqird tatarlari nashrlarining, ozarbayjoncha, turkcha gazetalarning Turkistonda tarqalishi, o‘zbek ma’rifatparvarlarining bulardan bahramand bo‘lishi, rus adabiyoti namoyandalari asarlaridan, ruscha manbalardan tarjimalar qilib, adabiyot, tabiiy fanlarga oid maktab darsliklari yaratishda foydalanganliklari o‘zbek punktuatsiyasitaraqqiyotida katta o‘rin tutdi.
Yozuvimiz tarixida tinish belgilarini ishlatishni qoidalashtirish dastlab tilshunoslikka oid bo‘lmagan asarlarda o‘zining juda sodda ifodasini topdi. Mahmudxo‘ja Behbudiyning maktab o‘quvchilari uchun Toshkentda 1906-yilda nashr etilgan «Kitobi muntaxabi jug‘rofiyai umumiy» («Umumiy jo‘g‘rofiyadan saylanma kitob») darsligida ayrim tinish belgilariga berilgan dastlabki izohlarni uchratamiz.
Behbudiyning 1908-yilda Samarqandda nashr etilgan «Kitobatul- atfol» («Bolalarmaktubi») darsligida ham alomati savol (?), alomatinido (!), alomati taajjub ( ! ), alomati mu’tariza ( < >) kabi tinish belgilari ko‘rsatilgan.
«Kitobatul-atfol»ning 1914-yilda chiqqan ikkinchi nashrida tinish belgilari («Rumuz»)ning o‘ntasini uchratamiz.
Muhammadamin ibn Muhammadkarim hoji (Faxriddinov)ning 1913-yilda chop etilgan «Turkcha qoida» asarini G‘ .G‘oziyev o‘zbek madaniyati tarixida grammatikaga oid kitoblar ichida birinchi bo‘lib tinish belgilari qoidalari berilgan asar, muallifni esa shu harakatning boshlovchisi sifatida baholaydi17. Tadqiqodchi bu davrda nashr etilgan


16 Ғозиев Ғ . Ўзбек пунктуацияси тарихи. // Тўплам: Ўзбек тили грамматикаси ва пунктуацияси масалалари, ЎзССР ФА нашриёти, Тошкент -Наманган, 1959 йил, 71- 192 бетлар; Назаров К. Ўзбек тили пунктуацияси. –Т .: Ўқитувчи, 1976. 123-б .
17 Ғозиев Ғ . Ўзбек пунктуацияси тарихи . Тошкент-Наманган, 1959 йил . 71- 192 бетлар
darslik va qo‘llanmalarda tinish belgilarining qoidalashtirilishi to‘g‘risida fikr yuritar ekan, Behbudiy «Kitobatul-atfol»ining 2-nashrini hamda Ashurali Zohiriyning «Imlo» 18 risolasini tilga olmaydi. Zero, keyingi asar unda punktuatsiya qoidalari zamondoshlariga qaraganda bir qadar mukammalroq berilgani bilan ajralib turadi. Professor K.Nazarov «Imlo qo‘llanmasi» maqolasida Zohiriyning «Imlo» kitobi tinish belgilarining qo‘llanish qoidalariga bag‘ishlangan zamonidagi ishlar orasida o‘z mundarijasi va izchilligi jihatidan ancha ustun ekanligini ko‘rsatib bergan edi19 .
Darhaqiqat, Zohiriyning boshlang‘ich maktab o‘quvchilariga mo‘ljallangan «Imlo» risolasi o‘zbek orfografiyasi bo‘yicha birinchi darslik kitobi bo‘lishi bilan birga, o‘zbek punktuatsiyasi bo‘yicha ham dastlabki qo‘llanmalardan biri hisoblanadi. Kitobning uchinchi qismi bevosita tinish belgilarining qo‘llanish qoidalariga bagʻishlangan bo‘lib, unga shunday sarlavha qo‘yilgan: «Xatlar orasida rioyasi lozim ishorat va vaqf alomatlari». Ashurali Zohiriy o‘quvchilarni tinish belgilari mohiyatibilantanishtirar ekan, unga shunday ta’rif beradi:
“Xatlarni durust o‘qumoq va yozmoq, ham, so‘zni ba’zi yerda to‘xtatmoq; dovushniba’zi yerdabalandlatub vaba’zi yerda pastlatubroq chiqarmoqning some’larg‘a ta’sir va tavhim to‘g‘risida ko‘b munosabati bordur. Shuning uchun xatlar orasida onlarg‘a doir bir xil ishoratlar qo‘yiladur. Onlarni: «ishoratva vaqfalomatlari» deyilur»20.
«Turkcha qoida» va «Imlo» kitoblari punktuatsion tizimning berilishi jihatidan bir-biridan farqlanadi. «Turkcha qoida»da tiredan boshqa 9 tinish belgisining nomi aytilib, ulardan 7 tasi mustaqil tinish belgilari sifatida alohida sarlavhalar bilan berilgan. Kitobda nuqta va nuqtalivergullar «Nuqta» sarlavhasi ostida izohlangan.
«Imlo» darsligida tinish belgilarining qo‘llanish qoidalari quyidagi tartibda izohlangan:


18 Ashurali Zohiriy. Imlo. –Qozon, Umid tipo-litografiyasi, 1916.
19 Назаров К . “Имло” қўлланмаси . Совет мактаби, 1977. 6-сон, 74-76-бетлар .
20 Ashurali Zohiriy. Imlo. –Qozon, Umid tipo-litografiyasi, 1916. 28-bet.
1. O‘n uchta ishorat va alomat muayyan tartibda berilgan: bu tartib nuqta ishorati bilan boshlanib, majhul (?) ishorati bilan tugallangan. Har bir tinish belgisi sanalganda: a) avval uning nechanchi ishorat ekanligi; b) so‘ng burchak xilidagi qo‘shtirnoq ichida uning grafik shakli; d) keyin qavs ichida uning nomiko‘rsatilgan.
2. Ishoratning qo‘yilish qoidalari, nazariy tezislar va izohlar bayon etilgan.
3. Qoidalaruchun misollar,namunalarberilgan.
4. Tinish belgilarining ma’lum bir qismi ko‘rsatilgach, qoidalarni
mustahkamlashuchunmashqva topshiriqlarberibborilgan.
Ma’lumki, o‘zbek yozuvi tizimida tinish belgilarining o‘z taraqqiyoti va takomillashuvi bilan bog‘liq ravishda qo‘llanish doirasi, ishlatilish usuli, vazifasi kengayib borgan. Hozirgi o‘zbek tilida punktuatsion qoidalar me’yorlashib, tinish belgilari logik-grammatik, stilistik, differinsatsiya, qorishiq va an’anaviy-traditsion tamoyillar asosida ishlatiladi21. Tabiiyki, yozuvimizda tinish belgilari rivojining ilk bosqichlarida mavjud punktuatsion qoidalar bunday talablarga to‘liq javob bermaydi. Binobarin, «Imlo»da ham tinish belgilarining sodda qoidalashtiriluvi, izohlanishi, o‘ziga xosligi darslikningboshlang‘ich sinf o‘quvchilarigamo‘ljallanganligiva o‘z davriyozuvrivoji bilan bog‘liq.
(A.Zohiriy «Imlo»da bayon qilgan o‘n uch ishora va alomatlar haqida 8-Ilovaga qarang).
Fitrat “Nahv” asarida o‘zbek tilida o‘nta tinish belgisi borligini qayd etgan. Olimularni turish belgilari deb ataydi. Ular quyidagilar:
. – to‘xtash belgisi;
; – bir tinish belgisi;
, yarimtinish belgisi;
? – so‘rash belgisi;
! undash belgisi;
: – qo‘shnuqta;
“ ” – tirnoqlar;


21 Назаров К. Ўзбек тили пунктуацияси. –Т .: Университет, 1996. 7- 11-бетлар .
( ) yoylar;
- chiziq;
... – nuqtalar.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   72




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish